Trening o’tkazuvchi (ta'lim beruvchi) uchun shart bo’lgan ishlar. Muxokama tashkil qilish, ishchi guruxi uchun qoidalar ishlab chiqish va har bir mashg’ulotda
trener treningning maqsadi vazifasini batafsil tushuntirish.
Navbatdagi mashg’ulot instruktsiyasini berish.
qatnashuvchilar savollariga javob berish va ular bajarayotgan ishni nazorat qilish.
Senariy mazmunini trening maqsadi asosida taxlil etish.
Trening haqida qatnashuvchilar bilan fikr almahish.
qatnashuvchilar ematsional holatini nazorat qilish va ularga psixologogik yordam berish.
Har bir mashg’ulotda yakun yasash va uyga vazifa berish.
Mashg’ulot oxirida siz haqingizda qatnashuvchilar o’z fikrini bayon qilishlariga imkon
berish.
Trening o’tkazish davomida uning qatnashchilarini shaxsiy muloqot usullarini va o’zining boshqalarga
nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglash jarayonini rag’batlantirish kerak.
Trening mashg’ulotlari do'stona, samimiy va ixtiyoriy tarzda o’tkaziladi. Trening o’tkazishdagi
shartlar bo’yicha ma'lum qoidaga rioya qilinmasa, u ijobiy natija bermaydi.
Aqliy hujum metodi . Aqliy hujum metodining mohiyati jamoa hamkorligi asosida muammoni
yechish jarayonlarini vaqt bo`yicha bir qancha bosqichdagi (g`oyalarning generatsiyalash, ularni tanqidiy va
konstruktiv holatda ishlab chiqish) ajratishdan iborat.
Dars jarayonida aqliy xujumda maqsadli foydalanish ijodiy nostandart tafakkurlashni rivojlantirish
garovi hisoblanadi. “Aqliy xujum”da uyushtirish birmuncha sodda bo`lib unda ta'lim mazmunini o`zgartirish
jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topish xam juda qo`l keladi.
Dastlab gurux yig`inlari va ularning oldiga muammo qo`yiladi. Bu muammo yechimi to`g`risida barcha
ishtirokchilar o`z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o`zga kishi g`oyalariga xujum" qilishi yoki
baholashiga xaqqi yo`q. Demak, "aqliy xujum" yo`li bilan qisqa minutlarda o`nlab g`oyalarni yuzaga chiqish
imkoniyatlari mavjud bo`ladi. Aslini olganda g`oyalar sonini aqlga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo
yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo`ladilar. Bu metod shartlaridan biri xech qanday tashqi
ta'sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo`lishi kerak. Bildirilgan g`oyalarning besh yoki
oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga saloxiyatli imkoniyatlar yaratadi.
Shunday qilib, "aqliy xujum" qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin: olg`a surilgan g`oyalar baho
lanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
— ish sifatiga emas, soniga haratiladi, g`oyadar qapcha ko`p bo`lsa shuncha yaxshi; istalgan g`oyalarni
mumkin
qadar
kengaytirish
va
rivojlantirishga harakat qilinadi; muammo yechimidan uzoq g`oyalar xam qo`llab-quvvatlanadi;barcha g`oyalar
yoki ularning asosiy mag`zi (farazlari) qayd etish yo`li bilan yozib olinadi; "xujum"ni o`tkazish vaqti aniqlanadi
va unga rioya qilinishi shart; beriladigan savollarga qisqacha ( asoslanmagan) javoblar berish ko`zda tutilishi
kerak.
Vazifasi: "Aqliy hujum" qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko`rish
chegarasiii kengaytirishga, fikrlash bir xilliligini yo`qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng
asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muxitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o`tiladi va gurux
(sinf) yanada jipslashadi.
Ob'ekti : qo`llanish maqsadiga ko`ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi
muammoni yechishga imkon yaratadi), o`qitish jarayonida ('o`quv materillarini tezkor o`zlashtirishga haratiladi),
rivojlantirishda o`z-o`zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.