Pedagogika qonuniyatlari.
Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liqligi.Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning yaxlitligi.Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi.Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish. Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro aloqadorlogi.
Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, 0‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
0‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. 0‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, 0‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan bog’liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.
Tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;
tarbiya istaklarini tasniflash;
o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;
o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;
o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;
o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.
Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya - o'zaro uzviy bog‘liq bo’gan sharqona tushunchalardir. Birincchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o'zgarib-yangilanib boraveradi».
Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «0‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi, avalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir».
Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. 0‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablaishtiradi. Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon .ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgaBu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri - erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. «Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak».
Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi. Tizim atamasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Ular: tizim – xossa sifatida; tizim – ob’ekt sifatida. SHaxsiy kompyuterlar asosida lokal va ko’p pog’onali hisoblash tarmoqlari yaratilmoqda va ularni joriy etish ijobiy natijalar beradi. Hisoblash tarmoqlari o’zida ma’lumotlarga ishlov berishning yaxlit kompyuter tizimlari (YaKT)ni mujassamlashtiradi. Ma’lumotlarga ishlov berishning YaKT ma’lumotlarni tasvirlashning yagona usuliga, tizim kompyuterlari bilan foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatning yagona usuliga asoslangan hamda mutaxassislarning va ularning professional ishlarida axborotga va hisoblashga bo’lgan talabini qondiruvchi murakkab-texnologik va dasturiy majmuadir.
Tizim – ob’ekt sifatida juda murakkab va ma’lum shaklda tartiblangan (uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim-tarbiya jarayoni va shu kabilar) ichki tuzilmaga ega bo’lgan jarayonlarda namoyon bo’ladi va qaralayotgan jarayonni tizimiy o’rganishga imkoniyat yaratadi. Tizim qo’yilgan maqsadlarga erishish maqsadida birlashgan, boshqaruv personalining xarakterlarini o’zaro muvofiqlashtirish va bir-biriga moslash sohalarida ishlatiladi. Tizim, tizimiy tahlil va tizimiy yondashuv jarayonlarida muntazam foydalanilib boraveradi va tadqiqot ishlarini samarali olib borishning asosiy negizlaridan birini ta’minlaydi. Tizim – xossa sifatida makon va zamondagi muayyan miqdordagi hamma tartiblangan unsurlardan va ularning ratsional kombinatsiyasidan tashkil topgan. Bu unsurlarning har biri butun ob’ekt faoliyatining muvaffaqiyatiga ta’sir etadi.
Tizim – ma’lum maqsad sari yo’naltirilgan yoki yagona ma’lum maqsad asosida ifodalangan o’zaro bog’liq manbalar (qism tizimlar, tizim elementlari) majmuasi yoki o’zaro ta’sir (qonuniyat) asosidagi qism tizimlar va tizim elementlari majmuasi. Tizim ta’lim-tarbiya jarayonini tizim elementlari, qism tizimlar ko’rinishida ifodalab, kadr orasidagi aloqadorlikni o’rnatish orqali ta’lim-tarbiya jarayonidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatini yaratadi va mazkur jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi. Tizim ta’lim-tarbiyaga oid muammolarni hal etishda «tizimiy tahlil», «tizimiy yondashuv», «ieraxik tizim» larga tegishli tadqiqot usullarini amaliyotga joriy etishda keng qo’llaniladi.
Tizim pedagogik texnologiyalarning istiqbolli variantlarini yaratishda va ularning zamon talabiga javob beradigan variantlar monitoringni ishlab chiqarishda doimo kerak bo’ladi. Tizim Sistema (yun. Systeme - qismlardan iborat, butun) – o’zaro munosabat va aloqada bo’lgan muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko’p qismlar (elementlar) majmui. Tushunchalar, taxminlar, nazariyalar, ilm, formatlashtirilgan mantiqiy tizimlar.
Tizim (Sistema) – yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui. Tizim- bu o’zaro uzviy bog’liq, tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo’lgan elementlar majmuasidir. Tizim o’z navbatida qism tizim va qism elementlaridan tashkil topgan bo’lib, ichki va tashqi aloqadorliklar bilan bog’liq o’zining bosqichli rivojlanishi tuzulmasiga strukturasiga ega.
Tizim elamenti – bu uning ichki funktsional tarkibiga taalluqli, lekin masaalani hal qilishda qismlarga ajratilmaydigan bir bo’lagiga aytiladi. Aloqadorlik – bu muhit, tizim va elementlari orasidagi moddiy, energetik, iqtisodiy va axborotlar almashinuvidir.Muhit – bu tizimni o’rab turgan faoliyat ko’rsatishiga ta’sir ko’rsatadigan narsadir.Pedagogika qonuniyatlari. Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liqligi.Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning yaxlitligi.Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi. Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi.
Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish.Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro aloqadorlogi.
Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, 0‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsning o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
0‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya ko‘p omilli xarakterga ega, ya’ni bola shaxsining qaror topishiga oila, maktab, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tarbiyaning natijalari bir xil tavsifda bo‘lmaydi. Bu o‘quvchilarning psixologik (individual-tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayotiy va ma’naviy qiyofasiga, shaxsiy jihatlariga bog‘liq. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. 0‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, 0‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib qarashmagan. Hozirgi kunda ta’lim jarayoni o‘qituvchilar tomonidan bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya esa shaxs tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni shakllantirish bilan bog’liq bo‘lib, bugungi kunda bu xislatlarni ma’naviy qadriyatlar asosida shakllantirib borish maqsadga muvofiqdir. Umumiy ta’lim maktabining yuqori sinflarida ma’naviy qadriyatlarning mohiyatini o‘rganish, tarbiyaviy imkoniyatlardan keng foydalanish, asosan dars jarayonini tashkil etish, uning asosiy qismlariga qo‘yiladigan talablarga ijodiy yondashishga bog‘liq.Tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;
tarbiya istaklarini tasniflash;
o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyoji va talabi;
o‘quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;
o‘quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o‘sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;
o‘qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.
Milliy mentalitetimizga ko‘ra, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ayricha tasavvur etish mumkin emas. Ta’lim va tarbiya - o'zaro uzviy bog‘liq bo’gan sharqona tushunchalardir. Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi va poyoni yo‘q. Toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga binoan muttasil o'zgarib-yangilanib boraveradi».
Bu uzluksiz jarayon ta’lim-tarbiya uchun mas’ul barcha rahbarlar va xodimlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Negaki, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, «0‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi, avalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir».
Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. 0‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablaishtiradi. Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo‘lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan erkin shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir.
Bu borada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da barkamol avlodni shakllantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni jahon .ta’limi darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo‘nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo‘yilishini davr talab etmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri - erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. «Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak». Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |