Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 1,43 Mb.
bet16/48
Sana27.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#710402
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
Фармакология рецептура лотин 2012

Tindirma - Tinctura
(Tindirma - bosh kelishik birlikda Tinctura, qaratqich kelishik birlikda Tincturae, qisqartmasi Tinct., T-ra)

Tindirmalar ofitsinal suyuq dori shakli bo‘lib, tiniq o‘ziga xos rang va mazali suyuqlikdir. Tindirmalar o‘simlik xomashyosidan farmatsevtik sanoatda ko‘proq 70% li spirt yordamida qizdirmasdan tayyorlanadi. Tindirmalar damlama va qaynatmalarga nisbatan barqaror dori shaklidir. Oddiy temperaturada, yopiq idishlarda, yorug‘likdan saqlangan holda uzoq saqlanishi mumkin.


Tindirmalar tomchilarda (5-40 tomchidan) ichish uchun buyuriladi. Retsept dori shaklining nomidan boshlanib, o‘simlik nomi, umumiy hajmi millilitrlarda ko‘rsatiladi.
Misol: 25 ml shuvoq (Absinthium, Artemisia absinthium) tindirmasi kuniga 3 mahal ovqatlanishdan oldin ichish uchun buyurilsin. O‘DM 25 tomchi.

Rp.: Tinct. Absinthii 25 ml


(Artemisia absinthium)
D.S. 25 tomchidan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin ichish uchun.

Tindirmalarning bir nechasini birga yoki boshqa suyuq dorilar bilan mikstura holida ham buyurish mumkin.


Misol: Marvaridgul (Convallaria, Convallaria majalis) va valeriana (Valeriana, Valeriana officinalis) tindirmalaridan teng miqdorda olingan 20 ml murakkab tindirma kuniga 3 mahaldan ichish uchun buyurilsin. O‘DM 20 tomchi.

Rp.: Tinct. Convallariae


(Convallaria majalis)
Tinct. Valerianae aa 10 ml
(Valeriana officinalis)
M.D.S. 20 tomchidan kuniga 3 mahal ichish uchun.


Ekstraktlar - Extracta
(Ekstrakt - bosh kelishik birlikda Extractum, karatkich kelishik birlik Extracti, qisqartmasi Extr.)

Ekstraktlar:



        1. Suyuq - extractum fluidum tindirmaga o‘xshash suyuq, tomchilarda buyuriladi.

2. Quyuq - extractum spissum 25% namlik, kapsulalarda buyuriladi.
3. Quruq - extractum siccum 5% gacha namlik, kukun, tabletka, tolqon dori holida buyuriladi.

Suyuq ekstraktlar tindirmalarga o‘xshash tiniq, o‘ziga xos hid, mazaga ega bo‘lgan suyuq dori shaklidir. Konsentratsiyasi tindirmaga nisbatan quyuqroq, o‘simlik necha gramm bo‘lsa shuncha ekstragent, ya’ni 1:1 nisbatda qizdirmasdan farmatsevtik sanoatda ko‘proq etil spirti yordamida tayyorlanadi. Ichish uchun tomchilarda buyuriladi. Retsept faqat qisqartirilgan ko‘rinishda yozilib, dori shakli, o‘simlik nomi, ekstrakt turi va umumiy miqdori millilitrlarda ko‘rsatiladi.


Misol: 25 ml tog‘jumrut (Frangula, Frangula alnus)ning suyuq ekstrakti. Ertalab, kechqurun ichish uchun buyurilsin. O‘DM 25 tomchi.

Rp.: Extr. Frangulae fluidi 25 ml


(Frangula alnus)
D.S. 25 tomchidan ertalab, kechqurun ichish uchun.

Quyuq ekstraktlar kapsulalarda; quruq ekstraktlar esa kukun, tabletkalarda buyuriladi.



Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish