Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Download 1,78 Mb.
bet37/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Tashqi quvvatni;

1. Teri sezgisi.

2. Ta’m bilish sezgisi.

3. Hid bilish sezgisi.

4. Eshitish sezgisi.

5. Ko‘rish sezgisi kabi besh turga bo‘lib, ularning bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga kelishini ta’kidlaydi



Bularning insonga ham, yuqori tashkil topgan hayvonlarga ham xos ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Ichki quvvatlar quyidagilardan iboratdir;

1. Xotira - tasavvur quvvati.

2. Xayol quvvati.

3. Tuyg‘u – emotsiyaquvvati.

4. Nutq quvvati.

5. Mantiqiy fikrlash quvvati.

Xayol qilish va so‘zlash, fikr yurtish, aql quvvatini Forobiy faqat insongagina xos deb to‘g‘ri tushunadi. Inson o‘zinang shu quvvatlara, qobiliyatlari bilan hayvonot olamidan tubdan farq qiladi.

Demak, olim hayvon psixikasi bilan inson psixikasining bir tomondan umumiyligini va ikkinchi tomondan ular o‘rtasadagi farqni to‘g‘ri tushuna oladi. Psixikaning vujudga kegishi tashqi dunyoga bog‘liqligini, inson organizmining dunyodagi barcha narsa va hodisalar ta’siriga javob qaytarishini tushunib yetdi va har bir psixik jarayonning moddiy asosi borligini ta’kidladi. Bu masalada u ilmiy pozitsiyada turadi. Xususan, insondagi boshqa sezgi organlari va ularning har qaysisi alohida vazifani bajarishi to‘g‘risida va tashqi muhitdan olingan taassurotlarini markazga eltib, markaz ularni umumlashtirish haqida mukammal fikr yuritadi. Lekin u sezgining anatomik-fiziologik mexanizmini tushunib yeta olmagan edi.

Forobiy fikricha, odam organizmining markazi yurakdir. Chunki yurak butun tana va uning a’zolarini qon bilan ta’minlaydi, qon yurak orqali butun organizmga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir. Miya ham qon bilan tirik bo‘lganligi sababli yurakka bo‘ysunadi, ya’ni yurakdan qon oladi, lekin shu bilan birga, u butun organizm va uning a’zolariga rahbarlik qiladi, o‘z buyrug‘iga bo‘ysundiradi, ularni ma’lum mo‘’tadillikda ushlab turadi.

Bu ta’limot Aristotelning inson organizmi a’zolarini boshqarib boruvchi yagona markaz yurakdir, degan fikrga qarshi, masalaga ilmiy nuqtai nazardan yondashishdir.

O‘z davrining zabardast olimi Ibn Sino (980-1057) ilmiy merosida psixologiya masalalariga ham katta e’tibor berganligini ko‘ramiz. U o‘zidan ilgari o‘tgan olimlar - Forobiy, al-Qonun, ar-Roziy va boshqalarning psixologiya sohasidagi ta’limotlarini mukammal o‘rgandi va hattoki, maxsus asarlar ham yozib qoldirdi. Jumladan, “Jon to‘g‘risida”, “Tushni yo‘yish kitobi”, bulardan tashqari, “Tib qonunlari”, “Shafo beruvchi kitob”, “Donishnoma” va boshqa asarlarida psixologiyaga doir ko‘pgina muammolarni hal qilishga harakat etgan.

Ibn Sinoning psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishiga birinchidan, o‘zidan ilgari o‘tgan Sharq mamlakatlari olimlari tomonidan yozib qoldirilgan asarlarni o‘rganib, fanning bu sohasi bo‘yicha ham o‘zining original fikrlarini bildirish; ikkinchidan antik dunyo olim, faylasuflarining ta’siri ham katta rol o‘ynadi. Xususan Aristotel Ibn Sinoning falsafada “birinchi o‘qituvchisi” edi. U Aristotelning “Jon haqida”gi asari bilan yaxshi tanish edi; uchinchidan, olimning meditsina sohasidagi olib borgan ishlarida odam anatomiyasi, fiziologiyasi va nerv sistemasini yaxshi o‘rganish va shu asosda har xil kasalliklarni davolash jarayonida kishilarning psixik xususiyatlarini bilish zarur edi; to‘rtinchidan, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash masalalarini to‘g‘ri hal qilishda psixologiyaga murojaat qilish va undan foydalanish zarurligini anglab yetgan edi.

Ibn Sinoning psixologiya sohasidagi ta’limoti asosan ilmiy xarakterga egadir, bu uning tirik organizmdagi hayotiy biologik protsesslarni tushuntirishida yaqqol ko‘rinadi.

Buyuk olim psixologiya sohasidagi risolalarida qanday masala yuzasidan ilmiy-tekshirish ishi olib bormasin, avvalo, tekshirilayotgan ob’ekt mavjudmi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlash kerakligini uqtiradi.

Agar har qanday narsa va hodisa ichki yoki tashqi sabablar bilan harakatga keladigan bo‘lsa, demak insonning yashashi va harakatida ham birorta sabab bo‘lishi kerak, bunday sabablardan biri “Ruhiy quvvatlar” deb ko‘rsatadi olim.

Aristotel va Forobiy kabi Ibn Sino ham odam tanasi va “Ruhiy quvvatlar” materiya bilan shakl tariqasida bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekanligini ta’kidlaydi.

Ibn Sino psixika hayvonlar bilan insonlarga xos narsa deb ta’kidlar ekan, hayvonlar psixikasining instinktiv xarakterga ega ekanligini, inson esa ongli fikrlovchi zot ekanligini uqtiradi. “Instinkt”, - deydi olim,- shunday quvvatdirki, bu hayvon ongida mantiqsiz vujudga keladi...”. Kishining ongli va mantiqiy fikrlashida asosiy markaz miya ekanligini tushunib yetdi va miya... seziluvchi suratlarni idrok qiladi yoki saqlaydi. Xayolda saqlangan suratlarni birlashtirib yoki bo‘lib ish yuritadi va shu bilan sezgi orqali kelgan suratlarga o‘xshagan turli suratlarni vujudga keltiradi, - deydi u. Bu jarayonlar Ibn Sino fikricha, nervlar vositasi bilan sodir bo‘ladi, kishidagi nerv sistemasining tuzilishini ko‘rsatishga harakat qiladi. Olimning fikricha, nervlarning boshlanish joyi bosh miya bo‘lib, organizmning barcha tomonlariga tarqaladi va shu tufayli odam tashqi olamdan bo‘ladigan ta’sirotga javob qaytarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ibn Sino Forobiyning sezgilar to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, insonda beshta sezgi (ko‘rish, eshitish, hid bilish, maza va teri-tuyg‘u) mavjud ekanligini, o‘sha sezgilar orqali, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning ta’siriga javob qaytarilishi, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to‘xtalib, har qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib boradigan markazi bor ekanligini ishonch bilan bayon etadi . Hislarning boshlanish o‘rni miya bo‘lib, har qaysi (bosh) his uchun ta’siri paydo bo‘ladigan ayrim organ bo‘ladi. Masalan, ko‘ruv markazi miyaning ensi qismida joylashgan bo‘lib, bosh miyaning o‘ng tomonidan keladigan nervlar ko‘z qorachig‘ining chap tomoniga, chap tomonidan keladigan nervlar o‘ng tomonga taralgandir. Bunday nervlarning ... bir-birini kesib o‘tishi har ikkala ko‘zning barobar teng ko‘ra olish uchun zarurdir, deb ta’kidlaydi.

Ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol xotirasi va iroda sifatlariga yuksak baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-birlari bilan mustahkam bog‘liq ekanligini anglaydi. Ayniqsa, Ibn Sinoning mijozlar (temperament) to‘g‘risidagi fikrlari tabiiy-ilmiy jihatdan diqqatga sazovordir. Bu sohadagi ta’limot qadimgi Gretsiya olimi Gippokratning (miloddan avvalgi U asr) gumaral nazariyasiga asoslanadi. Ibn Sino ham Gippokrat kabi odam tanasida to‘rt xil modda bor(safro, qon, qora o‘t, balg‘am), shu moddalardan birortasi organizmda ko‘proq bo‘lsa, bu odam mijozining (temperamenti) tipini belgilaydi. Olimning ta’rificha, elementlarning (moddalar) nihoyat darajada mayda bo‘laklardagi qarama-qarshi kayfiyatlarining bir-biriga ta’siridan paydo bo‘lgan kayfiyat mijoz deb ataladi. Ibn Sino kishi psixikasining individual xususiyatlari masalasi bilan ham qiziqadi. Uning fikricha, kishilarning individual farqi ular mijozining mo‘’tadil yoki nomo‘’tadil bo‘lishiga bog‘liqdir.Masalan, mo‘’tadil mijozli odamlarning barcha harakatlari bir-biriga monand, tugallangan va yetuk bo‘ladi. Bunday tipdagi odamlarning tafakkuri, xayoli va xotirasi kuchli taraqqiy etgan, axloqli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Umuman, Ibn Sino psixologiyaning ko‘pgina masalalari yuzasidan original, progressiv fikrlar qoldirdiki, bu bilan psixologiya fanining keyingi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.

Beruniy psixologiya sohasida o‘zidan ilgari o‘tgan olimlar - Forobiy, Xorazmiy zamondoshi bo‘lgan Ibn Sino asarlarini va Hindistondagi psixologik fikrlarni yaxshi o‘rganib, hayotiy tajribalar asosida psixologiya sohasida original fikrlar qoldirgan. Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligini uning tafakkurga ega ekanligi bilan izohlaydi. Insonda idrok, tasavvur, xayol, xotira kabi psixik protsesslarning mavjudligi va ularni ishga solishni isbotlab beradi. Olim o‘qigan, eshitgan, kuzatishdan olgan bilimlarning kishi xotirasida mustahkam saqlanib qolishi masalasiga alohida e’tibor beradi. Shuning uchun ham u kishi faoliyatida xotiraning roli katta ekanligini va uning ahamiyatini ko‘rsatishga harakat qiladi. Beruniyning asoslab beradigan barcha narsa xotirada yaxshi saqlanib qolinadi, uni tez va oson esga tushiriladi, degan fikri diqqatga sazovordir.

Olim kishi xotirasi to‘g‘risidagi fikrida ilmiy va diniy nuqtai nazarni bayon etadi. U bir joyda xotira kishiga “Olloh taoloning bergan in’omidir” va u hosil qilinmaydi, degan bo‘lsa, ikkinchi bir joyda bu fikrni rad etib, “Xotiraning yuksak darajaga ko‘tarilishi zo‘r berib va qunt bilan ishlash natijasidir”, deydi.



X1X asrning oxirlariga kelib psixologiyada tarixiy psixologiya, yosh psixologiyasi va zoopsixologiya kabi tarmoqlar paydo bo‘ldi. Tarixiy psixologiya odam psixikasi va ongining paydo bo‘lishi va taraqqiyot bosqichlari masalalarini o‘rganadi. XX asr boshlariga kelib barcha fanlar uchun bo‘lganidek, psixologiya fanining taraqqiyoti uchun ham keng yo‘l ochib berildi. Biz XX asr psixologiyasini taraqqiyot nuqtai nazaridan quyidagicha davrlashtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.

  1. 20-yillar psixologiyasi - bu davr psixologiyasining tarixida turli oqimlar o‘rtasidagi kurash, kuchli munozara yillari hisoblanadi.

  2. 20-yillar psixologlari oldida bixeviorizm va refleksologiyaga qarshi kurash vazifasi turar edi. Chunki bu davrda bu oqimlar keng tarqalgan bo‘lib, refleksologiya hatto oliy o‘quv yurtlariga fan sifatida kiritilgan edi.

  3. 20-yillar psixologiyasida har xil fikrlarga qarshi kurashda psixonevrologiya fanlari bo‘yicha birinchi (1923 yil) va ikkinchi (1924 yil) Butunrossiya s’ezdlarining ahamiyati katta bo‘ldi. Bu s’ezdlarda empirik psixologiya va refleksologiya vakillari qattiq tanqidga uchradilar va 1930 yilga kelib bu oqimlar tugatildi.

  4. 30-yillar psixologiyasi - bu yillar psixologiyasi mashhur rus psixologlari L.S.Vыgotskiy, P.P.Blonskiy va I.P.Pavlovlar nomi bilan bog‘liqdir. Bu davrda umumiy psixologiya, bolalar psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohasida bir qancha muhim tadqiqotlar vujudga keldi.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish