Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Hissiyotning mazmuni to‘g‘risida



Download 1,78 Mb.
bet107/258
Sana28.12.2020
Hajmi1,78 Mb.
#53930
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   258
Bog'liq
УМУМИЙ ПС. 18-20. ИНЯЗ

Hissiyotning mazmuni to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsani eslatib o‘tish joizki, his-tuyg‘ular barqarorligi, maqsadga muvofiqligi: birinchidan, shaxsga hech qanday xavf-xatar, tahdid solmayotganligini, ikkinchidan, insonning hayoti va faoliyatida uni baxt-omad kutayotganligini, uchinchidan, shaxslararo munosabati, jamiyatda tutgan mavqeini, to‘rtinchidan, tana a’zolarining salomatligini ro‘y-rost aks ettiradi. Bu ko‘rinishlarning barchasi ijobiy sifatlar ustuvorlik qilayotganligidan darak beradi, binobarin, yutuqlarga erishish ehtimoli darajasi yuksakligi, ijtimoiy yoki shaxsiy kutilma esa kafolatlanganligini anglatadi. Shaxs shaxslararo munosabatning mahsuli bo‘lganligi tufayli undagi hissiyotlarning mazmuni, inson kamol topishi bilan uzviy bog‘liq tarzda, ko‘lami kengayib boradi, buning natijasida emotsional holatlar shaxsiy tor doiradan tashqari chiqib, tabiat hodisalari, jamiyat muammolari (iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, ma’naviy jabhalar) ga taalluqli munosabatlarni o‘zida ma’naviy, mazmuniy, shakliy jihatdan mujassamlashtiradi. Xuddi shu bois mas’uliyat va loqaydlik, muloqotmandlik va odamovilik, g‘azab va shavq, simpatiya va antipatiya, optimizm va pessimizm, xursandlik va xafalik, qahramonlik va qo‘rqoqlik, quvonch va qahr, ishtiyoq va zerikish, egoistlik va alturistlik, sofdillik va g‘arazgo‘ylik, mehnatsevarlik va dangasalik, samimiylik va laganbardorlik kabilarning barchasi kelib chiqishi (genezisi) jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, quyidagi jabhalari bilan ajralib turuvchi: a)shaxsning shaxsiy nuqtai nazari; b)ijtimoiy hayotda egallagan mavqei; v)hayot va faoliyatda faolligi; g)jamiyatdagi hamkorlik faoliyatda qatnashishi; d) guruh yoki jamoada shakllangan shaxslararo munosabatlari bilan bog‘liq hissiyotlardir. Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, shaxsning ba’zi his-tuyg‘ulari ularni ro‘yobga chiqaruvchi omillarning takroran ta’siri natijasida mustahkamlanib, uning(insonning) hukmron, ustuvor, barqaror emotsional xususiyatiga aylanadi. Shu sababdan shaxslarning xushfe’l yoki jaholatli, qiziquvchan yoki sovuqqon, qo‘rqoq yoki jasur, mehribon yoki bag‘ritosh, xushmuomala yoki qo‘pol, kamgap yoki maxmadona degan yo‘sinda inson (shaxs) sifatida tavsiflash, baholash mumkin. Milliy tarbiyaning, milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz fuqarolarida milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, fidoiylik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik ruhidagi yuksak his-tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir. Mustaqillik ideallariga munosib shaxslarni kamol toptirish uchun, vatan ishqi bilan yonuvchi faol, shijoatli, irodasi bukilmas, barqaror motivatsiyaga ega bo‘lgan insoniy sifatlarni ularda shakllantirish maqsadga muvofiq.

Shuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. Shaxsning his-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabhalari birgalikda hukm suradi.

Shu sababdan shaxsning hissiyotida hukmron, ustuvor his-tuyg‘ular mavjud bo‘lishiga qaramay, ular vaziyat, sharoit yangilanish bois keskin o‘zgarishlarga uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha boshlaydi. Shuning uchun psixologiyada hissiyot o‘zgarishining dinamikasi degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo‘llanilib kelinadi.

Shaxsda namoyon bo‘layotgan hissiyot asta-sekin jadallashib borgani evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustahkamlanib qolishi mumkin. Masalan, jahon xalqlarida yer kurrasining u yoki bu joylarida qo‘poruvchilik ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan bo‘lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha terror kuch ishlatish bilan qo‘rqitish demakdir) shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (latincha militaris harbiylashtirish ma’nosini anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqlarda narkotik (yunoncha harkotikos miyani aynitadigan) moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘usi kuchayib borishi, dinamikasi sababli narkobiznesga (inglizcha business foyda degani)bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. Shaxs kechirayotgan his-tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalar rang-barang, o‘zaro ta’sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoqlamalik xususiyat kasb etsa, u holda hissiyot dinamikasiga puxta negiz hozirlaydi.

Lekin shuni ham ta’kidlash ma’qulki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo‘nalishi biroz o‘zgarishi mumkin. Chunki hissiyot bir yo‘nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so‘nib borishi, haddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni «haydash» bilan qo‘rqitish emotsional ta’sirini yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish bilan cheklansa, unda qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarning takrorlanishi sababli emotsional moslashuv (adaptatsiya) jarayoni vujudga keladi, demak, hissiyotda o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda hissiyot ob’ektining (narsa, hodisa, holat kabilarning) mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa, bunday holda emotsion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. Shaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, hangoma eshita bergach, unda hayajonlanish, rohatlanish, kayfiyat ko‘tarilishi paydo bo‘lmaydi, aksincha insonda zerikish hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jahl chiqazadi. Shuning uchun xoh ma’lumot, xoh yumor bo‘lishdan qat’i nazar yangilik alomatlarisiz insonda qiziqish yo‘qoladi.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish