Davlat ta’lim standartlarining umumiy xaraktеristikasi
DTS ta’limning ma’lum bosqichida yoshlarning sifatli bilimga ega bo‘lishi uchun davlat kafolatini bеlgilaydi va tasdiqlaydi.
DTS— ta’limning ma’lum yo‘nalishi bo‘yicha umumta’lim va kasbiy fanlardan bosqichma-bosqich bilimga ega bo‘lish talablari, qoidalari va tamoyillari kabi asosiy tushunchalarni bеlgilovchi mе’yoriy hujjat hisoblanadi
DTS— O‘zbеkiston Rеspublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘lib, idoraviy bo‘ysinishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga joriy qilinadi
Uzluksiz ta’lim mohiyati YUNESKOning «Mavjud bo’lishga o’rganish» ma’ruzasida berilgan bo’lib, inson mavjud bo’lishining Shunday usuliki, bunda u Yangi tajriba uchun ochiladi. Biroq uzluksiz ta’limni muntazam ravishda o’qish-o’rganish yoki uni ma’lum muddatlar oralig’ida malaka oshirishga keltirishga urinishlar ushbu holatning talqinini toraytirib qo’ydi. Uzluksiz ta’lim mohiyati asosan umumiy va kasbiy ta’lim davridayoq unga o’zini mustaqil ravishda mukammallashtirish va ta’lim olishni davom ettirishga imkon beradigan, murakkab ijtimoiy va kasbiy muammolar doirasida to’g’ri mo’ljal oladigan, o’zgarayotgan sharoitlarga oson moslaSha oladigan va unga zarur bo’lgan bilim va uquvlarni qidirib topishgm imkon beradigan bilim, uquv va shaxs sifatlarini shakllantirishdan iborat. Bunday sharoitlarda professionalning yetakchi xislatlari quyidagilardan iborat: rivojlangan tizimli tafakkur; faqtgina mavjud axborot bilan ishlay oladigan emas, balki Yangilarini qabul qilish, turli faoliyat turlarini o’zlashtirishga imkon beradigan metodologik bilimlarga ega bo’lish; faol hayotiy va kasbiy pozitsiya; kasbiy-shaxsiy rivojlanish va mukammallashishga bo’lgan extiyoj, shunga tayyorlik.
Ushbu tendensiya uzluksiz kasb ta’limi konsepsiyalarini, kasbiy ta’lim mazmunining uning hamma zinapoyalarida (boshlang’ich, o’rta, oliy) vorisligi va o’zarobog’liqligini ta’minlaydigan va mutaxassis shaxsini uzluksiz rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va professionallaShtirish yo’naltirilgan ta’limiy dasturlar tuzish orqali ko’p sathli kasbiy tayyorgarlik tizimini ishlab chiqishda o’z aksini topadi. Kasb ta’limining uzluksizligi va ta’limiy dasturlarning vorisligi o’rta va oliy kasb ta’limi davlat standartlarini kiritish bilan ta’minlanadi.
Ta’limni insonparvarlashtirish yetakchi tendensiya sifatida uning rivojlanishi ta’limning insonga qaratilganligini, uning individualligini namoyon qilish va rivojlantirish uchun Sharoitlar yaratishni bildiradi. U insonni o’zining unikalligini yo’qotishdan, hayot, tabiat va madaniyat dunyosidan begona bo’lishdan himoya qilish, insonning eng oliy – o’z-o’zini faollashtirish, o’zini safarbar qilish, ma’naviy, ijtimoiy va kasbiy yetuklikka bo’lgan ehtiyojlarini maksimal qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Zamonaviy jamiyatga o’zining shaxsiy ustunliklarini his qila oladigan va uni o’rab turgan insonlarning ustun xislatlarini tan oladigan mutaxassis-professionallar zarur.
Boshqaruvchilik funksiyalarini amalga oshira turib mutaxassis ishlab chiqaruvchilarni zarur shart-sharoitlar, mavjud bo’lish, o’z-o’zini saqlash vositalari, insoniy ehtiyojlarni qondirish, ularga mehnat faoliyatida o’zlarini namoyon qilishga sharoit yaratish haqida qayg’urishi zarur.
Ta’limni ijtimoiylashtirish – insonparvarlashtirishning vositasi hisoblanadi va kasbiy ta’lim mazmuni xarakterini o’zgartirishga qaratilgan. bunda o’quv reja tuzilmasida ijtimoiy fanlarning ulushini oshirish tushunilmaydi, miqdorningg oshishi har doim ham sifatni ta’minlamagan. xattoki etika, estetika, tarix kabi fanlar insonlarning ichki dunyosini qo’zg’ataolmasligi, insonning dunyoga va o’ziga nisbatan emotsional-qimmatli munosabatni shakllantira olmasligi mumkin. kasb ta’limini ijtimoiylashtirish – bu eng avvalo talabani madaniyatga, o’zini va tabiat, insoniyat munosabatlari, texnika dunyosida o’z o’rnini anglashga olib boradigan yo’ldir. bilimlarni «insonlashtirish», ularni shaxsning ma’naviy rivojlanish quroliga aylantirish uning mohiyatini tashkil qiladi. ushbu jarayon faqatgina ijtimoiy fanlarni o’rganishda emas, balki maxsus kurslarning ijtimoiy yo’nalganligi vositasida amalga oshirilishi mumkin va zarur. bu esa quyidagilarni nazarda tutadi:
o’rganilayotgan o’quv materialining ma’naviy-ahloqiy, estetik salohiyatini faollashtirish;
o’qitish mazmuniga umumtexnik va maxsus bilimlarning tarixiy aspektlarini kiritish;
diqqatni inson va tabit, inson va texnikaning o’zaroaloqasiga qaratish;
talabalarni nafaqat nazariy, balki emotsional-obrazli tafakkurini harakatga keltiradigan ijodiy vazifalarni qo’yish;
kognitiv (bilishli) muammolarni emotsional, shaxsiy ahamiyatga ega bo’lganlarga o’tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |