Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi qiyosiy pedagogika



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/115
Sana07.03.2022
Hajmi2 Mb.
#485672
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Bog'liq
1qiyosiypedagogikapdf

 
 


62 
Germaniya ta’lim tizimi 
Sobiq sho’rolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator 
mamlakatlarda xalq ta‘limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida 
amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda 
yoshlarga zamon talablari asosida ta‘lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi 
yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. 
Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul 
qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta‘lim-tarbiyasi 
sifatini tubdan o’zgartirish yo’nalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta‘lim-
tarbiyasi puxta o’ylangan reja asosida yo’lga qo’yildi. 
Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal 
industrlashtirish yo’llarida (50 -y) yoshlarga umumta‘lim va kasbiy ta‘lim berish 
ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur‘atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, 
mavjud maktablar yarim internatlar shakliga o’tdi. O’quvchilar kontengentining 30 % 
i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta‘lim 8 yillik 
bo’lib, ta‘limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi. 
70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi 
umumiy o’rta ta‘lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy o’rta ta‘lim (X-
XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator ob‘ektiv muammolar mavjud bo’lib, ularni 
hal qilishda Yevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda. 
Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht shahri, 
mamlakat o’tmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 yilgi 
inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul qilingan edi. 
Maktab ta‘limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yo’lida ilk qadamlar qo’yildi. 
Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‘limi rivojini ortga surib yubordi. 
Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi 
boshlang’ich ta‘limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida 
oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi. 
O’tgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun tekin 
umumiy majburiy ta‘lim joriy etildi. “Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida Qonun” 
qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni yanada 
mustahkamladi. 
1972 yildagi “Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida” gi qaror 
va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy o’rta ta‘limga to’la o’tishi ta‘minlandi. 
Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‘limi tizimi quyidagi ko’rinishga ega:
Bolalar bog’chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). 
Bog’chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov 
mashg’ulotlariga jalb etiladi. Bog’chalardagi mashg’ulotlar aholining ish rejimiga 
bog’liq holda tashkil etiladi. 
Umumiy majburiy ta‘limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb etiladi. 
Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‘lim bo’lib, I-IV, V-VIII sinflarni o’z ichiga oladi. 1-
sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, qolgan 20 
% i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida o’quv rejasiga 


63 
asoslangan chuqurlashtirilgan ta‘lim beriladi. 8-sinfni bitirgan o’smirlar o’rta 
umumiy ta‘lim olish uchun yana 2 yil o’qiydi. 
O’rta ma‘lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan o’quvchilarning 20 % i 
jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir qismi 
kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab 
chiqarish yo’nalishida umumiy ta‘lim oladi. 
Gimnaziya – 4 yillik ta‘lim bo’lib, unda chuqurlashtirilgan ta‘lim sinflari ham 
mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‘zi fanlar tanlov asosida o’rganiladi. 
Gimnaziyani tugatganlarga o’zlashtirish natijalariga ko’ra yetuklik attestatni olish 
uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda o’qishni davom 
ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi. 
Topshirilgan imtihonlar oliy o’quv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham bajaradi. 
Kasb-hunar o’rta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining 11 
yo’nalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy 
maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi. 
Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‘lim bo’lib, xalq xo’jaligining 
186 yo’nalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik 
attestati beriladi. 
Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bo’limlari ham 
mavjud bo’lib, hamma uchun ochiqdir. 
Oliy o’quv yurtlari – 18 universitet, 32 institut va yana bir necha oliy 
maktablarni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari – pedagogika bilim 
yurtlarida, o’rta maktab o’qituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda 
bayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‘yunktura, fanlar 
akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‘lim, pedagogik texnologiyadan keng 
miqyosda foydalaniladi. 
Germaniyada xalq ta‘limida 90 yillarda chuqur o’zgarishlar yuz berdi. 68 mln. 
aholiga ega bo’lgan GFR 1990 yilgacha ikkita mustaqil davlat edi. 
1946 yildagi “Nemis maktablarini demokratiyalash to’g’risidagi Qonun” tufayli 
mamlakatdagi uch toifali tabaqaviy maktablar faoliyatiga yakun yasab, 8-yillik
ta‘lim joriy etildi. Xalq ta‘limini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan 1959 
yildagi “Germaniyada maktab ta‘limini rivojlantirish to’g’risidagi Qonun” ga ko’ra 
10 yillik ta‘lim joriy etildi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish