Tinchlantiruvchi yig`ma (Species sedativae). Tarkibiga valeriana ildizpoyasi bilan ildizi, qalampiryalpiz bargi, uchbargli leniantes (2 qismdan), qulmoq g`uddasi (1 qism). 2 osh qoshiqdan olib qaynab turgan 1 stakan suvga solinadi, 30 daqiqadan keyin suziladi. Yarim stakandan 2 marta (ertalab va kechqurun) ichiladi.
Kamfora - valeriana tomchisi (Guttae Tinctura Valerianae cum Camphorae). Tarkibida kamfora (10g), valeriana nastoykasi (100 ml gacha) bor. Yurak-tomir nevrozlarida 25-20 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi. Flakonda 10ml dan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |