Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha



Download 1,78 Mb.
bet70/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha

Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in’ikos ettiriladigan bo‘ladi. Tilning paydo bo‘lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti jarayonida to‘plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o‘zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisdan til odamga ko‘pchilik hissiy va intellektual ta’sirlar hamda taassurotlar to‘g‘risida o‘ziga o‘zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko‘nikma hamda malakalarni o‘tkazishi, uzatishi mumkin.

Ma’lumki, hayvonlar, jonivorlar o‘zlarining individual tajribalarini o‘z turkumidagi boshqa namoyandalarga o‘tkazishga yoki berishga mutlaqo qobil emaslar. Ular ayniqsa o‘z turkumlaridagi avlodning ilgarigi tajribalarini o‘zlashtirish qobiliyatiga ega emaslar, chunki mavjudodlar tug‘ma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.

Biosfera va neosfera to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oralig‘ida g‘oyat ulkan yutuqlarga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odamning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyg‘unlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada saqlanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to‘rtinchidan, ularning mohiyati, tuzilishi qo‘lyozmalarda o‘z aksini topadi.

Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so‘z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko‘cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon. “belgi”) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.

Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo‘lishidan qat’i nazar ularning eng muhimi – bu so‘zdir. Har bir so‘z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o‘zida aks ettiradi (masalan: mashg‘ulot, daftar, yomg‘ir va boshqalar).




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish