Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi (rezorbtsiya), tish kovagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik tadqiqotlar tish pulьpasida bunday paytda qo`shuvchi to`qima elementlarining ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lganligini va uning atrofini odontoblast hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi. So`rab - surishtirilganda ayrim hollarda xastalangan tish bir paytlar kuchli mexanik ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin. - Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi (rezorbtsiya), tish kovagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik tadqiqotlar tish pulьpasida bunday paytda qo`shuvchi to`qima elementlarining ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lganligini va uning atrofini odontoblast hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi. So`rab - surishtirilganda ayrim hollarda xastalangan tish bir paytlar kuchli mexanik ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin.
- Ma’lumki, periodont to`qimasi yallig`lanishining ayniqsa surunkali kechadigan turlarida uni o`rab turgan atrof to`qimalar (alveolyar suyak to`sig`i, suyak pardasi, tsement va dentin) ham jarohatlanadi. Bunday qattiq to`qimalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar panoram rentgen tasvirida yaqqol namoyon bo`ladi. O`tkir cho`qqi periodont yallig`lanishida klinik belgilarning kuchli namoyon bo`lishiga qaramasdan rentgen tasvirida periodont to`qimasida 199 deyarli o`zgarish kuzatilmaydi
Ayrim hollarda cho`qqi teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin, alьveola suyagi, g`ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o`zining silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil bo`ladi va jimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont to`qimasi (me’yordagi holati)ning buzilganligini, alьveola kompakt suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz cho`qqisini o`rab turuvchi suyak to`qimasining notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o`tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi. - Ayrim hollarda cho`qqi teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin, alьveola suyagi, g`ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o`zining silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil bo`ladi va jimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont to`qimasi (me’yordagi holati)ning buzilganligini, alьveola kompakt suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz cho`qqisini o`rab turuvchi suyak to`qimasining notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o`tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |