Umuman esa, idrok quyidagi turlarga bo‘linadi ;
Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o‘ynashiga qarab; ko‘rish, eshitish, teri, hid bilish, ta’m bilish, harakat idroklariga;
Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;
Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo‘linadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, idrokka quyidagicha ta’rif berish mumkin ; “Ob’ektiv reallikda mavjud bo‘lib, sezgi organlariga ta’sir qilib turgan narsa va hodisalarning odam miyasida umumiy tarzda, yaxlit holida butun holicha aks etishidan iborat bo‘lgan ruhiy faoliyat idrok yoki qabul qilish deb aytiladi”.
Idrok shaxsning tashqi olam bilan munosabatlarini ifodalashdagi murakkab ruhiy jarayon bo‘lishi bilan birga, aktiv jarayonhamdir. Shuning uchun shaxsning aniq ob’ektni idrok qilishi ma’lum maqsadni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |