Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati



Download 1,78 Mb.
bet118/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarda (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

  • Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.

  • Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik) - shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga ( silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi-qotib qolganligi) nisbatan baho berishdan iboratdir.

  • Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga (ekstravertirovanlik) yoki, aksincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.


    Sangvinik - juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg‘on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko‘p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir(qo‘zg‘atuvchilar)ni seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, imtizomli, o‘zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayolati (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan: tashqi ta’sirlarga hozirjavob va hokazo.

    Xolerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko‘pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz.

    Sangvinlikka qaraganda silliqroq, lekin ko‘proq qotib qolgan(rigidroq).

    Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to‘plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo.

    Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg‘usi (emotsiyasi) kam o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa havf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta. Qotib qolgan (rigid). Diqqatni ko‘chirish qiyin. Introvertirovanlashgan, kam gap, ichimdagini top deydiganlirdan. Yangilikni qabul qilishi murakkab. Tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beradi (qaytaradi).

    Melanxolik - senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g‘ayratsiz. Arazchan, xafaxon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Introvertirovanlashgan.
    Psixologik ma’lumotlarda e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o‘rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, geterozigot egizaklardan farqli o‘laroq, gomozigot egizaklarning temperament xususiyatlari shunchalik o‘xshashki, hatto ular irsiyat yo‘li bilan berilgan omillar 85%ini tasdiqlash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo‘lishiga qaramay, o‘xshashlik saqlanib qolishi tajribalarda ko‘p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o‘tkazadi (masalan, tog‘ sharoiti, havf-xatar mavjudligi va hokazo).

    Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirda o‘zgarish jarayoni temperament tiplarining takomillashuvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo‘lgan narsa emas, chunki nerv tizimi takomillashuvining umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir o‘tkazib, o‘z izini qoldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament xususiyatlari nerv tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq tarzda ro‘yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.

    Shuni ta’kidlash o‘rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofiqlashtirish) imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo‘yadi. Chunonchi: 1)kasb-hunarlarning insonlar temperamentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi; 2) shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; 3) temperamentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo‘lishi muvaffaqiyatlar garovidir.

    Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamentini faoliyatning zarur talablariga moslashtirish orqali unda individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganida, shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.




    Download 1,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish