Harakat xotirasi – turli hildagi ish-harakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emotsional xotira – his – tuyg‘uga g‘os xotiradir. His – tuyg‘ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo‘lga qo‘yilganligi haqida habar berib turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida muhim ahamiyatga egadir.
Obrazli xotira tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.
So‘z – mantiq xotira bizning o‘y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo‘la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so‘z – mantiq xotira deb ataladi.
Xotirani ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘lgan edik. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad qo‘ymagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo‘yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira bo‘ladi.
Uchinchi gurux xotiraga kiska muddatli, uzok muddatli va operativ xotiralar kiradi. Kiska muddatli xotira materialni kup martalab takrorlash va kayta esga tushirishlar orkali uzok vakt esda olib kolinishi bilan ajralib turadigan uzok muddatli xotiradan farkli ularok, bir martagina juda kiska vakt maboynida eslab kolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira tushunchasi kishi tomonidan bevosita amalga oshiralayotgan dolzarb vazifalar, xarakatlar, ishlarga xizmat kiladigan mnemik jarayonlarni anglatadi. Kachonki biz biron murakkab xarakatni, misol uchun arifmetik amalni bajarayotgan bulsak, u xolda, uni kismlarga bulaklarga ajratgan xolda bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oralik natijalarni «yodimizda» saklab boramiz.
Esda olib kolishni xotiraning yangi materialni ilgari uzlashtirilgan material bilan boglash orkali esda saklab kolinishiga olib keladigan jarayon sifatida ta’riflash mumkin. Bu shaxs tajribasini yangi bilimlar va xulk-atvor shakllari bilan boyitishning zarur shartidir. Esda olib kolish xamisha tanlangan buladi. Sezgi a’zolarimizga ta’sir kiladigan barcha narsalar xam esda olib kolinavermaydi.
Esda olib kolish kiska muddatli va uzok muddatli xamda ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bulinadi.
Operativ esda olib kolish deb ataladigan eslab kolishni kiska va uzok muddatli eslab kolish urtasidagi oralik darajalaridan biri deb xisoblash mumkin. Operativ esda olib kolishni kishining odatdagi xarakatlariga xizmat kiluvchi xotira jarayoni deb ta’riflash mumkin. U kishi bajarayotgan xarakatning xar bir konkret jarayonida biron natijaga erishish sharoitlaridan biri sifatida yuz beradi.
Uzok muddatli xotiraga shaxs faoliyatining xayotiy muxim maksadlariga erishishda taktik jixatdagina emas, balki strategik jixatdan axamiyat kasb etgan axborot kelib turadi.
Psixologiyada, yukoridagilardan tashkari, ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda olib kolish fark kilinadi.
Ixtiyorsiz esda olib kolish – bilish va amaliy xarakatlarni amalga oshirishning maxsuli va shartidir. Bunda esda olib kolish uz xolicha bizning maksadimiz sifatida yuzaga chikmaganligi sababli beixtiyor esimizda olib kolingan jamiki narsalar xususida odatda «uzidan-uzi esda saklanib kolgan ekan» deymiz.
Ixtiyoriy esda olib kolish – maxsus mnemik xarakatlar, ya’ni asosiy maksadi esda olib kolishdan iborat bulgan xarakatlar maxsulidir. Maxsus utkazilgan tadkikotlar materialni aynan, tula va izchil eslab kolish vazifasining anik kilib kuyilishi ixtiyoroiy esda olib kolishning asosiy shartlaridan biri ekanligini kursatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |