63
asoslangan chuqurlashtirilgan ta‘lim beriladi. 8-sinfni bitirgan o’smirlar o’rta
umumiy ta‘lim olish uchun yana 2 yil o’qiydi.
O’rta ma‘lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan o’quvchilarning 20 % i
jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir qismi
kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab
chiqarish yo’nalishida umumiy ta‘lim oladi.
Gimnaziya – 4 yillik ta‘lim bo’lib, unda chuqurlashtirilgan ta‘lim sinflari ham
mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‘zi fanlar tanlov asosida o’rganiladi.
Gimnaziyani tugatganlarga o’zlashtirish natijalariga ko’ra yetuklik attestatni olish
uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda o’qishni davom
ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi.
Topshirilgan imtihonlar oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham bajaradi.
Kasb-hunar o’rta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining 11
yo’nalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy
maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi.
Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining
186 yo’nalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik
attestati beriladi.
Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bo’limlari ham
mavjud bo’lib, hamma uchun ochiqdir.
Oliy o’quv yurtlari – 18 universitet, 32 institut va yana bir necha oliy
maktablarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari – pedagogika bilim
yurtlarida, o’rta maktab o’qituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda
bayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‘yunktura, fanlar
akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat
ko’rsatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‘lim, pedagogik texnologiyadan keng
miqyosda foydalaniladi.
Germaniyada xalq ta‘limida 90 yillarda chuqur o’zgarishlar yuz berdi. 68 mln.
aholiga ega bo’lgan GFR 1990 yilgacha ikkita mustaqil davlat edi.
1946 yildagi “Nemis maktablarini demokratiyalash to’g’risidagi Qonun” tufayli
mamlakatdagi uch toifali tabaqaviy maktablar faoliyatiga yakun yasab, 8-yillik
ta‘lim joriy etildi. Xalq ta‘limini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 1959
yildagi “Germaniyada maktab ta‘limini rivojlantirish to’g’risidagi Qonun” ga ko’ra
10 yillik ta‘lim joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: