8.1. – jadval. Ishlab chiqarish va pedagogik faoliyat strukturasi
Komponetlar
|
Faoliyat
|
IShlab chiqariSh
|
Pedagogik
|
Sub’ekt
|
Injener, texnik, ishchi
|
Pedagog
|
Ob’ekt (predmet)
|
Mehnat qurollari: materiallar, texnologiyalar
|
SHaxsni rivojlantirish va ShakllantiriSh
|
Vositalar
|
Asbob-uskunalar, mexanizmlar
|
Ta’lim-tarbiya metodlari va vositalari
|
Mahsulot
|
Moddiy boyliklar
|
Ma’naviy boyliklar: o’qimishlilik, tarbiyalanganlik va h.k.
|
har qanday faoliyatning markazida “sub’ekt”, ya’ni shu faoliyatni amalga oshiruvchi turadi. “ob’ekt” - faoliyat nimaga yo’naltirilgan bo’lsa shu. “mahsulot” – faoliyat ta’sirida o’zgargan ob’ektdir. ishlab chiqarish faoliyatidan farqli o’laroq bu faoliyatdagi “ob’ekt” so’zi shartlidir. chunki unda birorta o’zgarish qilish, unga ishlov berish juda mushkul vazifadir.
Shunday qilib, pedagog eng oliy, qimmatbaho boylik - talaba shaxsi bilan ish ko’radi. u esa o’zini rivojlantirish, takomillashtirish, o’zini o’qitish kabi faoliyatlarning sub’ekti hisoblanadi. talabaning ichki kuchlariga, salohiyatiga, ehtiyojlariga murojaat qilinmasa pedagogik jarayon samarali bo’lmaydi.
Talaba kasb-hunar o’quv yurtlariga kirishdan oldin kasb tanlaydi va bu bo’lg’usi professional sifatida sub’ekt pozitsiyasini aniqlab beradi: yangi vazifalar (kasbiy faoliyatni o’zlashtirish) va mavjud imkoniyatlar orasida, yangi tizimlar munosabati bilan shunga o’xshash munosabatlarning maktabda odatlanib qolingan qoliplari orasida ziddiyat kelib chiqadi. kasbiy tayyorgarlik yo’lining o’zi talaba roli pozitsiyasining juda tez o’zgarishini talab qiladi: o’qishning boshida u maktab o’quvchisi bo’lishi kerak emas, uning oxirida esa – talaba bo’lishi kerak emas. bularning hammasi talabalarning jadal ijtimoiy ulғayishini va kasbiy - shaxsiy jihatdan rivojlanishini talab qiladi.
Taniqli pedagoglar fikriga ko’ra pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyati uning boshqaruvchanligi, metofaoliyatligidan iboratdir, ya’ni pedagog o’z faoliyatini talaba faoliyatiga qarab qurishi lozim bo’ladi. boshqa soha kasb egalari o’z faoliyatlarini malakali bajarishi yetarli bo’lsa pedagoglar uchun esa bilimlarni so’zlab berish emas, balki talabalarning o’quv faoliyatini tashkillashtirishi muhim. pedagogik doiralarda shunday deyiladi: yomon o’qituvchi haqiqatni aytib beradi, yaxshi o’qituvchi esa uni topishga ko’maklashadi.
Shunday qilib, pedagogik faoliyatning mohiyati «shaxsni ob’ektdan sub’ektga aylantirish» dan iborat. shu nuqtai nazardan v.a.slastenin va a.i.mihenkoning pedagogik faoliyatning haqiqiy ob’ekti pedagogik jarayondan yulib olingan o’quvchi emas, balki, «o’zaro bog’langan o’quv-tarbiyaviy vazifalar tizimidan iborat bo’lgan pedagogik jarayon bo’lib, unda tarbiyalanuvi bevosita ishtirok etadi va uning asosiy komponentalaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatadi» degan so’zlarini eslash joiz bo’ladi.
Talabani sub’ekt vazifasiga «o’tkazish» uchun pedagogik jarayonda o’qituvchi tashkilotchi, menejer bo’lgan taqdirdagina mumkin bo’ladi. maxsus fan o’qituvchilari orasida eng ko’p tarqalgan xato – bu maxsus fanlarni o’qitish uchun yaxshi mutaxassis bo’lish, ularni bilish, bu bilimlarni ko’chirib o’tkazaolish va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishning o’zi kifoya deb hisoblashlaridir. pedagogik faoliyat o’z xususiyatlariga, o’zining texnologiyalariga ega, mutaxassis ularni bilmasdan va egallamasdan turib biror texnik sohada pedagog bo’la olmaydi.
Kasbiy pedagogik faoliyatning o’ziga xosligi uning murakkab va ko’p qiymatli xarakterga egaligidir. pedagog o’z individualligiga ega bo’lgan, rivojlanayotgan shaxs bilan ish ko’radi. odatda o’quv guruhida keng spektrdagi yosh shaxslar bo’ladi. so’zsiz, ishga ijodiy izlanish va ijodiy munosabatda bo’lish har qanday kasbiy faoliyat samarali bo’lishining muhim sharti hisoblanadi, biroq aynan pedagogik faoliyatda ular me’yor bo’lib hisoblanadi, usiz ushbu faoliyat umuman yuzaga chiqmasligi mumkin. pedagog shaxsining ijodiy yo’nalganligi zamonaviy ta’limiy vaziyatda juda zarur, chunki o’qitishning konseptual asoslarini tanlashda, individual pedagogik tizim sifatida o’z shaxsiy faoliyatini qurishda uning roli oshib boradi.
Pedagogik faoliyat muhim yaratuvchi ijtimoiy funksiyani bajaradi: uning natijasida nafaqat muayyan shaxs shakllanadi va rivojlanadi, balki davlatning kelajagi ham aniqlanadi, uning madaniy va ishlab chiqarish salohiyati ta’minlanadi. pedagogik faoliyatning prognostik xarakteri shaxs va jamiyatning nafaqat bugungi ehtiyojlari, balki kelajak ehtiyojlari, yosh mutaxassislarning ijtimoiy hayot sharoitlari va kasbiy faoliyatga moslashishi, balki uni o’zgartirishga tayyorligiga yo’nalgan maqsadlar turkumini aniqlaydi.
O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasasi o’qituvchisining pedagogik faoliyati ko’pqirrali va tizimli xarakterdadir: talabalar tomonidan nafaqat kasbiy bilim va faoliyat usullarini o’zlashtirish, balki professionalning shaxs bo’lishi va rivojlanishi, ushbu maqsadlarni amalga oshirish, ta’limiy va rivojlantiruvchi muhit hosil qilish va h.k.lar uchun sharoit yaratadigan talabalar guruhida munosabatlarni qurishga ham yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Maxsus fan o’qituvchisi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va mazmuni oliy kasb ta’limi standartida berilgan «kasb ta’limi pedagogi» mutaxassisligining malakaviy xarakteristikasida aniqlab berilgan. U kasbiy pedagogik faoliyatning quyidagi turlarini bajarishga tayyor bo’lishi lozim:
kasbga o’qitish;
ishlab chiqarish texnologik faoliyat;
metodik ishlar;
Tashkiliy - boshqaruv faoliyat;
ilmiy-tadqiqiy faoliyat;
madaniy-ma’rifiy faoliyat.
Bularning hammasi pedagog shaxsida umumiy va professional - pedagogik madaniyatni, keng umummadaniyat, boshqaruv, maxsus hamda psixologik-pedagogik muvofiqlikning mujassam bo’lishini anglatadi. Pedagogik faoliyatning xilma-xilligi uni o’quv-tarbiyaviy jarayonning yaxlitligini ta’minlaydigan o’zaro bog’langan va o’zaro bir-birini aniqlovchi turli komponentlarning murakkab birligi sifatida qarashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |