Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,78 Mb.
bet87/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Eksteroretseptorlar - bu gruppaga ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza va teri sezgi organlari kiradi. Organizmdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari shu organlar orqali aks etadi.

  • Proprioretseptorlar - bu gruppaga muskul-harakat, pay va boylamlarda bo‘ladigan sezgilar hamda statik sezgilar kiradi. Bu gruppaga kiruvchi sezgilarni harakat yoki kinestetik sezgilar deb ham yuritiladi.

  • Interoretseptorlar - bu gruppaga gavda ichidagi organlar - me’da, ichak, jigar, o‘pka, qon aylanish organlari, umuman organik sezgilar kiradi. Bu sezgilar ichki organlarning holatini aks ettiradi.

    Sezgi turlarining hammasida adaptatsiya hodisasi mavjuddir. Odam organizmi har qanday sharoitda ham tashqi muhit o‘zgarishlari va ta’sirotlariga moslashish, ko‘nikish imkoniyatiga ega.Sezgi organlarining tashqi muhit ta’sirotlariga moslashuvi adaptatsiya deb aytiladi.Sezgilarning qonuniyatlari haqida shuni aytish kerakki, odamda sezgi hosil bo‘lishi tashqi ta’sirga bog‘liqdir. Ikkinchidan, sezgi organizmga biror narsaning ta’sir etishi bilanoq hosil bo‘lmaydi, ta’sir va sezish o‘rtasida qisqa muddatli vaqt o‘tadi. Uchinchidan, sezgirlikning davomiyligi tashqi ta’sirotning davom etib turishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tashqi ta’sir tugasa, qisqa muddatdan keyin sezgirlik ham tamom bo‘ladi. Sezgilarning kuchi avvalo qo‘zg‘alishning kuchiga bog‘liq. Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo‘ladi.Shuni ham aytish kerakki, odam har qanday tashqi ta’sirotni ham sezavermaydi. Odam sezgi hosil qilish uchun tashqi ta’sir ma’lum kuchga ega bo‘lishi shart. Sezgi vujudga kelishi ta’sirning kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Bu jihatdan odam sezgirligining absolyut va farq qilish kabi ikki xil chegarasi bor.Tashqi ta’sirotning bilinar-bilinmas (salgina) darajadagi kuchi absolyut chegara hisoblanadi. Bu chegara har bir odam organizmining titrash sur’atiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bir odam sezgan ta’sirotni (eshitgan tovushni) ikkinchi odam sezmasligi mumkin. Narsalarning ta’siri o‘rtasidagi salgina farqni ajrata olish farq qilish sezgirligi deb yuritiladi.

    Psixologik qonuniyatga ko‘ra, narsalar ta’siri o‘rtasidagi farq qanchalik kuchsiz bo‘lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchli bo‘ladi va aksincha, ta’sirotlar o‘rtasidagi farq qanchalik kuchli bo‘lsa, farq ajratish sezgirligi shunchalik kuchsiz bo‘ladi. Farq ajratish sezgirligi organizmning ta’sirotga moslashuviga yordam beradi, sezgi a’zolari sezgirlik darajasining o‘zgarib turishini ta’minlaydi.

    Hamma psixologik sifatlar singari sezgi a’zolarining sezgirlik darajasi ham odamning turmush tajribasi, bilimi va mashq qilishi orqali o‘sib boradi. Yana shunisi xarakterliki, sezgi a’zolari o‘zaro munosabatda va bir-biriga ta’sir o‘tkazadi. Agar odam ko‘rish sezgisidan mahrum bo‘lsa, unda boshqa sezgi turlari ( masalan, eshitish, teri va h.k.)ning faoliyati kuchayadi. Bu hol psixologiya fanida sezgi a’zolarining kompensatorlik xususiyati deb yuritiladi.Sezgi a’zolarining o‘zaro munosabatlarida sensibilizatsiya (ta’sirot tufayli sezgi a’zosi sezgirligining ortishi) va sinesteziya (bir sezgi a’zosiga ta’sir tufayli boshqa sezgi a’zosi faoliyatining ham kuchayishi ) , hodisalari ham bor. Sinesteziya ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza kabi sezgi turlarida ayniqsa, ko‘proq uchraydi.

    Sezgilarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati juda kattadir. Sezgilar tashqi dunyoni bilishning dastlabki formasi bo‘lib, ular yordamida odam tashqi dunyoning barcha predmetlarini va voqea-hodisalarini bilib oladi.Odamning bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida boshqa psixik jarayonlar bilan birga sezgi turlarining hammasi to‘la ishtirok etadi. Butun sezgi organlarining yagona faoliyatisiz bilim egallash, o‘quv materialini to‘g‘ri idrok qilish mumkin emas.Buyuk chex pedagogi Yan Amos Kamenskiy iborasi bilan aytganda, sezgi turlari organizmning tashqi muhit bilan aloqa bog‘lashiga xizmat qiluvchi darchalaridirki, bular orqali odam tashqi olamdagi hamma predmet va hodisalarni anglab, bilib oladi va ularga ta’sir o‘tkazadi, o‘zgartiradi. Agar yetti sezgi turidan birortasining faoliyati buzilsa, organizmning tashqi muhit bilan munosabatlarida ma’lum kamchiliklar vujudga keladi. Shuning uchun yoshlikdan boshlab bolalarda sezgi organlarining va sezgirlik faoliyatining normal rivojlanishini ta’minlash ota-onalarning, tarbiyachilar va pedagoglarning eng muhim vazifalaridan biridir.Shunday qilib, sezgilarning odamning tashqi muhit bilan aloqasini o‘rnatish, tashqi dunyoni bilishdagi ahamiyati beqiyosdir. Qomusiy olim, pedagogik g‘oyalarning buyuk bilimdoni Abu Rayhon Beruniy ta’kidlaganidek, sezgilar ko‘z bilan ko‘rish, quloq bilan eshitish, burun bilan hidlash, til bilan tatish va teri bilan tegib bilishdan iborat bo‘lib, ilm va ma’rifat (odamda) faqatgina o‘shalar orqali hosil bo‘ladi. Mashhur olimning “Minerologiya” asarida odam sezgilarining manbalari haqida aytgan fikrlari ham milliy psixologik bilim tarixida muhim o‘rin tutadi. Darhaqiqat, sezgilar o‘z qo‘zg‘atuvchilari orqali qo‘zg‘aladi. Agar ular me’yorida bo‘lsa, yoqimli va zararsiz, ortiq bo‘lsa, zararli va halokatli bo‘ladi.

    Idrokning nerv-fiziologik asoslari.

    Idrok turlari.

    Idrokning asosiy sifatlari..

    Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’ektiv reallikdagi voqea-hodisalarni va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgilardan farq qiluvchi ruhiy protsessdir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo‘ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok veqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.

    Idrok jarayonida narsalar obrazini to‘la aks ettirishning sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo‘zg‘ovchilar ta’siri tufayli juda ko‘p muvaqqat bog‘lanishlar vujudga kelgan bo‘ladi. Shuning natijasida turmush tajribasiga ega bo‘lgan odam o‘zi idrok qilayotgan narsasini darhol tushunib yetadi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo‘lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsasining tub mohiyatiga tushunib yetmaydi.

    Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqea va hodisa moddiy borliq formasi bo‘lgan makon va zamon bilan bog‘liq holda qabul qilinadi. Chunki moddiy borliqda mavjud bo‘lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisalar xamma vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda) munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, har bir predmet idrok qilinganda uning paydo bo‘lish va o‘zgarib borish jarayonlariga e’tibor beriladi.

    Idrok protsessida sezgi turlarining barchasidan tashqari boshqa ruhiy holatlar ham ishtirok etadi. Masalan, odam atirgulni idrok qilganda uning chiroyli shaklini, ajoyib rangini, xushbo‘y hidini, mayin barglarini yaxlit tarzda qabul qiladi. Demak, atirgulni idrok qilishda ko‘rish, hid bilish va teri sezgilari ishtirok etadi. Atirgulni idrok qilishning boshlanishi xotira mahsuli (uning atirgul ekanligini tanib ajratib olish) bo‘lib, uning turli tomonlari to‘g‘risida mulohaza yuritish tafakkuridir. Shunday qilib, istagan predmetni yoki voqea-hodisani idrok qilishda o‘sha narsaning mohiyatiga qarab ruhiy holatlarning ma’lum qismidan foydalaniladi. Diqqat, xotira, xayol va tafakkursiz to‘g‘ri, to‘liq idrok qilish mumkin emas.

    Idrokning nerv mexanizmi ham sezgilarnikidan farq qiladi. Bu fikr idrokka xos nerv-fiziologik asosning murakkabligidadir. Idrokning fiziologik asosi bosh miyaning katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog‘lanishlaridir.

    Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po‘stlog‘ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo‘zg‘ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog‘lanadi.Har bir predmetdagi xossalarning yig‘indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari idrokning fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Odam predmetlarni, voqealarni faqat ko‘rish, eshitish, hid bilish orqaligina emas, balki nutq orqali ham idrok qiladi.


    Download 1,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish