6. Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi
Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi - amaliyot o’quvchilarning informatikani bilishlarida asosiy manba bo’lib xizmat qilishi kerak. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir kishining hayotida EHMlarni amaliyotda qo’llashlaridan kelib chiqadi. Shuning bilan birga, nazariya ham amaliyot bilan yaqin aloqada bo’lib, o’z o’rnini topishi lozim. Chunki faqatgina amaliy ko’nikmalarning o’zi nazariy jihatdan yoritilmasdan, informatika bilimlar tizimini tashkil eta olmaydi4.
O’quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini shakllantirish informatika o’qitishda amaliyot va nazariyani to’g’ri uyg’unlashtirish, informatika tarixi bo’yicha ma’lumotlarni qiziqarli kiritishni, nazariya va amaliyot birligini ta’minlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |