Андижон давлат университети Магистратура бўлими


Biotsenozlarning tuzilishi va biotsenozning tur tarkibi



Download 397,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana24.07.2021
Hajmi397,59 Kb.
#127442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ekologik sistema biogeotsenoz va fitotsenoz togrisida tushuncha. kontinuum konsepsiyasi

Biotsenozlarning tuzilishi va biotsenozning tur tarkibi 

Biotsenozdagi 

organizmlarning 

munosabatlari 

juda 

ham 


murakkabdir.  Bu  hodisani  ular  miqdorining  nihoyatda  kattaligi 

isbotlaydi. Yirik tabiatshunos olim V. I. Vernadskiy 1934 yilda, bizning 

sayyoramizdagi  jonli  organizmlar  miqdori  10'°  -t  o  n  n  a  ga  to’g’ri 

keladi.  O’simliklar  massasi  hayvonlar  massasidan  bir  necha  marta 

yuqori bo’ladi-deb ko’rsatgan edi. 

Yer  yuzida  barcha  o’simliklarning  massasi  (Getner,  1936)  2337 

km. kubga, hayvonlarniki esa hammasi bo’lib 1 km kubga teng bo’ladi. 



Yashil  o’simliklar,  ayrim  bakteriyalar  produtsentlar,  ya’ni  organik 

moddalar  ishlab  chiqaradi.  Hayvonlar  va  yashil  holda  bo’lmagan 

o’simliklarning  ko’pchilik  qismi  istemolchi  hisoblanadi  yoki 

konsumentlardir.  Konsumentlar  orasidagi  organizmlardan  organik 

moddalarni  mineral  birikmalarga  aylantiradigan  organizmlar  gruppasini 

ajratish  mumkin.  Bunday  organizmlarni  r  ye  d  u  ts  ye  n  t  lar  deb 

yuritiladi.  Bularga  bakteriyalarning  ko’pchilik  vakillari  chirish 

jarayonini amalga oshiradigan va boshqa bir qancha organizmlar kiradi. 

Biotsenozlarniig  tuzilishi  ko’p  tarmoqli  bo’lib,  uni  tekshirishda  bir 

qancha aspektlarga ajratiladi. 

T  u  r  (Species)  atamasi  organik  moddalarga  nisbatan  ilmiy 

adabiyotlarda  ishlatila  boshlaganiga  ikki  yarim  asrdan  oshdi.  Birinchi 

bor  chex  olimi  Jan  Rey  o’zining  «Historia  plantarum»  nomli  asarida 

«tur» terminini qo’llagan edi. Bu atamaning uzil- kesil qaror topishi va 

binor  nomenklaturadan  o’rin  olishi  yirik  tabiatshunos  olim  K. 

Linneyning nomi bilan bogliqdir. Odatda biotsenozlar turlarga boy yoki 

aksincha kambag’al yoki turlar soni kam biotsenozlarga bo’linadi. 

Doimiy  ravishda  fojeali  ta’sir  ko’rsatiladigan  mintaqalarda 

joylashgan  biotsenozlarda  ham  tur  s  p  ye  k  t  r  i  unchalik  yuqori 

bo’lmaydi.  Masalan,  daryolarning  toshishi  natijasida  suv  bosishi,  yerni 

haydash  natijasida  o’simliklar  qoplamining  yo’qotilishi,  chorva 

mollarining haddan ziyod ko’p boqilishi, doimiy ravishda har xil zaharli 

ximiyaviy  moddalarning  qo’llanilishi,  pestitsidlarning  ishlatilishi  va 

kishilar  tomonidan  ko’rsatiladigan  boshqa    salbiy  ta’sirlar  tufayli  tur 

tarkibi  kam  bo’ladi.  Aksincha,  sharoit  bundan  teskari  bo’lib,  muhit 

sharoitlari  –ya’ni,  abiotik  omillar  yashash  uchun  qulay  bo’lsa,  turlarga 

nihoyatda  boy  jamoalar  vujudga  keladi.  Bunga    jonli  misol  sifatida 

tropik  zona  o’rmonlarni,  ilmiy  asosda  tashkil  etilgan  qo’riqxonalarni 

ko’rsatish mumkin. 

Biotsenozdagi  turlar  tarkibining  mo’l  yoki  aksincha  kam  bo’lishi 

yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  omillardan  tashqari,  mavjud  turlarning  

ontogeneziga  (individual  taraqqiyot)  uzoq  yashashiga  ham  bog’liq. 

Inson  tomonidan  yaratilgan  biotsenozlar  ya’ni  agrofitotsenozlar  (dala 

ekinlari  maydonlari, bog’lar, poliz va sabzovot ekin  maydonlari) tabiiy 

holdagi biotsenozga nisbatan (o’rmon, sahro, yaylov, cho’l, tog’, botqoq, 

to’qay)  turga  juda  kambag’al  bo’ladi.  Lekin  tur  jihatidan  kambag’al 

biotsenozlar  ham  o’z  ichida  turli  sistematik  va  ekologik  gruppaning 

vakillari  bo’lgan  bir  qancha  o’nlab  tur  organizmlarni  saqlaydi.  G’alla 

ekinlaridan  tashkil  topgan  agrotsenozlarda  (bug’doydan  tashqari)  kam 



miqdorda  bo’lsa  ham  har  xil  begona  o’tlar,  hashoratlar,  bug’doy 

zararkunandalari  va  yirtqichlar,  fitofaglar  bilan  oziqlanuvchilar, 

kalamushsimon  kemiruvchilar,  umurtqasizlar,  tuprokda  yashovchi 

mikroorganizmlar,  patogen  zamburug’lar  va  boshqa  organizmlar 

mavjuddir. Quruqlik muhitidagi va suv muhitidagi biotsenozlar tarkibida 

ham  mikroorganizmlar,  o’simliklar  va  hayvonlarning  ko’plab  turlari 

bo’ladi.  Ayrim  muhit  biotsenozlarida  o’simliklar  bo’lmaydi.  G’orlarda 

va  suv  havzalarida  juda  kamdan-kam  holatda  biotsenozlar  faqat 

mikroorganizmlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Anaerob muhitda, 

suv  havzalari  tubida  ana  shunday  biotsenozlarni  uchratish  mumkii. 

Biotsenozdagi  turlarning  umumiy  sonini  hisoblash  juda  ham 

murakkabdir.  Chunki  mikroskopik  organizmlarni  hisoblash  usuli  va 

sistematik guruhlari to’liq o’rganilgan emas. Bizga bir narsa ma’lumki, 

turga boy bo’lgan tabiiy jamoalar minglab va hatto o’n minglab turlarni 

o’z  ichiga  olib,  har  xil  bog’lanishlardan  iborat  murakkab  birlashgan 

sistemani  hosil  qiladi.  Jamoadagi  turlarning  murakkabligi  muhit 

sharoitining  xilma-xilligiga  bog’likdir.  Har  xil  muhit  sharoitining 

turlarga ta’siri shunda seziladiki, muhit chegarasida yoki chekka qismida 

turlar  soni  mo’lroq  bo’ladi.  Bunday  joylarda  qushlarning  inlari  ko’p 

bo’ladi. O’rmon chetlarida hashoratlar soni va turi ko’p bo’ladi. Sababi 

chekka  qismida  namlik  va  harorat  boshqa  yerlarga  nisbatan  yaxshiroq 

bo’ladi. Muhit xilma-xilligini abiotik omillar va jonli organizmlar hosil 

qiladi.  Odatda  har  bir  tur  biotsenozdan  boshqa  turlarning  o’rin  olishi 

uchun qulay muhit yaratadi. Misol uchun yumronqoziq muhit sharoitini 

o’zlashtirgandan  keyin  bu  yerga  yirtqichlar  kelib  qo’shiladi,  chunki 

yumronqoziqning  o’zi  yirtqich  uchun  birlamchi  oziqa  hisoblanadi. 

Shuningdek  mavjud  turlar  parazit  turlarning  tarqalishiga  sababchi 

bo’ladi  va  inlarida  birga  yashaydigan  boshqa  individlarning  bu 

biotsenozda  tarkib  topishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Hayvonlar  uchun  har  xil 

muhit  sharoitinint  yaratilishiga  o’simliklar  jamoalari  sababchi  bo’ladi. 

Chunki  ular  mikroiqlim  yaratib  hayvonlarning  rivojlanishi  uchun  qulay 

sharoit hosil qiladi. Biotsenozda iqlim sharoitining yaxshilanishi tufayli 

ular  o’zlarida  ko’plab  hayvonlarning  yashashiga  imkon  yaratadi. 

Boshqacha  qilib  aytadigan  bo’lsak,  biotsenozda  ekologik  qulaylik 

qancha  ko’p  bo’lsa  uning  tarkibi  turga  shuncha  boy  bo’ladi.  O’z 

navbatida  ekologik  qulaylik  imkoniyatlarning  miqdori  jamoadagi 

turlarning xilma xilligi ko’payishi bilan o’sishi mumkin. Biotsenozning 

tur  tarkibini  tavsiflashda  uning  tarkibidagi  turlar  miqdoridan  tashqari 

ularning  son  munosabatlarini  aniqlash  ham  muhim  ahamiyatga  egadir. 



Agar har birida yuztadan individlari bo’lgan beshta bir xil turdan iborat 

bo’lgan  ikkita  g  i  p  o  t  ye  t  i  k  gruppa  taqqoslansa,  ular  biotsenotik 

nuqtai  nazardan  teng  bo’lmasligi  mumkin.  Gruppadagi  yuz  individdan 

sakson  oltitasi  bir  turga,  qolgan  o’n  to’rtasi  to’rt  turga    to’g’ri  kelsa, 

beshta turga yigirmatadan individ to’g’ri keladigan biotsenozga nisbatan 

bir xil bo’ladi. 

Bir  kattalikdagi  sinfga  kiruvchi  turlar,  bir  biotsenoz  tarkibiga 

kirishga  qaramasdan  miqdor  jihatidan  tubdan  farq  qiladilar.  Turlardan 

bittasi  juda  kam  uchraydi,  boshqa  tur  shunchalik  ko’p  uchraydiki,  u 

biotsenozning tashqi qiyofasini belgilaydi. 

Tur  son  jihatidan  ko’p  bo’lsa,  jamoada  ustun  tur  deb  yuritiladi. 

Ustun  turlar  jamoada  hukmronlik  qiladilar  va  ularning  tur  yadrosini 

tashkil  qiladi.  Ya’ni  barcha  dominant  turlar  biotsenozga  bir  xil  ta’sir 

ko’rsatmaydilar.  Bular  orasida  shunday  turlar  borki,  o’zining  hayot 

faoliyati  bilan  barcha  jamoalarga  noqulay  muhit  sharoitini  yaratadi  va 

shuning uchun ham boshqa ko’pchilik turlarning yashashi qiyinlashadi. 

Shuningdek,  jamoada  edifikator  turlar  deb  nomlanuvchi  turlar  ham 

mavjud  bo’ladi.  Edifikator  turlar  lotincha  «quruvchi»  degan  ma’noni 

bildiradi.  Agar  biotsenozda  edifikator  turlar  ajratib  olinsa,  fizik  muhit-

birinchi navbatda biotopning mikroiqlimi o’zgaradi. 

Turga  boy  bo’lgan  biotsenozlarda  amalda  tur  individlarining  soni 

kam  bo’ladi.  Tropik  o’rmonlarda  o’sadigan  bir  turga  mansub 

daraxtlarning  bir-birlariga  yaqin  turganini  uchratish  juda  qiyin.  Bunday 

jamoalarda 

ayrim 

turlarning 



yoppasiga  bir 

tekis 


rivojlanishi 

kuzatilmaydi. Bunday biotsenozlar yuqori nomuntazamliligi bilan ajralib 

turadi. 

Biotsenozdagi 

turlar 

tarkibidagi 

ayrim 

turlarning  o’rnini 



baholashda  har  xil  ko’rsatgichlar  ishlatiladi,  ayniqsa,  uning  soniga 

e’tibor  berish  muhim  hisoblanadi.  Turlarning  mo’lligi  ma’lum 

maydonda  bir  turga  mansub  individlarning  soni  yoki  ularni  ishg’ol 

qilgan  maydon  bilan  belgilanadi.  Ayrim  vaqtlarda  turlarning  ko’pligini 

baholashda ularning umumiy ogirligi ham hisobga olinadi. Turning soni 

va  uchrash  tezligi  bir  biri  bilan  to’g’ri  bog’langan  emas.  Turlar  son 

jihatidan jamoada ko’p bo’lishi mumkin, lekin individlar soni juda kam 

uchraydi.  Har  bir  yillikning  umumiy  tavsiflarini  solishtirish  orqali 

biotsenozning  tur  tarkibini  o’ziga  xosligi  haqida  yetarlicha  ma’lumot 

olish mumkin. 




Download 397,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish