S va p vektorlar o‘rniga ularning skalyar qiymatlari bilan ish ko‘rish mumkin. Shuning uchun (7.24) ifoda
S = rs (7.25)
yoki
(7.26)
ko‘rinishga keladi. Yorug‘likni to‘la yutuvchi jism sirtiga normal tushayotgan yorug‘lik nurlarining bosimi son jihatdan Umov—Poynting vektori absolyut qiymatining yorug‘lik tezligiga bo‘linganiga teng. (7.26) skalyar ifodaga
. (7.27)
vektor ifoda to‘g‘ri keladi. Bosim son jixatdan elektromagnit to‘lqinlarning 1 sek da 1 sm2yuzadan olib o‘tgan impulsiga teng, shuning uchun impuls kattaligini G1orkali belgilab, quyidagi munosabatni yozamiz:
(7.28)
Bu impuls miqdori uzunligi v va ko‘ndalang. kesimi 1 sm2bo‘lgan silindrda mujassamlangan bo‘lgani uchun silindrning hajmi son jihatdan s yorug‘lik tezligiga teng bo‘ladi. U vaqtda birlik
hajmdagi impuls g = G1/c ga teng bo‘ladi, ya’ni
(7.29)
bo‘ladi. Elektromagnit maydonning ixtiyoriy hejmidagi impuls g dan V hajm bo‘yicha olingan integralga teng. S ni uning Eva H orqali yozilgan ifodasi bilan almashtirib integrallasak,
(7.30)
ifodani hosil qilamiz.
Agar yorug‘lik to‘la yutilmay, uning 'bir qismi qaytsa, elektromagnit to‘lqinning 1 sek da birlik sirtga bergan to‘la impulsi,
(7.31)
ga teng bo‘ladi. Bu yerda R — sirtning yorug‘lik qaytarish koeffitsienta.
Demak, p yorug‘lik bosimi ham shuningdek ortadi (absolyut qiymati bo‘yicha) va
(7.32)
ifoda bilan aniqlanadi.Yorug‘likning qattiq jismlarga ko‘rsatadigan bosimini tajribada birinchi bo‘lib 1899 yilda mashhur rus fizigi P. N. Lebedev aniqlagan bo‘lib, uning o‘zi 1908 yilda yorug‘likning gazlarga bo‘lgan bosimini kashf etdi. Lebedev tajribalari (7.32) formulani to‘la tasdiqladi.
Yorug‘lik bosimi astrofizikaviy hodisalarda, xususan, kometalar, dumli yulduzlarning hosil bo‘lishi va h. k. larda g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Yerug‘lik bosimining yuqori energiyali zarralar fizikasi hamda halqali elektron tezlatkichlar fiznkasidagi roli kattadir. Tezlatkichlarda tezlatilgan elektronlarning kuchli yorug‘lik nurlanish oqimi elektron dastalarga elektronlar harakatini tormozlovchi kuchli yorug‘lik bosimi ko‘rsatadi. Yorug‘lik bosimi katta quvvatli yorug‘lik kvant generatorlari nurlanishlari-ni fokuslash joylarida katta qiymatlarga erishadi. Yorug‘lik bosimi Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik korabllarning harakat traektoriyasiga ta’sir qiladi. Hatto foton raketalar yaratish to‘g‘risida takliflar mavjud bo‘lib, unda kuchli yorug‘lik dastasining raketaga ko‘rsatadigan ta’siri harakatlantiruvchi kuch vazifasini o‘taydi.
Yorug‘likning mexanikaviy impulsi mavjudligidan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bitta natija kelib chiqadi. Bu impuls yorug‘lik oqimi ega bo‘lgan massa bilan bog‘liq deb faraz qilish mumkin. Bu massa impuls bilan
G= ms (7.33)
munosabat orkali bog‘lanadi. Bu yerda m — elektromagnit nurlanish massasi.
1 sm2sirtdan o‘tuvchi impuls uchun
ni yozamiz. Uvaqtda
(7.34)
hosil bo‘ladi (m1—1 sm2yuzadan olib o‘tilgan massa). Bu bog‘lanish umumiy ahamiyatga ega deb faraz qilib, massa va energiya orasida
W = mc2. (7.35)
ko‘rinishdagi bog‘lanishni hosil qilamiz. Bu munosabat hozirgi zamom fizikasida birinchi darajali ahamiyatga ega.
Yorug‘lik nurlanishi impulsdan tashqari, harakat miqdori momenti (impuls momenti) ga ega. Bu xususiyat doiraviy yoki elliptik qutblangan yorug‘lik to‘lqinlari uchun xarakterlidir.
Mexanikada aylana bo‘ylab harakatlanayotgan jismning L harakat miqdori momenti
(7.36)
ifoda bilan berilishi mumkin. Bu yerda v-jism xarakatining chiziqli tezligi; m-jism massasi, ω — burchak tezlik (yoki siklik aylanish chastotasi); ω1- aylanish burchak tezligining birlik vektori. Bu formulani, v=cdeb olib, Elektromagnit maydonga qo‘llaymiz, u holda
(7.36')
bo‘ladi. Bu yerda t — elektromagnit massa; ω — yorug‘lik tebranish-
larining siklik chastotasi; ω1 — Ye va N vektorlarning L va S vektorlar yo‘nalishi bilan mos tushgan nur atrofidagi aylanish burchak tezligining birlik vektori.