5. Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta’rifi beriladi. SHuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |