Laboratoriya ishi — asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda talabalar bilan tajribalar o‘tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida o‘rganish
Laboratoriya(Tajriba) – pedagogik voqelikni amaliy jihatdan hissiy empirik bilish jarayoni.
Fakultativ mashg’ulotlar – bu ta’lim oluvchining qiziqish va xohishlariga kо’ra muayyan fan, predmet yuzasidan beriladigan ilmiy – nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, ularda amaliy kо’nikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim shaklidir. Fakultativ mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini oshirishga va ijtimoiy faoliyatini faollashtirishga, aqliy qobiliyatlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida о’tkaziladi.
Dars berish usullari – ta’lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, о’qish usullari esa, ta’lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir.
Usullar tizimini ta’lim maqsadlariga erishish bо’yicha о’quvchi va о’qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qlish uslublari quyidagi belgilari bо’yicha guruhlarga ajratilgan:
Birinchi guruh - о’quvchilarning о’zlashtirish, tushunib yetish, bilimini mustahkamlash bо’yicha perseptiv (о’zlashtirish) ish faoliyatini ta’minlaydigan, tayyor holatda о’quvchilarga bayon qilingan о’qitish va bilim olish usullari:
-ma’ruza, hikoya, tushuntirish;
-namoyish, illyustratsiya, videousul.
Ikkinchi guruh - о’quvchilarning bilimini о’zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bо’yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani algoritm (namuna) bо’yicha о’quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan о’qitish va bilim olish usullari:
-kitob bilan ishlash;
-laboratoriya usuli;
-mashqlar.
Uchinchi guruh - ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovi dars berish va о’qitish usullari: To’rtinchi guruh ‘ о’quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar:
-muammoli topshiriqlar usuli;
-individual (amaliy) usul;
-loyihalar usuli.
Ko’p hollarda amaliy laboratoriya mashg’ulotlari o’quvchilar bilimini tekshirish uchun o’tkaziladi.Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish orqali tekshirish. Ushbu usul yordamida. o’quvchilarning erishgan nazariy bilimlari asosida amaliy masalalarni yechish, turli jadvallardan, formulalardan, chizmalar va o’lchash asboblaridan unumli foydalanish ko’nikmasi va malakalari tekshiriladi.
Amalda masalalar yechishda quvchidan masalalarni yechishning algoritmini tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o’quvchi faoliyatining mantiqiy ketma-ketligi to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ladi. Shunday qilib, o’qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari qay darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, O’quvchilar bilimlarini odilona baholashda muhim ko’rsatkichlardan sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni quyidagicha samarali tashkil etish mumkin:
- o’qituvchilar o’rtasida mehnat taqsimotini to’g’ri tashkil etish;
- masofaviy o’quv kursi an va elektron adabiyotlaming yaratuvchisi bo’lgan jamoaga o’qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislarining birlashuvi;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o’qituvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish. Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida O’qituvchilarning pedagogik mahorati oshirish uchun:
- taiimda texnologik asoslaming tez rivojlanishi bilan bogiiq bo’lgan yangi kurslami yaratish;
- o’quv kurslarini yaratish asosida o’qituvchilarning ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- masofaviy kurslaming ochiqligi tufayli ularning sifatiga boigan talablaming va o’quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyojlarining qondirilishi;
- o’quv jarayonida o’quvchi faohyatining ustuvor mavqe tutishini, o’quv jarayoni salmogining o’qituvchidan o’quvchigako’chishini ta’minlash;
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o’qituvchining har bir o’quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |