Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi.
Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati.
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, kunikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat kilsin.
Ta’limda xayot tajribasiga ega bulish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi:
- ijtimoiy – shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon xisoblanadi;
- real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi;
- mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi;
- shaxslararo alokalarni kamrab oladi;
- shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoii pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so`zidan olingan bo`lib, avvalo o`qituvchi ma’nosini anglatadi. SHu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan o`qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo`lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni kayta tayyorlash buyicha kurslar tinglovchilarining aksariyat kismini xam o`qituvchilar tashkil etadi.
YAna shuni ta’kidlamok joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi xam pedagogik oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darxakikat, pedagog va o`qituvchining kasbiy faoliyatida kupgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning xam ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yakinligini yana bir bor tasdiqlaydi. O`z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniklashga imkon beruvchi bir kator tafovutlarga xam ega. O`qituvchi o`zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o`rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning dikkat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |