Bemorning ruxiy xolati – tushkunlik, shok, kurkuv, gam-andux, xayajon,
xolatlarida shifokorning tutgan o‘rni.
Har bir kasallik inson psixologik holatini o‘zgartirishi mumkin. Bunda
kasallikka qarshi javob reaksiyasi kasallik xarakteriga va insonnning individual-
psixologik holatiga ham bog‘liq. Zamonaviy tibbiyotda psixosomatik holat shunday
belgilanganki, har bir somatik (tanaga etkazilgan) buzilishlar yoki surunkali
kasalliklar fenomen yoki organizmni reaksiyasi (himoya, kompensator, patologik)
hisoblanadi, ya’ni psixik va somatik holatni bir-biriga yaqin bog‘liqligi bo‘lgan bir
butun sistema osti holatidir. Ushbu sistema osti holatlar va atrof-muhitni bir-biriga
ta’siri natijasida ma’lum ko‘p faktorli mexanizm ishga tushadi va qandaydir
organizmda buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bunda kasallikni kelib chiqishida negativ
psixosotsial faktorlar ahamiyat kasb etib, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish tez
tuzalishga yordam beradi.
Kasallikni shaxsga patogen ta’siri shundaki, massiv va uzoq davom
etuvchi og‘riqli intoksikatsiya, modda almashinuvini buzilishi, holdan toyish va
umumiy
astenizatsiya
psixik jarayonlarni buzilishiga, bemorni aktivligi va
operatsion-texnik qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Klinikada ko‘proq somatogen
14
va psixogen buzilishlari, gipertonik kasalligi, yurak ishemik kasalligi, oshqozon va
12 b. i. yara kasalligi bor bemorlar bilan ish olib borishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘proq tarqalgan nevrozsimon sindromlar quyidagilardir:
Vegetativ buzilish sindromi
ko‘p hollarda o‘tib ketuvchi vegetativ krizlar
– puls tezlashishi, yurak sohasida og‘riq va nohush his, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi
arterial qon bosimi oshishi, qo‘l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash
holida namoyon bo‘ladi. SHuningdek bemorlar yurak “to‘xtab qolishi” va og‘riq
hissini, noto‘g‘ri urishini sezadilar, ko‘krak qafasini kimdir bosib turganga o‘xshaydi,
bosh aylanadi, qo‘rquv va bezovtalik bo‘ladi. Ba’zan ushbu krizlar “vahima xuruji”
deb baholanadi.
Astenik sindrom.
Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo‘ladi: ko‘p
charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni pasayishi, yuqori
qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal va kayfiyat o‘zgaruvchanligi. Bu
holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik va kutishni yoqtirmaslik, tashqi sensor ta’sirlarga
yuqori sezuvchanlik xos bo‘ladi. Astenik sindromga uyquni buzilishi, uxlay olmaslik,
tunda ko‘p uyg‘onib ketish xosdir.
Fobiya sindromi.
Nevrotik fobiyalar qo‘rquvni “shilqim” g‘oya shaklida
o‘rnashib olishidir.
Ipoxondriya – o‘z holatiga noadekvat yondoshuv bo‘lib, sog‘lig‘i
yomonlashishidan o‘ta darajada qo‘rqish, sog‘liq to‘g‘risida gap ochilsa diqqat bilan
tinglash, o‘zida yo‘q kasalliklarni ham bor deb gumon qilish holatidir. Asosan bu
patologik holat hisoblanib, psixologik korreksiya va psixologik suhbatlarni talab
etadi.
Har xil darajadagi
depressiv buzilishlar
ham katta ahamiyatga ega.
Bunday holatda o‘z joniga qasd qilish fikri paydo bo‘ladi, attoki amalda qo‘llashga
harakat bo‘ladi. YUrak dekompensatsiyalangan etishmovchiligida, jigar sirrozi va
uremiyada ham o‘tkir psixik holatni buzilishlari ro‘y berishi mumkin. Psixik holatni
buzilishi tana haroratini ko‘tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik kasalliklarda,
yuqumli kasalliklarda (ko‘proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar atrof-muhitga
15
orientatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik bilan yoki kuttirib javob berishadi,
ba’zan nutq va harakatni buzilishi (psixomotor qo‘zg‘alish yoki stupor) kuzatiladi.
Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo‘shimcha
Do'stlaringiz bilan baham: |