Biologik va ijtimoiy omillar
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni
tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat deganda bolalar genetik
dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga o‘tilishi tushuniladi.
Nasldan bola inson organizmi, inson asab tizimi, inson miyasi va sezgi a’zolarini oladi.
Ota-onalardan bolalarga tana tuzilishi xususiyatlari, soch rangi, ko‘z, teri rangi kabi bir
insonni boshqa insondan farqlaydigan tashqi omillar o‘tadi. Nasldan asab tizimining ba’zi bir
xususiyatlari ham o‘tadi. Bular asosida asab faoliyatining ma’lum bir turi rivojlanadi.
Inson rivojlanishida intellektual xislatlarning o‘tishi masalasi juda muhimdir. Filolog va
psixologlar tadqiqotlariga ko‘ra qobiliyatlar nasldan o‘tmaydi, faqat qobiliyatlarni rivojlantirish
uchun potensial imkoniyatlar hisoblangan qobiliyat nishonalari o‘tadi.
Bola rivojlanishida irsiyat ahamiyati haqida gapirganda irsiy tabiatga ega bo‘lgan bir qator
kasallik va patologiyalarning mavjudligini e’tiborga olish lozim. Masalan, psixik buzilishlar
(shizofreniya), qon kasalligi (gemofiliya), endokrin buzilishlar (pakanalik). Ota-onalar
alkogolizm iva giyohvandligi nasl uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bo‘lgan
atmosferaning, suvning ifloslanishi, ekologiyaning buzilishi ham bola rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Jismoniy kamchilikli (ko‘rlar, karlar, tayanch-harakatlantiruvchi apparatning buzilishi
va b) bolalar tug‘ilishi ko‘paymoqda.
SHunday bolalar uchun muloqotda bo‘lish jamiyatga “kirish” ancha murakkabdir. Bular
bilan maxsus tayyorlangan pedagoglar shug‘ullanadi.
Ijtimoiy omillar
Inson bo‘lib etishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‘zi kifoya emas. Inson faqat
sotsiolizatsiya jarayonida, ya’ni muloqotda, boshqa insonlar bilan o‘zaro ta’sirda shaxs bo‘lib
etishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma’naviy, ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‘la olmaydi.
Bu fikrni barchaga ma’lum hollar, ya’ni inson bolasi hayvonlar orasida o‘sgani yanada
mustahkamlaydi.
Inson bo‘lib tug‘ildi, lekin inson bo‘la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar bor. Rim
asoschilari Romul va Rem bo‘ri onasi bilan emizilgan edi (shunday deb afsonada gap yuritiladi),
maugli bo‘rilar to‘dasida tarbiyalangan edi. Inson bolalarini bo‘rilar bilan boqilganining 15 holi,
ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10 holi, leopard – 1 holi, qo‘y – 1 holi ma’lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‘rilar uyasida bo‘ri bolalari bilan birga ikkita qizchani
(biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala, kattasini Kamala deb
nomlashdi.
Boshida ular o‘zini yovvoyi hayvonlardek tutdi. Tunda emaklab yurishardi va
yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‘ldan foydalanmay chapillatib ovqatlanishardi. Kichik
qizcha tezda o‘lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
SHu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid olib bordi.
Qiyinchilik bilan o‘qirdi. 2 yil uni tik turishga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi. 6 yildan so‘ng yura
8
boshladi, lekin ilgaridek emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar ichida 6 ta so‘zni o‘zlashtirdi. 7
yildan so‘ng so‘z boyligi 45 ta so‘zga, 3 yildan so‘ng esa 100 gacha etdi. SHuni o‘zida til
jarayoni to‘xtadi. Bu vaqtga kelib Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‘rdi, yorug‘likdan
qo‘rqmay qoldi, qo‘l bilan ovqatlanishga va stankandan ichishga o‘rgandi. 17 yoshga etgach
Kamala rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladek edi.
Bu hol shuni ko‘rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib qolganida ham
odam darajasiga etmagan. Nima o‘zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub’ektga aylanishi odam sotsializatsiya jarayonida, uning
jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga qadriyatlar, ko‘rsatmalar, ijtimoiy
o‘zini tutish me’yor va namunalarini o‘zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‘ladi.
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik va
o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb tasavvur qilsa, unda
aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. Keyinchalik butun umr davomida
faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.
Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-muhit
bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi.
SHaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha macros “katta”), mezo – (mesos “o‘rta”) va
mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda dunyoviy planetar
jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vab.
Mezoomillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va etnikaro
munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi (xalqi) tarixi va
hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va rivojlanadigan mintaqaviy shart-
sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, tuman markazi, qishloq); ommaviy
kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila, ta’lim
muassasalari, tengdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya’ni bola o‘sadigan muhitni
sotsium yoki mikrosotsium deb atashadi.
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta’siri chizmasi
Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin
ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng
yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari
muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. YOsh o‘tgan sari bola tomonidan
o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kengayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |