Tarixi
2006-yilda - ZiyoNET tarmogʻi Resurs markazi portalining birinchi talqini ishlab chiqildi va www.ziyonet.uz manzili boʻyicha ishga tushirildi.
2007-yil avgustda - ZiyoNET portali tubdan oʻzgartirildi va uning 2-talqini yaratildi. Uning bosh sahifasida oxirgi maʼlumotlar va Kutubxonada joylashtirilgan materiallar hamda muhokama uchun mavzular koʻrsatila boshlandi.
2007-yil oktyabrda - ZiyoNET barcha foydalanuvchilar uchun bepul sayt-satelitlarni yaratish imkoniyatini yaratdi.
2008-yilda – saytning asosiy sahifasi takomillashtirildi va bosh sahifada sayt-satelitlarlarda nashr etilgan maʼlumotlar berila boshlandi.
2009-yil yanvarda - ZiyoNet Portalining oʻzbek tilidagi talqini ishga tushirildi.
2009-yilda – Uz milliy domeni Internet-festivalida “Fan va taʼlim sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi.
2009-yil oktyabrda sayt-satellitlar uchun bepul xostingni yaratish va qoʻllab-quvvatlash tizimi ishga tushirildi.
2010-yilda - Portalning 3-talqini ishga tushirildi. Tegishli boʻlimlar va loyihalarda resurslarning yangilanishini koʻrishda qulayliklar yaratish uchun barcha yangi materiallar bosh sahifaning bloklarida chiqarilishi boshlandi. Portalda quyidagi boʻlimlar mavjud edi: “Taʼlim”, “Abituriyent”, “Muassasalar”, “Saytlar”, “Imkoniyatlar”, “Aksiyalar”.
2011-yilda – Portalning asosiy sahifasida Fikr.uzdan eng yaxshi “Hafta yangiligi” va uTube.uzdan eng yaxshi “Hafta videosi” berila boshlandi.
2013-yil - “Xorijiy tillar” va “Rivojlantiruvchi oʻyinlar” boʻlimi yaratildi.
2014-yil 8-may ZiyoNET.uz portalining navbatdagi talqini yaratildi. Yangi logotip va yangi interfeys ishlab chiqildi:
- ijtimoiy tarmoq ishlashni boshladi, ijtimoiy mavzuli guruhlarni yaratish imkoniyati yaratildi. Guruhda mavzularni muhokama qilish, izohlash, medifayllarni joylashtirish, fotoalbomlarni yaratish mumkin. Sinflar va taʼlim muassasalari uchun guruhlar ham yaratish mumkin.
- “Savol-javoblar” servisi yaratilib (2014-yil 31-may), unda savollar berib, boshqa foydalanuvchilarning savollariga javob berish mumkin. Bir yildan kamroq vaqt oraligʻida, yaʼni 2015-yilda, “Savol-javoblar” boʻlimidagi savollar – 3 392 dan oshgan boʻlsa, 2016-yilda savollar 5 880 taga yetdi.
- “Kutubxona” boʻlimi interfeysi yangilandi, kutubxonadagi resurslar oʻqiladigan formatda matnli va grafik shaqlda taqdim etildi.
- Portalda roʻyxatdan oʻtish ID.UZ tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Tashrif buyuruvchilar uchun , foydali saytlar tavsiya etiladi.
- 2015-yil yanvar oyida asosiy sahifaning dizayni oʻzgartirildi va ZiyoNET portalining boʻlimlariga yoʻnaltirilgan vidjetlar namoyish etildi.
- 2015-yil iyunda ZiyoNET Portalining barcha sahifalarining chap tomonida “Translit” boʻlimi yaratildi.
- 2015-yil iyulda “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga 1069-sonli AOKAning litsenziyasi berildi.
- 2018-yilda asosiy sahifaning dizayni yangilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |