Buxoro Xalq Sovet Respublikasi haqida gapiring.
1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Butun Buxoro Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mitasining birlashgan majlisida A.Muhitdinov boshchiligida oliy qonun chiqaruvchi organ — Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi va F.Xo‘jayev raisligida Respublika hukumati — Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi. O‘sha yilning 6-8-oktabr kunlari xalq vakillarining I Butun Buxoro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgani to‘g‘risida qaror qabul qilindi.1921-yil 4-martda Moskvada BXSR bilan RSFSR o‘rtasida ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim imzolandi. Bu rasmiy hujjatlar asosida Buxoro davlatining sovet Rossiyasiga harbiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan har tomonlama bog‘liq bo‘lib qolganligi qonuniy belgilab qo‘yildi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyandalariga Buxoro Xalq Respublikasining ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o‘zgarishlarni nazoratga olish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari qaratish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Darhaqiqat, sun’iy inqilob yasash yo‘li bilan xalqni «harakatga keltirib», amirlik tuzumini zo‘rlik, kuch asosida ag‘darib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilishiga erishgan sovet hokimiyati endilikda unga o‘zining sotsialistik g‘oyalari-yu tartib-qoidalarini bemalol tiqishtira olardi. Bu hol Buxoroning mus-taqil, suveren davlat sifatida taraqqiy topishiga, xalqining asriy orzularining ro‘yobga chiqishiga, uning o‘ziga xoslik, milliylik xususiyatlarining bardavomligiga jiddiy to‘sqinlik tug‘dirardi, albatta. Shu bois Buxoro hukumatining mustaqil siyosat yuritishiga,qo‘shni mamlakatlar yoxud Turkiya, Germaniya singari uzoq xorijiy davlatlar bilan diplomatik va savdo-sotiq aloqalari o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlariga izn berilmadi. Markazning S.Orjonikidze, Sh. Eliava,Y. Peters singari nufuzli emissarlari Buxoroga tez-tez yuborilib, Buxoro hukumati faoliyatini taftish qilish, uning yo‘l qo‘ygan xato, nuqsonlarini fosh qilish bilan shug‘ullandilar. Hatto RKP(b) MQ 1922-yil mayida «Turkiston—Buxoro ishlari haqida» qaror qabul qildi.Unda O‘rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan sotsialistik tuzumni mustahkamlash qat’iy uqtirilgan edi. Shuningdek, RKP(b) MQning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham BXSRning ichki ishlariga qo‘pollik bilan aralashish edi. Negaki, bu qarorda Buxoroning rivojlanish jarayonini «sotsialistik iz»ga burib yuborish maqsadi ko‘zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat yuritganAbdurauf Fitrat, Mo‘minjon Aminov, Ota Xo‘jayev, Sattor Xo‘jayev, Rahimjon Yusufzodalarning respublika hukumati tarkibidan chetlatilishi ham Moskva vakillarining talabi bilan amalga oshirilgan edi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining asosiy rahbartashkiloti — Buxoro Kompartiyasi RKP(b) MQning viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritishga majbur edi. Respublika hududida sovetlarga qarshi kuchlarni bostirish bahonasi bilan to‘plangan son-sanoqsiz qizil askarlarning mutlaq ko‘pchiligi chetdan keltirilgandi.Masalan, 1922-yilda mavjud 40 ming kishilik qizil armiya tarkibida buxoroliklar atigi 500 kishini tashkil etardi, xolos. Buxoro respublikasining 1921-yil sentabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi. Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tar-kibiga Buxoroning ham jalb qilinishi, bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo‘ldan boy berilishiga sabab bo‘ldi. Hukmron Markaz tazyiqi asosida bu hududda qat’iy tarzda sotsialistik o‘zgarishlar amalga oshirilib borildi. 1923-yilda qabul qilingan BXSR Konstitutsiyasiga binoan mulkdorlar, savdogarlar, ruhoniylar saylov huquqidan mahrum etildi. 1924-yil sentabrida bo‘lib o‘tgan 5-Butun Buxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-yilda o‘tka-zilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida uning hududlari O‘zbekiston va Turkmaniston SSR tarkibiga qo‘shib yuborildi. Sovetlarning bu zo‘ravonlik siyosati voha xalqining keyingi tarixiy qismatida aso-ratli iz qoldirdi. Shu bois tez orada boshlanib ketgan Buxoro mehnatkashlarining sovetlar tuzumi zo‘ravonligiga qarshi harakati XX asrning 30-yillari o‘rtalariga qadar davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |