3.
O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari
Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga
o‘tuvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga
etmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud
bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi
xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar,
asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri
ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va
psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik,
alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar,
atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik
10
, allergik kasalliklari
turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi.
- Fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitutsion-
somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va
shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish,
turtilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopatologiyasida yoki aksentuatsiya
11
sida (haddan tashqari
zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab-
ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi.
Aksentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta
sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya
xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon
bo‘ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og‘ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda
o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo‘sh qo‘yish) olib
keladi. O‘smirda maktabga bo‘lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab
9
Суицид (инглиз тилидан suicide – ўлдириш - ўз-ўзини ўлдириш ҳаракати, кучли руҳий ҳолатда
ёки психик касаллик таъсирида инсоннинг ўз-ўзини ўлдириши)
10
соматик (Юнон тилидан sоma- тана) тана билан боғлиқ, организмдаги психикага қарама-қарши
бўлган ҳолат.
11
Характер акцентуацияси – характернинг алоҳида хусусиятларининг ўта кучли ифодаланиши
қуйидаги типлари ажратилади: АХ:1
41
bo‘ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda
bo‘luvchi, maktab baholariga befarq bo‘ladigan, o‘quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo‘ladilar.
-O‘quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo‘lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir
yoki ikki fanni o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.
- maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan
bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o‘qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar
ko‘rinishida o‘ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo‘ladi.
- ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, maktab jamoasining
talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli
ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo‘ladi.
SHunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga etmaganlarning assotsial
xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o‘zida bir
tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga yoki
oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha
bo‘lgan tarbiyaviy holatlar.
2.
Barqaror bo‘lmagan, janjalli usul noto‘liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er-
xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
3.
Munosabatlarning assotsial usuli yomon tashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli
ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori,
“oilaviy qahri qattiqlik” va zo‘ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo‘rlash) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi, qaramog‘iga
olgan odamlar tomonidan zarar etkazilishining ko‘pgina harakatlariga aytiladi. Bu harakatlarga
bolalar jismoniy zarar etkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash,
ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi.
Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko‘chada, maktabda, bolalar mehribonlik
uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.
SHunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy
rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.
Bu esa bolalaga uni o‘zi haqida, men yomonman, hech kimga kerakmasman, sevimli
emasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola
sog‘lig‘iga katta zarar etkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug‘diradi.
4.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo‘ladi. Jamiyatni boy va
kambag‘allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag‘allashuvi, ishsizlik kabi
qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining
cheklanishi, inflyasiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.
5.
Axloqiy-ma’naviy omillar. Hozirgi davrning jamiyatda bir tomondan ma’naviy
axloqiy darajaning pasayishi bo‘lsa, qadriyatli, birinch navbatda axloqiy xulqning buzilishi,
boshqa tomondan, jamiyatning neytral munosabatlarida deviant xulq-atvor munosabatlarida
yuzaga kelishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |