6 Topshiriq.
Maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshidagi (bolalarda) va kattalarda ixtiyoriy harakatlarni rivojlantirish yo’llarini tekshirish.
Zarur material: turli rangga bo’yalgan qag’oz parchalari.
Topshiriqlarning bajarilishi: Tajriba taraqqiyotning uch bosqichida bo’lgan sinaluvchilardan, ya’ni bog’cha bolalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari va kattalar bilan olib boriladi. Har bir sinaluvchiga berilgan savollarga tez javob qaytarish uqtiriladi. Savollar orasida muayyan rangni aytishni talab qiluvchilari ham bor, masalan: “Kutubxona nima degani?”, “Sen qishloqda bo’lganmisan?”, “O’tning rangi qanaqa?”, “Shifoxonada davolanganmisan?”, “Shifoxona halati qanday rangda bo’ladi?”, kabi.
Sinaluvchi savollarga javob qaytarar ekan, quydagi ikki talabga rioya qilish kerak:
1.Taqiqlangan ikki rang (yashil va qizil) ni aytmasligi lozim.
2.Bir marta aytilgan rangni takroraytmasligi zarur.
Har bir yosh gruppasi bilan ikki variantda olib bajariladi:
a) ixtiyoriy harakatni amalga oshirishda tashqi yordamchi vositalardan foydalangan holda;
b) tashqi yordamchi vosita – taqiqlangan rangga bo’yalgan qag’oz lentani sinaluvchining stoli ustiga tashlab qo’yiladi.
7 Topshiriq.
Masalani yechishda tasavvurning roli.
1. Kitob javoniga ikki tomlik asarlar to’plami qo’yilgan. Birinchi tom 300 sahifalik, ikkinchisi esa 200 sahifalik. Javonda kitob qurti paydo bo’lib kitoblarni birinchi sahifasidan ikkinchi tomining oxirgi sahifasigacha kemirib tashladi. Kitob qurti kitoblarning necha sahifasini kemirgan?
Saolga 500 sahifa deb berilgan javob to’g’ri emas. Savolga to’g’ri javob berish uchun kitobni javonga qanday terilganini (tartibini) aniq bilib olish lozim. Kitob qurti birorta sahifani ham kemirgan emas. Chunki birinchi tomning birinchi sahifasi, ikkinchi tomning oxirgi sahifasi bilan yonma-yon turibdi.
2. A shahardan B shahargacha 120 km. A shahardan chiqqan poezd soatiga 30 km tezlik bilan B shaxri tomon yura boshladi. Shu vaqtda B shahardan chiqqan kapalak soatiga 60 km tezlik bilan A shahri tomon uchib kela boshladi. Kapalak B shahardan chiqib A shahari tomon uchar ekan, A shaharidan chiqqan poezd bilan uchrashib B shahari tomon uchib ketar va yana B shaharidan chiqib poezdgacha uchib kelar va B shahari tomon uchib qaytar edi.
Shu protsess A shaharidan chiqqan poezd B shahariga kelgunga qadar davom etdi. Aytingchi, kapalak necha km yo’l bosdi?
Agar ishni kapalakning uchishini va uning B shahari tomon kelayotgan poezd bilan necha marta uchrashganligini tasavvur qilishdan boshlasak masalani yecha olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |