Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Hissiyotning o‘ziga xosligi



Download 1,78 Mb.
bet105/258
Sana12.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#337115
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258
Bog'liq
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

2. Hissiyotning o‘ziga xosligi


Hissiyotda shaxs psixikasining o‘ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim jihatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. Shuning uchun hissiyot borliqda sodir bo‘layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli alomatlari tuyg‘usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi. Yaqqol voqelikda sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi har xil qo‘zg‘ovchilaridan ba’zi birlari alohidalanadi, o‘zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda namoyon bo‘la boshlagan his-tuyg‘ular bilan ular aralashib ketadi. Buning natijasida muayyan qo‘zg‘ovchilar tirik mavjudodlar uchun xotirjamlik yoki bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv (lotincha impessio-so‘zidan olingan bo‘lib, taassurot degan ma’no anglatadi) jihati deb nomlanishda o‘ziga xosligi shundaki, hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg‘otadi, shaxsning faoliyati va xatti-harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu fiziologik jarayonning mohiyatini tushuntirilishda I. P. Pavlov mana bunday yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy muhitga moslashuvida qat’iylashadigan yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli hissiy va emotsional kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko‘rinishi vujudga keladi. I. P. Pavlovning talqinicha, dinamik stereotip-bu tashqi taassurotlarning ma’lum tarkibda takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta’siridagi nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudod hayoti va faoliyatida qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip «zaiflashuvi» yuzaga keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holatlar, kechinmalar hosil bo‘ladi.

His-tuyg‘ular va emotsional holatlar kechishining turli shakllari, ko‘rinishlari nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak hislar bu ma’noda ustuvor rol o‘ynaydi (vijdon hissi, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi, empatik, ya’ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Hatto emotsional holatlar, hodisalar, harakatlar shaxsning tana a’zolari o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi va ichki hissiy kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ovoz ohangi, sur’ati, tembri, chastotasi o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat’i nazar emotsiyaning ekspressiv (lotincha expressio-degan atamadan olingan bo‘lib, ifodalash degan ma’noni bildiradi) jabhasi deyiladi.

Shaxs hissiyotning sub’ekti hisoblanib, mazkur holatning namoyandasi, uni aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot sub’ekti bilan birga hukm suradi, binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida ta’bassum yoki qayg‘u, goho ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron bir voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik bermaganida yuzaga keladi.

Hissiyot sub’ektiv ichki kechinmalarda ifodalansa ham uni aniqlash mumkin, chunki dildagi qayg‘u alamlar, afsuslanish, achinish, quvonish, o‘zidan nolish, ko‘z va yuz harakatlaridagi bezovtalanish, hadiksirash, hayajonlanish tashqi tana a’zolarida, nutq faoliyatida, sustlik, loqaydlik hukmronlik qilganida bevosita ifodalanadi. His-tuyg‘ular ixtiyorsiz ravishda vujudga kelmaydi, shuning uchun ular qat’iy ravishda determinatsiyalashgan (sababiy bog‘langan) psixofiziologik xususiyatga egaligi tufayli u yoki bu tashqi ko‘zg‘atuvchi ta’siriga nisbatan munosabat bildirish (javob reaksiyasi) tarzida hosil bo‘ladi. Vaziyat, shart-sharoitlar hissiyotning mexanizmi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Shuni ham aniqlashtirish lozimki, vaziyat ham, sharoit ham tabiiy (biologik), sub’ektiv (shaxslararo munosabat) ko‘rinishlarda vujudga kelganligi sababli hissiyotning mohiyati, sifati va shakliga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qattiq sovuq, favquloddagi chang-to‘zon, xonada tok bo‘lmasligi, qo‘pol muomala, loqayd munosabat, avtoritar xulq-atvor va boshqalar vaziyatga, sharoitga yaqqol misol bo‘la oladi.

Hissiyotning determinizm (sababiy bog‘lanish) prinsipiga asoslanganligidan qat’i nazar shaxs o‘zining faoliyatida, xulqida, muomalasida hissiyotini, emotsional holatlarini idora qilishga, ba’zi hollarda o‘zini tutib turishga, voqelikka yoki hodisalarga nisbatan oldingi bahosini o‘zgartirishga, ichki murakkab kechinmalarini ongli ravishda boshqarishga intiladi. Shaxsda vujudga keluvchi sub’ektiv holatlar, his-tuyg‘ular o‘zining yuzaga kelishi, namoyon bo‘lishi, mohiyati jihatidan hamisha ob’ektiv voqelikning timsoli, inson miyasiga singdirilgan, qayta ishlangan ko‘rinishidir. Ob’ektiv borliq yuzaga keltiradigan sub’ektiv his-tuyg‘ular, kechinmalar moddiy tana a’zolaridagina aks etish bilan cheklanmasdan, balki muayyan o‘zgarishlar shaxsning faoliyatida, nutqida, mulohazasida, xulqida bevosita ifodalanadi.

Shaxs hissiyot ob’ektiga nisbatan qanday shaxsiy munosabatda bo‘lishi favquloddagi holatda «Men» lik ifodalanishi his-tuyg‘ularning sifati deyiladi. Masalan, shaxsning muhabbati, rahm-shafqati, hayajonlanishi, qahr-g‘azabi, bezovtalanishi, ruhan ezilish kabi sifatlarning muayyan tasnifi (klassifikatsiyasi) mavjuddir. Sifatlar ikki xil yo‘sinda vujudga kelishi mumkin, jumladan, shaxsning o‘z ehtiyojini qondirishga va unga qarshilik (to‘sqinlik) qilishga aloqador narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari son-sanoqsiz bo‘lishi mumkin. Hissiyotning sifatlari shaxsning narsa va hodisalarga nisbatan emotsional munosabatining o‘ziga xos va zaruriy alomatlari bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyada shaxsning hayotiy va tabiat omillariga nisbatan emotsional munosabatlari ijobiy va salbiy turkumlarga ajratiladi. Ijobiy sifatlar narsa va hodisalarga nisbatan ehtiyoj maqsadga muvofiq ravishda qondirilsa, u holda rohatlanish, quvonch hislari ifodasi yuzaga keladi. Ehtiyojlarni qondirishda to‘siqlar, xalaqit beruvchi omillar namoyon bo‘lsa, u taqdirda noxush kechinmalari, norozilik hislari tug‘iladi. Ijobiy va salbiy sifatlar bevosita yo‘sindagi emas, balki bilvosita yo‘l bilan ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, hayot quvonchlarini eslash dadillikni uyg‘otsa, muvaffaqiyatsizlikni xayolga keltirish hadiksirashni hosil qiladi.

Shaxs individual ehtiyojlaridan tashqari, ijtimoiy ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq motivlar ta’siri tufayli ham ijobiy yoki salbiy hissiyot sifatlarini aks ettirishi kuzatiladi. Masalan, talabaning tanlovda qatnashishi quvonch hislarini yuzaga keltirsa, ikkinchi turdagi muvaffaqiyatsizlik xafagarchilik tuyg‘usini namoyon etadi. Shaxsning maqolasi (gazeta, jurnalda) bosilib chiqsa faxrlanadi, kimningdir tomonidan u tanqid qilinsa ruhan eziladi. Ota-ona farzandini maqtasa quvonadi, koyisa esa xafa bo‘ladi va hokazo.

Hissiyotning ijobiy va salbiy sifatlaridan tashqari, uning ikkiyoqlamalik (yunoncha amphi ikkiyoqlama vazifa, lotincha valentia «kuch» degan ma’no anglatib keladi) va noaniqlikdan iborat asosiy xislatlari mavjuddir. Bu ruhiy holatlarda shaxsda ikkilanish hollari, noaniq tushunish munosabatlari aks etadi, lekin rohatlanish bilan qanoatlanmaslik hislarini bir-biriga qo‘shish mumkin emas.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish