Fan bloklari bo‘yicha o‘quv materiallarining qisqacha mazmuni
Kardiologiya
Yurak funksional anatomiyasi – joylashishi, pardalari strukturasi, qisqaruvchanlik funksiyasi, o‘tkazuvchanlik, avtomatizm, qo‘zg‘aluvchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari simptomatologiyasi – shikoyatlari, kasallik anamnezi, bemorning xayot anamnezida o‘ziga xos belgilar. Kardiologik bemorlarni fizikal tekshirish usullari: ko‘ruv, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari laborator-instrumental diagnostika usullari. Klinik: qon, peshob, najas, perikard suyukligi umumiy analizlari. Bioximik: fermentlar, elektrolitlar, cho‘kma sinamalari, o‘tkir fazali sinamalar. Radioimmun, immunoferment, spektrometrik, immunologik, bakteriologik va boshqalar.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari funksional diagnostika usullari, jumladan ultratovush usullari: exokardigrafiya – bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli, doplerexokardigrafiya. Funksional sinamalar bilan EKG. Bemornining xar xil nuqtalari va holatlaridan FKG.
Kardiologik bemorlarni rentgen-radiologik tekshirish usullari: ko‘krak qafasi rentgenogrammasi – yurak-qon tomir soyasidagi yoylarining xolati, kontrast tekshirish usullari.
Gipertoniya kasalligi – etiologik tahdid omillari, zamonaviy patogenezi. Klinika – sindromal asosda, ularning paydo bo‘lish mexanizmi, asoratlari va ularni bartaraf qilish yo‘llari. Zamonaviy davosi. Profilaktikasi va uni amalga oshirish yo‘llari.
Simptomatik arterial gipertenziya: tasnifi. Zamonaviy tekshirish usullarini qo‘llashga asoslangan diagnostik mezonlari. Zamonaviy davolash prinsiplari. Ateroskleroz: ateroskleroz tarkalganligi. Taxdid omillari, patogenezining zamonaviy asoslari, klassifikatsiya, joylashishiga qarab klinikasi, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi.
YuIK, stenokardiya: taxdid omillari, patogenezi, klassifikatsiyasi, xar xil variantlari klinikasi, asoratlari, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi. YuIK: O‘tkir miokard infarkti, epidemiologiyasi, patogenezi, klinik variantlari, asoratlari, zamonaviy diagnostika usullari, davolash va profilaktikasi. O‘tkir koranar sindrom tushunchasi.
Miokarditlar, epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, zamonaviy diagnostika usullari va davolash.
Kardiomiopatiya, epidemiologiyasi, etiologiyasi, klassifikatsiyasi, patogenezi, shakliga qarab klinikasi zamonaviy diagnostika usullari va davolash.
Miokardiodistrofiya, etiologik omillar, patogenezi, kliniko-laborator va instrumental diagnostik mezonlari.
Aritmiyalar: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonlari, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari.
Blokadalar: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonalri, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari. Murakkab ritm buzilishi: sababi va paydo bo‘lish mexanizmi, klassifikatsiyasi, EKG mezonalri, funksional va dorilar yordamida diagnostika usullari, davolashning zamonaviy usullari.
Infeksion endokardit: epidemiologiyasi, zamonaviy kechishining o‘ziga xosligi, patogenezi, klinik sindromlari va ularning paydo bo‘lish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari.
Yurakning orttirilgan illatlari: mitral, aortal, trikuspidal, o‘pka arteriyasi klapanlari – ularning qo‘shilib va kombinatsiyada kelishi. Zamonaviy etapda epidemiologiyasi. Etiologiyasi, klassifikatsiyasi, gemodinamikasi, kliniko-instrumental simptomatika, asoratlari, zamonaviy davolash usullari. Yurak tug‘ma illatlari – yurak to‘siqlarining bitmaganligi, chiquvchi tomirlar stenozi, kattalarda Fallo tetradasi, epidemiologiyasi, klassifikatsiyasi, gemodinamikasi, klinik mezonlari, zamonaviy diagnostika usullari va davolash prinsiplari.
Perikarditlar: zamonaviy darajada etiologiyasi va patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik ko‘rinishlari mexanizmlari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari.
Qon aylanish yetishmovchiligi: o‘tkir va srunkali, patogenezi, zamonaviy tasnifi, klinik ko‘rinishi, diagnostika usullari, zamonaviy davolash usullari, jumladan shoshilinch yordam kursatish.
O‘pka yurak – o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali: etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va diagnostikasi, zamonaviy davolash. Neyrosirkulyator distoniya. Epidemiologiyasi, etiologik omillari, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik sindromlari, diagnostika usullari, zamonaviy davolash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |