3. Belgilar va ishoralar berish. Ko‘pincha o‘qituvchining bevosita munozaraga aralashuvi va talaba(o‘quvchi)larga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi ulardagi erkin fikrlash jarayonini chegaralashga olib kelishi mumkin bo‘lgani uchun munozarani so‘zlamasdan, ma’lum bir belgi va ishoralar yordamida boshqarish maqsadga muvofiqdir. Masalan, o‘qituvchining tushunmaslik yoki norozilik alomatini berishi o‘quvchilarga tushuntirib berish kerakligini anglatadi. Qo‘llarning ikki narsani solishtirish shaklidagi tarozi turidagi ko‘rinishi talabalarga fikrlarni solishtirib, ularning qaysi biri bilan talabalarning roziligini aniqlash lozimligini bildiradi, qiziqib, e’tibor bilan eshitish va ko‘tarinki kayfiyat talabalarga qo‘shimcha kuch-quvvat hamda intilish bahsh etadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |