Sianid kislotasi
Suvsiz, sof HCN gaz yoki rangsiz suyuqlik, 25,6°S da qaynaydi. -13,3°S da
tolasimon kristallar hosil qiladi, yoqsa alangalanadi, o'tkir achchiq bodom hidli, suv
va spirt bilan hap qanday nisbatda aralashadi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Solishtirma og'irligi 15°S da 0,7 ga teng. Ochiq havoda juda tez uchadi.
HCN tarkibida, uning tautomer shakli - izotsian kislota ham bo'ladi. Bu kislota
sianid kislotaga qaraganda ancha zaharlidir.
HCN Izotsian kislota.
HCNjuda kuchsiz, uning dissotsiatsiya konstantasi 7,2.10-10 ga teng. Shuning
uchun bu kislota tuzlari nihoyatda tez gidrolizlanadi.
Tabiatda HCN si sof xolda uchramaydi. Suvli eritmalarda tuzlaridan tashqari sianid
kislotani o'zi ham parchalanadi.
HCN va tuzlarining xuddi ana shu xossalariga ko'ra ashyoviy dalilni darhol tahlil
qilish tavsiya etiladi, aks holda biologik ob'ekt tarkibida HCN o'rniga zaharsiz
modda hosil bo'lib qolishi mumkin.
H C
N
H
C
N
H
2
O
KCN
CO
2
KHCO
3
HCN
+
+
+
2H
2
O
KCN
NH
3
HCOOK
+
+
HCN +
H
2
O
HCOONH
4
Ishlatilishi. KCN va NaCN - fotografiyada Kalьtsiy sianamid bilan osh tuzi
qorishmasi - kimyo sanoatida qizil va sariq qon tuzlarini ishlab
chiqarishda, qishloq ho'jaligida esa urug'lik donlarni dorilashda ishlatiladi.
Sianplav deb ataluvchi modda tarkibi 45% NaCN va KCN aralashmasidan
iborat.
Uy xonalarini dezinsektsiya va dezinfektsiya qilishda (tsiklonlar)
ishlatiladi.
HCN va tuzlari halq ho'jaligida ayniqsa rangli metallarni rudalardan ajratib
olishda keng qo'llanadi. Chunki sianidlar Au va Ag bilan suvda yaxshi
eruvchan kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega.
2Au+4NaCN+2N2O+O2 2Na[Au(CN)2 + 2NaOH + N2O2
2Au + 4NaCN + N2O2 2Na[Au(CN)2] + 2NaOH
Zaharli sianid tabiiy gaz tarkibida ham bo'lishi mumkin. Sianid kislotaning
zaharli xosilalaridan ditsian N
S-S
N, xlortsian ClCN, bromtsian
BrCN va yodtsian JCN larni ko'rsatish mumkin.
Ko'pgina o'simliklarda uchraydigan glikozidlar ham o'z
tarkibida HCN saqlaydi, masalan shaftoli, o'rikning ba'zi
xillari, olcha, achchiq bodom kabi meva danaklarining
mag'zida amigdalin bor. Bu glikozid danak tarkibidagi
emulьsin deb atalgan enzim sianid kislota, glyukoza va
benzoy alьdegidiga tez parchalanadi.
HCN tibbiyotda sof holda ishlatilmasa ham, uning ba'zi bir
ko'p birikmalari qo'llaniladi. Masalan: 0,1 % sianid kislotani
saqlovchi
achchiq
bodom
suvi
Aqua
amygdalarum
amagurum, simob (I) –tsianid Hydrargyrum suanatum va
simob
(II)
–tsianid Hydrargyrum oxusuanatum DF
preparatlaridan hisoblanadi.
Toksikologik ahamiyati. Sianid kislotasi nafas yo'li bilan va
qisman teri orqali organizmga o'tishi mumkin. Sianidlar esa
og'iz orqali tushadi. Sianid kislotasi xujayralarda temir
moddasini
saqlovchi
nafas
olishda
qatnashuvchi
sitoxromoksidaza fermentini ishdan chiqaradi va natijada
kislorodni qondan to'qimalarga o'tish mexanizmi buziladi.
Qonda kislorod yetarli bo'lishiga qaramasdan xujayralarda u
yetishmaydi.
0,05-0,1 g dozadagi HCN odamni o'ldiradi, kaltsiy sianid uchun
bu
miqdor
0,15-0,25
g
atrofidadir.
Farmakopeya
preparatlaridan achchiq bodom suvi ham odamni o'ldirishi
mumkin. Buning uchun 60-100 ml kifoyadir. Achchiq bodom
mag'zining 40-60 donasi, bolalar uchun esa 10-12 donasi
xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi. HCN va uning hosilalari
odamlarga
juda
tez
ta'sir
etganligi
uchun
undan
zaharlanganlarning deyarli ko'pchiligi o'ladi.
Organizmning HCN hosilalari bilan zaharlanish asosan to'rt davrga
bo'lish mumkin: birinchi davrda qattiq bosh og'rig'i, bosh
aylanish, ko'ngil aynash, yurakning tez urishi, darmonsizlik,
ko'z xiralanishi kabi xolatlar yuz beradi; ikkinchi davrda nafas
olish qiyinlashadi, bemorda qo'rquv paydo bo'ladi, hush
yo'qolmaydi; uchinchi davrda hush yo'qoladi va zaharlangan
odam tirishadi, to'rtinchi davrda nafas olish jarayoni butunlay
to'xtaydi va bemor o'ladi.
Murdani sud tibbiyot laboratoriyasida yorilganda, unda ko'pincha
hech qanday xarakterli alomat topilmaydi, faqat ba'zan miya va
ichki organlardan achchiq bodom hidi kelishi mumkin. Shuning
uchun bunday xollarda ob'ektni HCN topish uchun tekshirish
masalani to'g'ri yechishning birdan-bir yo'lidir.
Metobolizmi.
HCN
biologik
ob'ekt
tarkibida
oltingugurt saqlovchi moddalar va qand birikmalari
bilan darhol reaktsiyaga kirishadi, Uning asosiy
metaboliti – rodanid.
Do'stlaringiz bilan baham: |