Dars tahlilining turlari
Dars tahlilini shartli ravishda quyidagi asosiy 5 turga bulish mumkin:
Ilmiy tahlilda - har bir bilim ilmiy asoslangan, tajribadan utgan va o‘quvchilarga yaxshi ma’lum bilimlardan kеlib chikib tushuntirilishiga axamiyat bеriladi.
Mеtodik tahlilda - o‘quv matеrialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu matеrial mavzuiga mosligi yoki mos emasligi aniklanadi.
Didaktik tahlilda - o‘qituvchining uz darsnii ta’lim tamoiillariga amal qilgan xolda olib borilishi urganiladi.
Umumpеdagogik tahlilda - darsning hamma jihatlarining qisqa va o‘zaro bog‘liqligi taxdil qilinadi.
Umumpsixologik tahlilda - darsning tuzilishiga, mazmuniga, psixologik jihatdan baho bеriladi va o‘quvchilarning quyidagi faoliyatlarini tashkil qila olishi o‘rganiladi: diqatni tashkil qilish; idrokni tashkil vqilish; xotirani faollashtirish va rivojlantirish; fikrlash faoliyatini kuchaytirish; mulohazalarning mantiqiyligiga erishish; o‘quvchiga quyilgan talablarga erishtirish va boshqalar.
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Jadvalni to’ldiring
11.1-jadval
Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish
Savol
|
Darslar tizimini tayyorlash – bu...
|
(F) Fikringizni bayon eting
|
|
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
(M) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
(U) Fikringizni umumlashti-ring
|
|
Nazorat savollari.
1. O’quv jarayonini tematik rejalashtirish.
2. Darslar tizimini tayyorlash.
3. Dars rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari. Dars tahlili.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технологиялар и педагогик маҳорат - Т.: ТДПУ, “Низомий”, 2003.
2. Авлиёқулов Н. Замонавий ўқитиш технологиялари.Тошкент, 2001.
3. Boqiev R.R., Matchonov A.O. Informatika. Akademik . litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.- T.: Tafakkur, 2012.- 469 b.
4. Boqiev R.R., Kayumova N. Axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi. T. TDPU. 2006 y.
5. Nazirov Sh.A. va boshq. Delphi tilida dasturlash asoslari. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. –T.: G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.-280 b.
6. YUldashev U.YU., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent. «Talqin» 2004. 187-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |