Polimer dorivor pardalar texnologiyasi
Polimer dorivor pardalar texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
- parda hosil qiluvchi moddaning ( polimerni) eritmasini tayyorlash;
- dori moddaning eritmasini tayyorlash va polimer eritmasiga qo‘shish;
- aralashmani gomogenlashtirish;
- hosil bo‘lgan polimer massani tekis yuzaga quyish;
- mo‘tadil namlikgacha quritish;
- pardalarni shakllantirish;
- jihozlash;
- sterillash ( ko‘z pardalarini)
Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash:
Tayyorlangan polimer dorivor pardalar quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
baholanadi:
-tashqi ko‘rinishi;
- birxilligi;
- pH ko‘rsatkichi;
- erish vaqti;
- mexanik zarrachalarni yo‘kligi;
- o‘rtacha massasi,
- yuzasi,qalinligi;
- chinligi va ta‘sir etuvchi moddalarni miqdori
Immobillangan preparatlarni asosiy olish yo‘llari
Immobillangan fermentlarni yaratishda 2-ta asosiy yo‘nalish qo‘llaniladi:
1. Agar fermentlarning ta‘sirini uzaytirish maqsad deb qo‘yilsa, unda suvda eruvchan turg‘unlashtirilgan turlari olinadi. Bunday fermentlar har xil omillar ta‘siriga nisbatan turg‘un bo‘ladi va uzoq vaqt mobaynida ular qonda o‘z faoliyatini namoyon qiladilar;
2. Agar fermentlarning ta‘sirini yo‘naltirish kerak bo‘lsa, unda ta‘siri yo‘naltirilgan immobillangan fermentlar yaratiladi. Bunday immobillangan fermentlar kerakli a‘zo yoki to‘qimani yoniga o‘rnatiladi va ma‘lum vaqt davomida fermentlarni kerakli miqdorini ajratib turish xususiyatga ega.
Suvda eruvchan immobillangan fiziologik faol moddalarni preparatlari
Immobillash usullaridan eng keng qo‘llaniladigani-bu suvda eruvchanturg‘unlashtirilgan oqsil preparatlarni polimerlar yordamida modifikatsiya qilish usuli hisoblanadi. Polimerlar sifatida polisa-xaridlar /asosan dekstran/, polivinilpirrolidon (PVP), polietilenglikol (PEG), polivinil spirti (PVS) ishlatiladi. Ular bilan qatordda har-xil tabiiy polimerlarni ishlatish qulay deb topilgan: kollagen, fibrin, albumin, geparin /ayniqsa trombolitik immobillangan
preparatlarni yaratishda. Yuqori molekulali suvda eruvchan immobillangan ferment preparatlari (IFP) hozirgi paytda eng mo‘tadil turdagi ferment preparatlari hisoblanadi. Suvda eruvchan fermentlarning polimer hosilalari yuqori turg‘unlikga /proteazalar ta‘siriga/, uzoq vaqt davomida qonda saqlanadi, chunki polimer bilan bog‘langan fermentning molekulyar og‘irligi oshish oqibatida ularni buyrak orqali chiqib ketish /filtratsiya/ tezligi kamayadi.
Shu bilan bir qatorda IFPning tanaga allergik ta‘siri ancha past bo‘ladi, chunki immobillagan holatda fermentlarning antitelalarni hosil qiluvchi xususiyatlari ancha susaygan bo‘ladi.
Shu afzallik tomonlari suvda eruvchan immobillangan fermentlarni tibbiyot sohasida keng qo‘llashga sabab bo‘ladi. Bulardan bir misol sifatida Streptodekaza preparatini keltirish mumkin- "Streptodecasum pro injectionibus". Bu birinchi immobillash usulida yaratilgan trombolitik xususiyatiga ega bo‘lgan preparat.
Streptodekaza immobillangan fibrinolizin /streptokinaza/ asosida olingan. Polimer matritsa sifatida - dekstran /poliglyukin/ qo‘llanilgan.
Streptokinazani immobillash uchun uning eritmasiga poliglyukinning oksidlangan eritmasi qo‘shiladi /pH 8,7/ va 1 soat mobaynida aralashtiriladi. Streptokinazaning amino guruhi va poliglyukinning aldegid guruhlari bilan birikib azometil bog‘larni hosil qiladi (- SN- N-). So‘ng reaksion aralashma 40 S gacha sovutiladi va natriy borgidrid qo‘shilib, 1 soat davomida (40S)
massa aralashtiriladi. Fibrinolitik faolligi aniqlangandan so‘ng eritma filtrlanadi,
kuyuqlashtiriladi.
Hosil bo‘lgan preparat sterillanadi (membranali filtrlash usuli bilan) va sublimatsiya usulida quritiladi. Preparat poroshok holatida germetik flakonlarda (10ml-1500000 yoki 1000000FE) ishlab chiqariladi. Ishlatishdan oldin preparat 20-50ml natriy xlorid izotonik eritmasida eritiladi va 1- ta in‘eksiya preparatning qondagi konsentratsiyasini 48-72 soat davomida ta‘minlaydi.
Shunday prinsipga asoslanib, sun‘iy qon o‘rinbosari va kislorod tashuvchi vosita sifatida, gemoglobinning ham immobillangan preparati yaratilgan. Buning uchun gemoglobin kovalent bog‘lar orqali dekstranning hosilalariga bog‘langan (immobillangan). Natijada immobillangan gemoglobinning qonda aylanish vaqtin bir necha martda (3-4) oshganligi aniqlangan.
Shu yo‘nalishda turli fermentalarning(glyukozidaza, alfa- amilaza, lizo-sim) dekstran asosida immobillangan turlari yaratilgan va ular turg‘unligi va ta‘siri uzaytirilganligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |