Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


O’qitishning guruhli shakli



Download 2,85 Mb.
bet70/130
Sana14.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#365929
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
3 курс мажмуа янги

O’qitishning guruhli shakli

«AQShda ta’lim bo’yicha instrukturalar guruhli ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. Shu sababli o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirliishi maqsadga muvofiq emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o’quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to’rt, yetti va hokazo). Guruh bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. Shuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.

Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.

Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli chiqadi. YOki aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bo’lgan ta’vsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini qiziqarli tarzda kichik guruhlarga bo’lish yo’llaridan bir nechtasini keltirib o’tamiz. Ushbu usullar sinfning har birida 6-tadan o’quvchi bo’lgan 6-ta kichik guruhlarga bo’lishga imkon beradi. Guruhdagi o’quvchilar sonini 5, 7 yoki 8-taga o’zgartirib, sinfni 5, 7 yoki 8-ta guruhga ajratish ham mumkin:



  • Kichik bo’laklarga bo’lingan qog’ozlarga A1, A2, A3, A4, A5, A6, B1, B2, B3 belgilarni yozing. Stollarni A, B, V, G, D, ye deb belgilang. Shundan so’ng qog’ozlarni ishtirokchilarga (o’quvchilarga) tarqating va unda yozilgan harfli stol atrofiga o’tirishni tavsiya eting.

  • 6-ta rasm tayyorlang va har birini 6-ta bo’lakka bo’ling. Bo’lakchalarni aralashtirib stol ustiga qo’ying va ishtirokchidan (o’quvchidan) bittadan bo’lakchani tanlab olishni iltimos qiling. Shundan so’ng o’quvchilar bo’lakchalarni birlashtirib, yaxlit rasmni hosil qilishlari va bitta stol atrofiga o’tirishlari kerak bo’ladi.

  • Oltita ranglardan 6-ta qizil, 6-ta oq, 6-ta qora, 6-ta sariq, 6-ta ko’k, 6-ta yashil, jami 36-ta kartochka tayyorlang. Sinfdagi o’quvchilarning har biri o’ziga yoqqan rangli kartochkani tanlab oladi va bir xil rangli kartochkani olgan o’quvchilar bitta stol atrofiga o’tirishadi.

  • Barcha o’quvchilar 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlar bo’yicha tartib bilan sanalishadi. Shundan so’ng 1 raqamlilar bitta guruhga, 2 raqamlilar ikkinchi guruhga va hokazo birlashishadi.

  • O’qituvchi biror bir belgi bo’yicha jamlangan predmetlar nomi yozilgan yoki rasmlari tushirilgan kartochkalarni oldindan tayyorlaydi. Masalan:

daraxtlar - olma, olcha, o’rik, nok, xurmo, shaftoli;

gullar – lola, atirgul, narsiss, gladiolus, chinnigul, boychechak;

idish-tovoqlar – qozon, choynak, piyola, likopcha, qoshiq, cho’mich va hokazo.

O’quvchilar kartochkalarni tanlaydilar va belgilar bo’yicha (daraxtlar, gullar, idish-tovoqlar va hokazo) guruhlarga birlashadilar.



«Informatika» fanini o’qitishda quyidagi asosiy o’qish shakllaridan foydalaniladi:

  • ma’ruza;

  • amaliy mashg’ulot;

  • laboratoriya mashg’uloti.

«Informatika» fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida o’qituvchi asosiy nazariy bilimlarni o’quvchilarga beradi. Amaliy mashg’ulotlarda esa berilgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. «Informatika» fanidan laboratoriya mashg’ulotlari individual shaklda o’tkaziladi.

Ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishla turli shakllardan foydalanilgan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan shakllangan machitlar huzuridagi maktablarda o’quv mashg’ulotlari asosan ruhoniylar tomonidan tashkil etilib, ta’lim guruhli yoki yakka tartibda amalga oshirilgan. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) ta’lim tarixida birinchi bo’lib sinf-dars tizimini ishlab chiqdi. YA.A.Komenskiyning yangi ta’lim tizimi qisqa vaqt ichida barcha mamlakatlar ta’limidan o’rin oldi. Hozirgi davrda sinf-dars shakli ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida qo’llanmoqda.

Dars-bevosita o’qituvchi yetakchiligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotidir.

Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat`iy jadval asosida olib boriladi.

Darsning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Darsda o’rganiladigan bilimlar hozirgi zamon fani yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni maqsadi hamda bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos bo’lishi zarur.


Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish