Andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Download 138,61 Kb.
bet2/6
Sana17.07.2022
Hajmi138,61 Kb.
#811975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
301kurs iwi

Kurs ishining maqsadi-
Men o`z kurs ishimda G`aznaviylar davlatining boshqaruv muassasalarining tuzilishini o`rganishni o`z oldimga maqsad qilib qo`yaman.

1.G`AZNAVIYLAR DAVLATI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.

G`aznaviylar davlati Movorounnahrdagi bosib olingan hududlarning cheklanganligi va nisbatan tarixan qisqa davr – Movorounnahrda bor yo`g`i 40 yilga yaqin hukmronlik qilgan bo`lsa-da , O`zbekiston davlatchiligi tarixida muhim bosqichni o`tab bergan davlat hisoblanadi.Chunki G`aznaviylar davlati paydo bo`lish davri X- asr oxiridan XI asr boshlarida paydo bo`lgan boshqa davlatlar-Saljuqiylar va Qoraxoniylar kabi o`ta muhim tarixiy ahamiyat kasb etgan voqea nafaqat Movorounnahr , balki butun O`rta Osiyoda davlatchilikning uzil-kesil qaror topganini ko`rsatadi.


2Demak G`aznaning siyosiy markaz sifatida yuqsalishi X asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi.G`aznaviylar sulolasining asoschisi Amir Nasriddin ud-davla Sobuqtegin G`oziy kelib chiqishiga ko`ra turkey qavmga mansub edi. Ayrim o`rta asr manbalarida , xususan XIV asrda yashab o`tgan Muhammad Shabangaroyning “ Majma al- ansab” nomli asarida berilishicha, Sobuqtegin Issiqko`l bo`yidagi hukmdori qarluq bo`lgan Barsxon degan joyda tug`ilgan. Yoshligida Sobuqtegin asir olinadi va to`rt yil tuxsi qabilasida tutqunda bo`lgach, uni Movorounnahrlik savdogarlarga sotib yuboradilar. V.V. Bartoldning fikriga ko`ra , Sobuqteginni Somoniylar davlatining mansablar pog`onasida ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Alptegin sotib oladi. Alptegin 963 yilda vafot etgan paytda u sotib olgan qul Sobuqtegin katta nufuzga ega edi. Uning vafotidan so`ng G`aznada navbati bilan Amir Is`hoqxon ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sobuqteginlar hukmronlik qilganlar. 997 yilning boshida Sobuqtegin Somoniylar tomonidan G`azna va uning atroflariga hokim etib tayinlanadi.3 X asrga kelib G’azna shaxrining mavqеi har tomonlama ortdi va turkiy sarkardalarning diqqatini o`ziga torta boshladi. G’azna mamuriy-siyosiy jihatdan somoniylarga qaram edi. Biroq G’azna hukmdorlari aloxida mustaqil davlat bo`lib ajralib chiqish ishtiyoqi bilan yashaganlar.
Bu ishga birinchi marta astoydil kirishgan shaxs somoniylar lashkarboshisi turk g’ulomlaridan bo`lgan Alptakindir. U 962 yilda mahalliy hokimni ag’darib tashlab G’az-nada o`z hukmronligini o’rnatdi. G’aznada, hokimiyatni qo’lga olib mustaqil davlat barpo etishga ikkinchi marta urinish 977 yilda g`oyatda qobiliyatli va idrokli xukmdor Sabuqtakin tomonidan amalga oshirildi. Sabuqtakin Alptakinning g’ulomi bo’lib, uni Alptakin Nishopur shaxrida qul bozoridan sotib olganligi ta'kidlanadi.Mahmud G’aznaviy va uning o’g’li Masud dеvonxonasida xizmat qilgan tarixchi olim Abul Fazl Bayhaqiy «Masud tarixi» kitobida qiziq bir voqеani kеltiradi.Uning yozishicha, bu xikoyani hijriy 450 (milodiy 1057) yilning yoz faslida unga alloma Abul Muzaffar Alani aytib bergan. Bu hikoyatga ko`ra, amir Voziy uning bobosiga xiroj solig’ini kamaytirib, imtiyoz bergan ekan. Bobosi amir Sabuqtakin boshchiligidagi ko’shinda xizmat qilar ekan. Bobosi amir Sabuqtakinni istе'dodli sarkarda, somoniylarga Hindistonni zabt etib bergan fotih, oqko’ngil va odil inson dеb ta'riflaydi. Abul Muzaffar bobosinyng bunday hikoyasini kеltiradi: «Hirotda janglarni tugallab, Nishopurga yo`l olganimizda oda'tga ko`ra har kuni somoniylarning va xurosonliklarning amirlari namozdan so`ng adolatli (amirsipohsolor) Sabuqtakin saropardasi (chodiri) yaqiniga kеlib, uning tashqariga chiqishini otda utirgancha kutib turishardi. Amir Sabuqtakin chodiridan chiqishi bilan (uning hurmatiga) barchamiz otdan tushardik va u o`z otiga minganidan so`nggina biz ham yana otlanar edik. So`ng yana yo`limizda davom etar edik Xokistar dеgan joyga еtganimizda amir Sabuqtakin to’xtam qilib, arzgo’ylarni qabul qildi va kambagallarga sovg’alar ulashdi. Shom nomozidan so`ng amir va hamroxlari yana yo`lga otlandik. Qirli, adirli bir joyga еtganimizda amir Sabuqtakip ot choptirib, aylanib, nimanidir qidira boshladi, bir payt «Topdim!» dеb hayqirdi. So`ng yomnidagi besh-olti nafar g’ulomga «Mana shu yerni kavlanglar, dеb amr qildi.G’ulomlar birmuncha kovlashgach, zang bosib kеtgan bir tеmir qoziqni topishdi. A'yonlari amr Sabuqtakindan: «Bu nimaq Nе bo`lyapti o`ziq» dеb so’radilar. Amir ularga qullik chog’larida boshidan o’tgan qizik bir voqeani gapirib berdi. Aytishicha, ularning turkistonlik xo’jayini Sabuqtakinni va yana u uchta qulni sotish uchun Jayxundan o’tib, Shopurgon va G’uzg’onon tarafga xaydab boribdi. G’uzgonon amiri quvvat qullardan еttitasini sotib olibdi. Sabuqtakin va yana olti qulga haridor chiqmaydi. Xoja qullarni boshqa shaharga xaydab boribdi. Xo’jayin Marvarrud va Saraxs bozorlarida yana Sabuqtakin o`zini hech kim sotib olmagani uchun qayg’urib, tolеi pastligidan o’kinibdi. Shu kuni kеchasi Sabuqtakin tushida Hizr alayxissalomni ko’ribdi. Hazrati Hizr undan hol-axvol so’rab: «Qayg’urma, yaqin orada qullikdan qutulasan, ulug` va mashxur odam bo’lib kеtasan, vaqti kеlib, yana shu yerlardan o`tayotganingda katta man-sabdorlar ham sеnga xizmatda bo`lishadi, ammo yuksak martabalarga erishganingda odamlarga faqat yaxshilik qilgin, ana shunda umring uzoq va kuch-qudrating ziyoda bo`ladi» dеb, duo qilibdi. Sabuqtakin yarim kеchasi uyg’onib kеtib, ko`rgan tushidan ta'sirlanib, taxorat oladi va xudoga shukronalar aytib tonggacha ellik rakaat nomoz o’qib, yiglaydi. Shunda vujudi kuch-quvvatga to’ladi.So`ng karomat mo'jiza yuz bergan joyni eslab qolish uchun otning qozig’ini adirlar orasiga qoqib kеladi.Ertalab, hamma uyg’onganida, otning qozig’ini yuqotgani uchun xo’jayini Sabuqtakinni kaltaklaydi va bu noshud qulni endi duch kеlgan odamga so’ragan baxosiga bervoraman, dеb tantanavor qasam ichadi. Xo’jayin Nishopurgacha ikki qulini otliq Sabuqtakinni piyoda xaydaydi.Nishopurda bu uchchala qulni somoniylar xukmdori Nuxning sipoxsolori amir Alptakin sotib oladi. Shundan so’ng Sabuqtakin jangu jadallarda va tinch paytlarda shijoati, xalolligi, adolatli ish tutishi tufayli navkarlikdan bosh qo’mondonlik — sipohsolorlik darajasigacha etadi. Tarixiy manbalar Sobuqteginni G`aznaviylar davlatining asoschisi sifatida ta`riflaydilar. 997 yilning oxirida Amir Sobuqtegin vafot etadi va uning kichik o`g`li Ismoil taxtga o`tirib bor yo`g`I 7 oy hukmronlik qiladi.
998- yilda o`zining harbiy jasoratlari uchun Sayf ud-davla –“ saltanat- qilichi” degan faxrli nomga sazovor bo`lgan Sobuqteginning ikkinchi o`g`li Mahmud G`aznaviy taxtga o`tiradi.
4Ko`pchilik tarixiy-ilmiy adabiyotlarda Mahmud G`aznaviy nomi bilan yuritilgan Abulqosim Mahmud hukmronligi darida (998-1030-yy) G`aznaviylar davlatining qudrati va shuxrati ortib Buyuk G`aznaviylar davlati barpo etiladi.
Mahmud hukmronligi davrida Xorazm, Xuroson , Sieston, Qobul, G`azna , Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar G`aznaviylar qo`l ostiga o`tadi. Abulqosim Mahmud taxtga o`tirgan yili xalifa Muqaddirdan Xurosonni boshqarish uchun yorliq hamda “ Yamin ad-davla va amin al-milla”- “ Saltanat tayanchi va musulmonlar jamiyatining ishonchli vakili” faxriy unvoni bilan taqdirlanadi. Mahmud taxtga o`tirgan paytdan boshlab o`z davlati chegaralarini kengaytirish siyosatini olib bordi. U o`sha yiliyoq Janubiy Toxariston ( xozirgi Shimoliy Afg`oniston) ni bosib olgan bo`lsa 999 –yilda Marv yaqinidagi bo`lgan jangdan so`ng butun Xuroson Mhmud G`aznaviy izmiga bo`ysunadi. Manbalarning ma`lumot berishicha, Amudaryo vohasi, strategic jihatdan juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan Termiz shahri ham Mahmud qo`l ostida bo`lgan. Abul Fazl Bayxaqiy “ Tarixi Ma`sudiy” asarida ma`lumot berishicha, Termizda noib va qal`a qutvoli bevosita G`aznaviylar tomonidan tayinlangan. Bu G`aznaviylarga Amudaryo orqali Markaziy Osiyodan Hindistonga olib boradigan muhim savdo yo`lini nazorat qilish imkonini bergan.
1002- yilda Bag`dod xalifasi Mahmud G`aznaviy hokimiyatini tan olib unga yorliq yuborgach. Mahmud Siyosiy jihatdan ancha mustahkamlanib oldi va o`sha yili Siestonni bosib oldi.
G`aznaviylar va Qoraxoniylar o`rtasida dastavval Amudaryo chegara qilib belgilanadi. Ammo Qoraxoniylar bu chegarni tez-tez buzib turardilar. 1008-yilda Balx atroflarida G`aznaviylar va Qoraxoniylar o`rtasida jang bo`lib o`tadi. Bu jangda Mahmudning to`la g`alaba qozonishi Xurosonda uning ahvoini yanada yaxshiladi. O`sha yili Mahmud Chag`oniyon va Xuttalonni ham bosib olib, o`zining noiblari sifatida mahalliy hukmdorlarni hokimiyatda qoldiradi.
Manbalarning ma`lumot berishicha, 1024-yilda Mahmud G`aznaviy markaziy Movorounnahr aholisini Alptegin zulmidan ozod qilish bahonasi bilan Amudaryoni kechib o`tadi va Temir darvoza orqali Samarqandgacha borib Sug`dga hujum qiladi. Tadqiqotchilarning fikricha bu yurishdan so`ng Chag`oniyon , Xuttalon va Qo`bodiyonda Mahmud hokimiyati yanada mustahkamlanadi. Ammo, numizmatik manbalar ma`lumotlariga asoslangan E. V Rtveladzening fikricha , Xuttalon, Qo`bodiyon va Vaxshning Mahmud G`aznaviy davlatiga nisbatan tutgan siyosiy mavqeyi haqida esa fanda unchalik ishonchli ma`lumotlar mavjud emas. Yana shu olimning fikricha, qat`iy dalillar asosida Omul (Chorjo`y) gacha bo`lgan butun Amudaryo vohasi Mahmud G`aznaviyga bo`ysungan deb hisoblash mumkin. Xorazm yurishi oldidan Mahmud G`aznaviy vaziri tomonidan Termiz, Qo`bodiyon va Xuttalonda kemalarni jangga tayyorlash, Omulda esa qo`shin uchun oziq-ovqat to`plashga buyruq berilganligi ma`lum. 1017- yilda Mahmud G`aznaviyning ittifoqchisi bolgan xorazmshoh Abul Abbos Ma`munning o`ldirilishi va isyonchilar tomonidan taxtga Ma`munning jiyani Abulxoris Muhammad Aminning o`tqazilishi Mahmudning Xorazmga yurishiga sabab bo`lgan edi.5 1017-yilning yoz oyida Mahmud G`aznaviy qo`shinlari Xorazmni egallab, ga`layonni bostiradilarBеruniy bеrgan ma’lumotlarga qaraganda Xorazmda bo‘layotgan bu voqеalarga Mahmud G‘aznaviy bеfarq qarab turolmas edi. U 100 ming otliq piyoda askar va 500 fil bilan Xorazm ustiga yurish qildi. 1017-yilning 3-iyulida Xorazm poytaxti Qiyot egallandi.
Xorazm Mahmud G‘aznaviy davlati ixtiyoriga o‘tdi. Xorazmshoh unvoni saqlab qolinib, Mahmudning harbiy sarkardasi, asli turk Oltintosh Xorazmga hokim qilib tayinlandi. Mahmud G‘aznaviy yosh Xorazmshohni va uning barcha oilaviy sulolasi a’zolari, hamda ulug‘ olim Bеruniyni o‘zi bilan birga G‘azna shahriga olib kеtdi.
Ana shu tariqa Xorazm mustaqilligiga barham bеrildi va Mahmud G‘aznaviy diplomatik va harbiy jihatdan katta muvaffaqiyatga erishdi. Ammo Xorazm g‘aznaviylarning qo‘li ostida uzoq qolmadi.
Chunki 1030-yilda Mahmud G‘aznaviy vafot etgach uning o‘rniga o‘tirgan o‘gli Mas’ud qo‘shini 1040-yilda Marvdan sakson kilomеtr masofadagi Dandanakan dеgan joyda saljuqiylar hukmdori To‘g‘rulbеk tomonidan uzil-kesil tor-mor etildi.
Mag‘lubiyatga uchragan Ma’sud zo‘rg‘a qochib G‘aznaga kеldi va ko‘p o‘tmay fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Taxtga Ma’sudningukasi Muhammad o‘tirdi. Lеkin Ma’sudning o‘g‘li Ma’dud (1041–1048-y.) Muhammadga qarshi urush boshlab, uning qo‘shinlarini yеngdi va o‘zini o‘ldirib, g‘aznaviylar davlatining hukmdori bo‘lib oldi. Ammo, Sulton Ma’sudning vorislari g‘aznaviylar davlatining ilgarigi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar. Asta-sеkin o‘z qudratini yo‘qota boshlagan g‘aznaviylar davlati XII asrning oxirlarida Afg‘oniston hududlarida tashkil bo‘lgan yangi davlat g‘uriylar tomonidan butunlay tugatildi. Aniqrog‘i, 1186-yilda g‘uriylar sulolasidan bo‘lgan G‘iyosiddin Muhammad qo‘shini
Panjob viloyati bilan chеklanib qolgan g‘aznaviylar hokimiyatini uzil-kеsil tor-mor qildi. Mahmud Xorazm taxtiga o`zining noibi etib bosh xojib Mahmud Oltintoshni ko`p jihatdan mustaqil siyosat yurgizishga harakat qilgan bo`lsa-da o`zining butun hukmronligi davrida G`aznaviy sultonlar , avval Mahmud , ketin esa Ma`sudning vassal hisoblangan hamda harbiy yurishlar davrida G`aznaviylar qo`shinini Xorazm qo`shinlari bilan to`ldirib turgan. Xorazmning qo`lga kiritilishi Mahmud G`aznaviyning Movorounnahrdagi mavqeyini yanada mustahkamlanishiga olib keldi. G`aznaviylardan birinchi bo`lib Xorazm ajralib chiqdi. Abulqosim Mahmud dvrida G`aznaviylar davlati musulmon olamining eng kuchlidavlatiga aylanadi. Bu davlatning hududiMahmud G`aznaviyning harbiy yurishlari tufayli shimoliy-g`arbiy Hindistondan Chag`oniyon va Xorazmgacha cho`zilgan bo`lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi.
O`z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqol hykmdori bo`lgan Sulton Mahmud G`aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so`ng Mahmudning vasiyati bilan ulug` xojib Ali Qarib boshchiligidagi bir guruh amaldorlar hukmdorning kichik o`g`li Muhammadni taxtga o`tqazadilar. Ammo, o`sha yilning o`zidayoq Mahmudning katta o`g`li Ma`sud taxtni ukasidan tortib oliishga muvaffaq bo`ldi. Ma`sud G`aznaviy otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi.
Uning hukmronligi davrida (1030-1041) G`aznaviylar davlati o`z qo`l ostidagi hududlarni birin-ketin qo`ldan chiqara borib, inqirozga yuz tuta boshladi.G`aznaviylardan birinchi bo`lib Xorazm ajralib chiqdi. Uning hukmdori Mahmud Oltintosh rasman mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizgan bo`lsa-da, amalda Ma`sud G`aznaviyga tobe bo`lib, unga ochiqdan –ochiq qarshi chiqishga jur`at qilolmagan edi.
61032-yildda Xorazm hukmdori Mahmud Oltintosh vorislarining hokimiyatni cheklash choralari ko`rildi. Ya`ni , Xorazmshoh unvoni Ma`sud G`aznaviyning o`g`li Sulton Saidga berilib, Mahmud Oltintoshning o`g`li Xorun esa Sulton Saidning Xorazmdagi vakili bo`lib qoldi. Bunday siyosat albatta, Xorunning jiddiy noroziligiga sabab bo`lgan.
1034-yilda Xorun ibn Oltintosh G`aznaviylarga qarshi isyon ko`tardi. U Saljuqiylar va Qoraxoniylar bilan do`stona munosabat o`rnatib, Xorazmni G`aznaviylardan mustaqil deb e`lon qildi va Sulton Ma`sud nomiga xutba o`qishni bekor qilish to`g`risida farmon berdi. Xorun ibn Oltintosh o`sha yili katta qo`shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma`sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorun ibn Oltintoshni o`ldirdilar.
Uni qo`llab quvvatlagan Qoraxoniylar yana Samarqandga qaytib ketadilar. Shundan so`ng Sulton Ma`sd G`aznaviy Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi va shu yo`l bilan G`aznaviylar hokimiyatiga bo`lgan xafvni biroz kamaytiradi. Ammo, G`aznaviylarning kelajakdagi yirik raqibi bo`lgan yangi sulola Saljuqiylarning siyosiy maydonga chiqishi ham aynan Ma`sud G`aznaviy davriga to`g`ri keladi. Mahmud G`aznaviyning ruxsati bilan Shimoliy Xurosonga joylashib olgan Saljuqiylar bu davrga kelib G`aznaviylar uchun katta xavf tug`dira boshlaydi. 1035-yilda Saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Bu o`rinda ta`kidlash lozimki, Sulton Ma`hmud G`aznaviy umrining oxirlarida u tomonidan barpo etilgan va poytaxti G`azna bo`lgan davlat G`arbdagi Isfaxon va Kaspiy dengizidan sharqda Shimoliy Hindiston, shimolda Xorazmdan, janubda Baljustongacha bo`lgan ulkan hududni o`z ichiga olib, oz davrining yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Ammo Sulton Ma`sud ibn Mahmud davlat boshqaruvi va harbiy harakatlarda otasi kabi qobiliyatga ega emas edi. Shuningdek, o`sha davrdagi siyosiy vaziyat, sulolalar o`rtasidagi hududlar uchun o`zaro kurashlar ham Sulton Ma`sudga mamlakatni butunligicha saqlab qolish imkonini bermadi. Shu bois uning hukmronligi (1030-1041-yy) G`aznaviylar davlati o`z qo`l ostidagi hududlarni birin-ketin qo`ldan chiqarib borib, tanazzulga yuz tuta boshladi. Keyingi yillarda Saljuqiylar To`g`rul boshchiligida G`aznaviylarga bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini egallab olishga erishdilar. Shundan so`ng sulton Ma`sud katta qoshin bilan Saljuqiylar ustiga yurish qildi.7 1040-yilning may oyida Marv yaqinidagi Dandanakon degan joyda bo`lgan jangda Sulton Ma`sud qo`shinisaljuqiylar tomonidan uzil-kesil tor-mor etildi. Mag`lubiyatga uchragan Ma`sud G`aznaviy zo`rg`a qochib G`aznaga keladi va va ko`p o`tmay fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Taxtga Ma`sudning ukase Muhammad o`tiradi. Lekin Ma`sudning o`g`li Ma`dud(1041-1048-yy.) Muhammadga qarshi urush boshlab uning qo`shinlarini yengdi va o`zini o`ldirib , G`aznaviylar davlatining hukmdori bo`lib oldi. Ammo Sulton Ma`sudning vorislari G`aznaviylar davlatining ilgarigi qudratini tiklashga muvaffaq bo`la olmadilar. Asta-sekin o`z qudratini yo`qota boshlagan G`aznaviylar davlati XII asrnig oxirlrida Afg`oniston hududida tashkil topgan yangi davlat- G`uriylar tomonidan butunlay tugatildi.
Aniqrog`i, 1186-yilda G`uriylar sulolasidan bo`lgan G`iyosiddin Muhammad qo`shini bu paytga kelib Panjob viloyati bilan cheklanib qolgan G`aznaviylar hokimiyatini uzil-kesil tor-mor qildi.




Download 138,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish