Deviant xulq-atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi
Ijtimoiy pedagogning dezadaptatsiya bo’lgan o’smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya keng turdagi vazifalar, elementar ko’nikmalardan tortib insonning jamiyatda to’liq integratsiyalashuvigacha bo’lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Reabilitatsiya ob’ektlari quyidagilar:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Tavakkal guruhidagi bolalarning eng tarqalgan toifasi bo’lib, ularning qiyin tarbiyalanishi ruhiy pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og’ish, ijtimoiy adaptatsiya qiyinchiliklarini aytsak bo’ladi. Bu bolalar va o’smirlar faoliyatning to’la qonli sub’ekti bo’lmaganliklar uchun ularga asosiy yordamni pedagog, psixolog va ota-onalar ko’rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, yyetim bolalar, xulq-atvorida chetga og’ish bo’lgan o’smirlar.
Bu toifaga avvlambor ijtimoiy adaptatsiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko’rsatish lozim.
Reabilitatsiyaning asosiy sub’ekti ijtimoiy pedagog bo’lib, u yuqorida sanab o’tilga funksiyalarni bajara olishi, o’smirlar va bolalarga psixologik yordam ko’rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog’ligi buzilgan va funksional og’ishlarga ega bolalar.
a) surunkali somatik kasalliklar,
b) funksional buzilishlar,
v) asab-ruhiy hastaliklar,
g) aqliy qoloqlik,
d) nogironlik.
Bu toifa bolalar avvalambor tibbiy va ruhiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar. Uning sub’ektlari shifokorlar va psixologlar bo’lib, ular shuningdek pedagog va ijtimoiy ishchilar bilan hamkorlikda kompleks reabilitatsiyani ham o’tkazishlari mumkin.
Reabilitatsion yordam xarakteri:
-kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o’tish,
-jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o’tish,
-tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o’tish,
-anonim yordamdan shaxsiy yordamga o’tish.
Adaptatsiyadan farqli o’laroq reabilitatsiya tiklanish, faollashtirish sifatida tushuniladi. Reabilitatsiya jarayonida o’rnini to’ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o’tish uchun qo’llanadi, adaptatsiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga ko’nikish maqsadida qo’llanadi.
Demak, reabilitatsiya bu bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo’qotilgan funksiyasini o’rnini to’ldirish yoki to’liq va qisman tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Ruhiy reabilitatsiya o’smirning ruhiy sohasiga qaratilgan bo’lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hech kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o’tishdir.
Kasbiy reabilitatsiya o’smirni biror-bir kasbga o’rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o’smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o’smir huquq va manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo’lgan moddiy mulklar, to’lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordamyordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o’zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy xarakterdagi chora-tadbirlardir.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya muassasalarining asosiy va vazifalariga quyidagilar kiradi:
-bolalar va o’smirlarni nazoratsizliklarini oldini olish,
-voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasilarining sabablari va manbalarini aniqlash,
-kasbiy, o’quv, ijtimoiy-madaniy, sog’lomlashtirish va boshqa komponentlardan tashkil topgan bolalar va reabilitatsiyasining individual dasturlarini amalga oshishini ta’minlash,
-uy sharoitlarida reabilitatsion chora-tadbirlarni uzluksizligini ta’minlash uchun dezadaptatsiya bo’lgan bolalar oilalari bilan hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash,
-nazoratsiz bolalar va o’smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko’rsatish va b.),
-oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko’rsatish,
-voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish,
-boshqa muassasalar bilan hamkorlikda bolalarning keyingi tarbiyasining yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalar ko’lami muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi va muayyan sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarib turishi mumkin.
Muassasalar quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko’rsatiladi:
-ijtimoiy reabilitatsiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-psixologik yordamga muhtojlarga,
-ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda qiyinchiliklarga duchor bo’layotganlarga,
-turli sabablarga ko’ra deprivatsiyaga mayli borlarga,
-noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga,
-yetim bolalar va ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalar uchun (muassasada yashashga rozi bo’lmaganlarga).
Deviant xulq-atvorli o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish ko’nikmalarini shakllantirish,
-ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo’llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga jolashtirilishiga g’amxo’rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar o’tkazishni ko’zda tutadi.
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy elementlari-maqsadi, vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o’zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to’g’rilash, bolalarga muomala ko’nikmalarini shakllantirishga yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyadan keyingi himoya bolalarga reabilitatsiya markazidan chiqqanidan so’ng oila, do’stlar, maktab jamoasi bilan uyg’un munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o’zaro munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini uyg’unlashtirishga qaratilgan o’zaro bog’liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitatsiyasi (tibbiy-psixologik-pedagogik) reabilitatsiya xizmati modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
-bolalar va o’smirlar rivojlanishidagi o’zgarishlar sabablarini aniqlash;
-ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
-ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
-normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil qilish;
-tavakkal guruhi bolalari va o’smirlarini o’z vaqtida aniqlash;
-o’smirlarning ruhiy inqirozini yengib o’tish;
-maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har tomonlama yordam ko’rsatish.
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
-mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy holatni inobatga olish;
-sheriklik;
reabilitatsion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
-ketma-ketlik;
-individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo etadi.
SHeriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog-bola) barcha psixologik-pedagogik va reabilitatsion chora-tadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat.
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion dasturni amalga oshirishdagi turli chora-tadbirlar komelksini ko’zda tutadi. Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va ta’lim va b.
Ketma-ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin o’tishni ko’zda tutadi.
Individual-insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko’zda tutadi.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik-pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy maktab xodimlarining zimmasida bo’ladi. Avvalambor u bolalarni o’z maqomlarida (muomalaning to’laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (etakchi o’quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o’smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhiti bilan ish olib borishiga bog’liq. Pedagoglar shug’ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga og’ishlar sabablari asoson psixologik-pedagogik xarakterga ega bo’lib, kerakli vositalar yordamida to’g’ri yo’lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz bolalar va o’smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o’quv faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |