1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX TA’LIM YO‘NALISHI 3-BOSQICH 303-GURUH TALABASI
AZIMOV SHAHZODNING
“O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI” FANIDAN
“BUXORO AMIRLIGIDA OLIMXON (1910-1920 YILLAR)
FAOLIYATI, BOSHQARUVI VA ISLOHATLARI”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
ANDIJON– 2022
2
Mundarija
Kirish
1. Buxoro amirligining siyosiy boshqaruvi, ijtimoiy muhiti va harbiy lavozim,
harbiy ish tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi
2.
Buxoro amiri Olimxon davrida markaziy va mahalliy boshqaruvida faoliyat
yuritgan davlat muassasalari va amalga oshirilgan islohotlar
3.
Amirlikda harbiy unvon, mansab egalari va ularning vazifalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Tarixiy xotira mangudir. O`tmish tariximizni
o`rganish, tarixiy haqiqatni ro`y rost ko`rsatib berish bizga pinhon, muarrixga ayon
moziyni ochib berish tarix fani oldida turgan dolzarb mavzudir. Uzoq tarixni har
tomonlama o`rganish orqali, Vatanga, asrlar davomida osha o`z qadr qimmatini
yo`qotmagan qadriyatlar, urf odatlarimizga, ajdodlar merosiga umuman olganda
o`tmish tariximizga hurmat, mehr oqibat va ayni paytda ertangi kunimizga ishonch
paydo bo`ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek ”Tarixiy
xotirasi bor inson - irodali inson takror aytaman, irodali insondir. Kim bo`lishidan
qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni
yo`ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni
hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixdan judo bo`lish
- hayotdan judo bo`lish demakdir”. Bu so`zlar bizni tariximizni yanada chuqurroq
va mukammalroq o`rganishga undaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan
uchrashuvida Vatan tarixini har tomonlama chuqur ilmiy asos va manbalarga
tayangan holda yaratish vazifasi qo’yildi. Bu uchrashuv va O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zRFA Tarix instituti faoliyatini
takomillashtirish to’g’risida”gi 1998 yil 27 iyul qarorida tarix fani oldiga o’zbek
xalqi va davlatchiligi tarixini hamda davlatchilikning barcha bosqichlarida
O’zbekiston hududida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarni
o’rganish dolzarb vazifa etib belgilandi
1
. Bu jarayonlarni chuqur va asl manbalar
ma’lumotlariga tayangan holda o’rganish tarixiy taraqqiyotning barcha
bosqichlarida O’zbekiston hududida shakllangan davlatchilik an’analari, turli
davlatlarning tarixiy qiyofasini to’la va xolis tiklash imkonini beradi. Shu o`rinda
biz tanlagan mavzu ham bugunning dolzarb mavzusi hisoblanib, uni ilmiy nuqtai
nazardan tadqiq etib, manbalar, arxiv hujjatlari orqali xolislik bilan yaqindan
o`rganib, fanga yangiliklar kiritish, bugun va kelajak avlodni haqqoniy tarixdan
boxabar etish mavzuning dolzarbligini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |