13-mavzu. Multimediya tizimlarida dasturiy vositalar.
Umumiy tushunchalar. Multimediyali komponentlarning dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning turkumlanishi: tizimli dasturiy vositalar; instrumental dasturiy vositalar; amaliy dasturiy vositalar.
14-mavzu. Tarmoq va ularning turlari.
Kompyuter tarmoqlari tushunchasi.Tarmoqning dasturiy ta`minoti. Kompyuter tarmoqlarining tasnifi. Local kompyuter tarmoqlari tushunchasi: tashkil qilish xususiyatlari, topologiyasi va murojat qilish usullari.
15-mavzu. Internet tarmog`i.
Global kompyuter tarmoqlari: tuzilishi, manzillashtirish tizimi, ma`lumotlarni uzatishni tashkil qilish usullari. Qidiruv tizimlarining dasturiy vositalari.
III. AMALIY MASHG‘ULOTLAR BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR
3.1. Amaliy mashg`ulotlar bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.
Amaliy mashg`ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Ma’lumotlarni qayta ishlashni axborot texnologiyalari.
Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
MS Word matn muharririda ishlash.
MS Wordda jadval yaratish.
MS Excel dasturidan amaliy foydalanish.
MS Excelda formulalar bilan ishlash.
MS Excelda diagrammalar.
MS Access dasturidan amaliy foydalanish.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish va to’ldirish.
MS Publisher dasturidan amaliy foydalanish.
MS Power Pointda taqdimot.
MS Power Pointda animatsiya.
Multimediya texnologiyalari. Dasturiy va texnik ta’minoti.
Web-sahifa yaratish texnologiyasi.
Global tarmoqlar.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL MASHG’ULOTLAR.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi.
San’at sohasida axborot texnologiyalari.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta’lim jarayonida qo’llash imkoniyatlari.
Tarmoq texnologiyalari.
Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring.
Axborotni fan uchun axamiyati. Xususiyatlarini tushuntirish.
Xisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va uning avlodlari.
Xisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari.
Algoritm turlari, xossalari, berilish usullari.
Turli sanoq sistemalarining tarixda qo’llanilishi.Ularning ishlash asoslari.
Algoritmning blok-sxema shaklida berilish usullarini tasvirlang va misollar keltiring.
Hisoblash texnikasi va uning strukturasi.
Qurilmaviy ta’minot.
Asosiy va qo’shimcha qurilmalarning ishlash tamoyillarini tushuntirib bering,
Dasturiy ta’minot turlari.
Operatsion tizim turlari.
Windows operatsion tizim ob’yektlari.
Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish.
Boshqa operatsion tizimlar.
Virus va antivirus dasturlari.
Arxivatorlar.
Virusning kompyuterlarga tushish sabablari va undan ximoyalanish usullari.
Kasperskiy, doctor Veb, Norton Antivirus dasturlari.
Antivirus dasturlarining imkoniyatlari.
Word dasturining qo’shimcha imkoniyatlari.
Excel electron jadvali bilan ishlash.
Multimedia va uning zamonaviy ta’minoti.
Multimediali taqdimotlar yaratish.
Access dasturida MB xosil qilishning qo’shimcha imkoniyatlari.
Internetning zamonaviy xizmatlari.
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim amaliy (seminar) mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |