Andijon davlat tibbiet instituti farmatsevtika fanlari kafedrasi


Kimyo-toksikologik tahlil usullari ham



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.12.2022
Hajmi0,79 Mb.
#891985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 - Maruza taqdimoti 56626ab45b45337da76a731189085d00

Kimyo-toksikologik tahlil usullari ham 
ob'ekt turi va zaharli modda xarakteriga 
qarab turlicha bo'ladi. Masalan: alkaloidlarni 
murda a'zolaridan ajratib olish o'z uslublari 
jihatidan shu moddalarni peshob va qondan 
hamda o'simlik ob'ektlaridan ajratib olish 
mutlaqo bir-biridan farq qiladi. 
Ko'pincha zaharli moddalar biologik ob'ekt 
tarkibida juda kam miqdorda uchraydi. 
Shuning uchun zaharli moddani avval ob'ekt 
tarkibidan ajratib olinadi va so'ngra tegishli 
reaktsiyalar yordamida aniqlanadi. 
 
 


Ob'ektlardan zaharli moddalarni ajratib olish usullari 
1. Ekstraktsiya. Biologik suyuqliklardan (qon, peshob, 
chayindi suvlar) zaharli moddalarni ajratib olishning 
asosiy usuli ekstraktsiyalashdir. Bu usul asosan suvda 
erigan moddalarni suv bilan aralashmaydigan organik 
erituvchilar yordamida ajratib olishdan iborat. 
Ekstraktsiya – bir erituvchida erigan moddani, o'zaro 
aralashmaydigan ikki suyuqlikda qayta taqsimlanishidir. 
Bulardan biri suv va ikkinchisi suvda aralashmaydigan 
organik erituvchilardir. 
Ekstraktsiya – toksikologik ahamiyatli moddalarni 
ob'ektdan ajratib olish va tozalash uchun kimyo-
toksikologik tahlilda ishlatiladigan asosiy usullardan 
biridir. 


Moddalarning bir erituvchidan ikkinchisiga 
o'tishi, 
shu 
moddaning 
ayrim 
olingan 
erituvchilarda 
eruvchanligi 
bilan 
bog'liqdir. 
Moddalarni erituvchilarda taqsimlanishi modda 
kontsentratsiyasi 
har 
ikkala 
erituvchida 
tenglashguncha davom etadi. Moddani ajratib 
olinayotgan erituvchida yot moddalar, oqsil, yog', 
pigmentlarning erimasligi katta ahamiyatga ega. 
Moddaning eruvchanligiga erituvchining tabiati, 
pH muhit, elektrolitlar katta ta'sir ko'rsatadi. 


2. Suv bug'i yordamida moddalarni haydab ajratish. 
Ayrim zaharli moddalar (tsianid kislotasi, spirtlar, 
formaldegid, geksaxloran, nikotin) suv bug'i yordamida 
haydaladi. Moddalarning bu xususiyatidan ularni biologik 
ob'ektdan ajratib olishda foydalaniladi. 
3. Moddalarni vakuumda haydash. Past havo bosimida 
moddalar past haroratda ham haydaladi va ob'ektdan ajraladi. 
Bu usul yuqori issiqlik ta'siridan parchalanuvchi moddalarni 
ajratib olishda qo'llaniladi. Masalan, TEQ 
(tetraetilqo'rg'oshin). 
4. Metall zaharlarni ho'l yoki quruq mineralizatsiyalash 
(parchalash) yoki destruktsiya usullari bilan ajratib olinadi.


Ajratib olingan moddalarni tozalashda quyidagi 
usullardan foydalaniladi:
1. Gidrolizlash. Bu usul gidrolizga chidamli 
birikmalar uchun qo'llaniladi. Masalan: xlororganik 
birikmalarni yog'dan tozalashda, yog'ni gidrolizlash 
mumkin. Gidrolizdan so'ng asosiy modda 
ekstraktsiyalanadi, bunda organik erituvchida 
erigan moddani taqsimlanishi koeffitsiyenti birdan 
katta, suvda erigan moddaniki esa birdan kichik 
bo'lishi zarur. 
С
оrg eritma
К = ---------------- 
С
suv 


2.Qayta ekstraktsiyalash (reekstraktsiya).
Bu usul modda erigan suvli eritma rN - sharoitini 
o'zgartirilishi bilan moddaning eruvchanligi 
o'zgarishiga asoslangan. Masalan: kislota xossasiga 
ega bo'lgan moddalarni eruvchanligi ishqoriy 
sharoitda suvda yaxshi boradi, yoki alkaloidlarda 
aksincha. Ishqoriy sharoitda organik erituvchida, 
kislotali sharoitda suvda yaxshi eriydi. 



3.Sulfirlash, yog' va lipidlarga boy ekstraktlardagi 
kontsentrlangan sulfat kislotaga chidamli moddalarni 
(masalan: barbituratlar) ajratib olish. 

4.Xromatografik usullardan yupqa qavatli va gaz-
suyuqlik xromatografiyasi zaharli moddalarni tozalash 
va kimyoviy-toksikologik aniqlashda keng qo'llaniladi. 

5.Yog' va mumsimon moddalarni cho'ktirish. Bu usul 
yog' va mumsimon moddalarni sovuq sharoitda 
atsetonda, atsetonitril va shu kabi erituvchilarda 
eruvchanligini kamayishiga asoslangan. – 700C gacha 
sovitilganda atsetonli eritmada erigan yog' va 
mumsimon moddalar qalqib chiqadi va ajraladi. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish