hayajonlanish va
bezovtalik
bor bo‘lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni kuchaytirish mumkin.
Har doim davo jarayonida psixik va somatik holatni bir-biriga uzviy bog‘liqligini
unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo‘lgan tibbiyot xodimlari har doim
bemorlarning
psixologik xususiyatlarini
, his qilishlarini, hissiyotlarini inobatga olishlari lozim.
Bolalarni holatini yaxshiroq tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini
bilishdan tashqari oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini
ham bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to‘g‘ri parvarishlash
va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, ya’ni
bemorning qayg‘usini tushunishga harakat qilish. SHoshmasdan bola bilan
suhbatlashish qayg‘udan ustun turuvchi shaxsiy xususiyatlarni aniqlashga olib keladi
va to‘g‘ri tashxis qo‘yishda yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini majburlikdan
eshitish kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi lozim.
Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko‘rib bemor tinchlanadi, vrach esa bola
to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘ladi. Agarda buni teskarisi bo‘lsa, ya’ni
yuqori va qattiq tonda muomala qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot
xodimi o‘rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi.
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo‘qligini bildirmay, ularni o‘rnini bosishi
lozim. Asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onasi yonida yo‘qligini qiyin qabul
qiladi. SHunga qaramay ular yangi sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi.
Bunday hollarda ota-onani tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez-
tez kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va bemor yaqinlari
bolani ko‘rishga biror bir ish sababli kela olishmasa hamshira ularga xat yozishlarini,
narsalar berib yuborishlarini maslahat berishi lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o‘hshash yaxshi psixologik sharoitni
16
(o‘yinlar o‘ynash, televizor ko‘rish va h.o) yaratishda tibbiyot xodimi katta rol
o‘ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi
muomalasi esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o‘rnatish, ahil bo‘lish, ishni
yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va davolashda yuqori natijalarga olib
keladi. Kollektivda har bir ishchi o‘z vazifasiga ega bo‘ladi. Post hamshirasi kun
tartibiga qat’iy rioya qilishi, vrach ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish, kichik tibbiyot
xodimi esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira bolalar
orasida bo‘lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy xususiyatlarini ko‘rish, o‘zaro
muloqotlari xarakterini kuzatishi lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi yordamchi
bo‘ladi, chunki u kasalxonada sog‘lom muhitni paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.
Psixologik muammolarga
operatsiyadan oldingi qo‘rquv
kiradi. Bemor
operatsiyani o‘zidan, u bilan bog‘liq siqilishlardan, og‘riq, operatsiya asoratlaridan
qo‘rqadi, operatsiyaning effektivligiga ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni
kuzatishlari natijasidan vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir qilish
taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo‘lgan bemorlar bilan gaplashib endi
operatsiya bo‘ladigan bemorlarga operatsiya to‘g‘risida qo‘rquvli gaplarni
gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga tayyorlash jarayonida bemor bilan
yaxshi psixologik munosabat o‘rnatish
, u bilan suhbatda qo‘rquv xarakterini va
operatsiyadan nimaga qo‘rqishini bilish lozim, bemorni tinchlantirish, keyingi davo
muolajalariga munosabatini o‘zgartirishga harakat qilish lozim. Ko‘pchilik bemorlar
narkozdan qo‘rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo‘qotaman, sirlarimni
gapiraman va h.o. deb o‘ylashadi.
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. Operatsiyadan
keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda har xil psixik buzilishlar kelib
chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv va majburiy yotoq holati turli nevrotik va
nevrozsimon buzilishlarni chaqirishi mumkin. Ba’zan operatsiyadan keyingi 2-3
kuni bemorlarda injiqlik, qo‘zg‘aluvchanlik paydo bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi
asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o‘tkir depressiv holatlar yuzaga kelishi
mumkin. Qari, katta yoshli kishilarda operatsiyadan keyingi davrda o‘tib ketuvchi
17
galyutsinator va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. YOmon sifatli o‘sma bilan
operatsiya bo‘lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo‘ladi. Ular keyingi hayoti
haqida qayg‘urishadi, ko‘p savollar berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda
ehtiyot bo‘lish lozim. Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga
hech narsa xavf solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar
nazoratida bo‘lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni qaytalanishini oldini
oladi. Bunaqa bemorlar bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og‘ir qabul qilishadi. Buni tushunsa
bo‘ladi, sababi: og‘ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir darajada psixik
shikastlangan bo‘ladi va uning reaksiyasi noadekvat bo‘lishi mumkin, chunki “onalik
instinkti” juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. SHu sababli ham tibbiyot xodimlari
tomonidan onalarga individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada og‘ir
bemorga qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat yaxshi
so‘z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va ovqatlanishiga sharoit qilib berish,
bolasi “yaxshi qo‘llarda” ekanligiga va to‘g‘ri davo olayotganiga ishontirish lozim.
Ona vrach va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va to‘g‘riligini
tushunishi lozim. Kerak bo‘lganda onani ba’zi bir muolajalarni qilishga o‘rgatish
mumkin, masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya qilish va h.o.
Ko‘pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi muomala bilan
yondashishadi, ularning og‘ir mehnatlariga rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan “og‘ir
f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, o‘zining qo‘polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot
xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar
bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim va bu holat
bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko‘rish va narsa (ovqat) olib kelish vaqtida ota-
ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga ega. Ish ko‘pligiga qaramay
vrach hamma savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona
bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to‘g‘riligini aniqlashtirayotganda
ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda hamshira bemor
yaqinlari bilan suhbatda o‘z kompetensiyasidan tashqariga chiqmasligi lozim. U
18
kasallik simptomlari va kasallikning kutilayotgan natijalari to‘g‘risida gapirishga
haqli emas. Hamshira kechirim so‘rab ma’lumotlardan to‘liq xabardor emasligi
aytishi va bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo‘lim mudiriga yuborishi
lozim.
Ota-onalar so‘ziga ko‘pam quloq solmaslik lozim, ularning noto‘g‘ri talablarini
bajarish kerak emas, masalan ineksiyani to‘xtatish, rejim va dietani o‘zgartirish va
h.o. talablarni vrach asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga
yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va professionallikka
to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bo‘limida tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan muloqoti har
doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez bo‘ladi. Tibbiyot xodimini
bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to‘g‘ri muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola –
ota-ona orasidagi psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi.
Bosh miya qon-tomirlarining qisqa vaqtga spazmi (bosh miyaning anoksik
ishemiyasi). Patogenezi asosida parasimpatik nerv sistemasining qo‘zg‘alishi yoki
simpatik innervatsiyaning susayishi natijasida bosh miyaning o‘tkir anoksik
ishemiyasi yotadi.
Funksional va patologik bo‘ladi. Funksional sabablarga (ekstratserebral) -
jismoniy va ruhiy zo‘riqish, stress holatlari, kuchli qo‘rquv yoki hayajon,
medikamentoz terapiya, ortostatik holat, dezadaptatsion holatlar kiradi. Organik
sabablarga esa serebral, somatogen (kardiogen, neyrogen, anemik, dissirkulyator,
intoksikatsion, gipovolemik, gipoksik, respirator va boshqa sabablar) kiradi.
Qisqa vaqt, bir necha soniyadan to 2-3 daqiqagacha davom etadi, bosh
aylanishi, o‘zini yomon his qilish, quloqlarida, shang‘illash, ko‘z oldi
qorong‘ilashuvi, kuchayib boruvchi holsizlik zaminida bemor hushidan ketadi. Nafasi
yuzaki, teri ranglari oqargan, ba’zi hollarda bradikardiya, gipotoniya, umumiy
mushak gipotoniyasi kuzatiladi. Ba’zan esa, ixtiyorsiz siyish va defekatsiya ham
kuzatilishi mumkin. Postsinkopal davrda bemor asta-sekin o‘ziga kela boshlaydi, bir
oz dezorientatsiya va amneziya kuzatilishi mumkin. Gorizontal holatda bemor
hushining tiklanishi hushdan ketish diagnozini qo‘yishda ahamiyatga ega.
19
Eng avvalo, ta’sirlovchi omil bartaraf qilinadi. So‘ngra hayotiy muhim
funksiyalar holati: nafas, qon aylanish tizimi kuzatilib, baho beriladi. Bemorga toza
havo kelishini ta’minlash (siqib turgan kiyim tugmalarini echish, derazani ochish).
Bemorni chalqancha yotqizish, bosh qismini pastga qilib, oyoq tarafini ko‘tarish.
6
Ta’sirlovchi usullar:
novshadil spirti hidlatish yoki chakkasiga surtish, sovuq
suv purkash yoki yuziga engil urish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik holatlarda bemor
o‘ziga keladi. Uzoq davom etgan hushdan ketish holatlarida m/o yoki t/o ga 1% li
mezaton, 10% li kofein, bradikardiya kuzatilganda 0,1% li atropin sulfat eritmasi
qo‘llaniladi. Qolgan holatlarda simptomatik terapiya o‘tkaziladi.
O‘tkir tomir etishmovchiligi bo‘lib, bunda tomirlar tonusining birdan pasayib
ketishi va aylanayotgan qon hajmining nisbiy kamayishi, ya’ni tomir hajmi bilan qon
hajmining nomutanosibligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan patologik holat
hisoblanadi. Bunda hushdan ketish kuzatilmaydi, lekin ba’zi hollarda bosh miyaning
qon bilan ta’minlanishi, kritik buzilganda hush yo‘qolishi mumkin.
Intoksikatsiyalar, infeksiya, gipo yoki giperglikemiya, pnevmoniya, buyrak
usti bezi etishmovchiligi, jismoniy va ruhiy zo‘riqish.
Bemorning ahvoli birdan yomonlashadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, boshi
aylanadi, teri ranglari oqarib, sovuq ter bilan qoplanadi, lekin oyoq-qo‘llar issiq
bo‘ladi. Sababi qon periferiyaga taqsimlanadi. Nafas bir oz tezlashadi, yuzaki bo‘ladi.
Taxikardiya va AQB ning keskin tushib ketishi kuzatiladi.
SHoshilinch yordam chora-tadbirlari.
Sababini bartaraf qilish va tomir tonusini
tiklashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
6
Золикина Л.С. Беморларни умумий парвариши, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |