Andalibning doston va masnaviylari Nurmuhammad Andalib



Download 5,65 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi5,65 Kb.
#599160
Bog'liq
Andalibning doston va masnaviylari Nurmuhammad Andalib-hozir.org


Andalibning doston va masnaviylari Nurmuhammad Andalib

Andalibning doston va masnaviylari
Nurmuhammad Andalib (1711-1770) — isteʼdodli oʻzbek adibi, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega.
Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Xorazm shohiy“ asarlarida fikrlar bor.
Andalibning turkiy devoni va bir qancha dostonlari bizgacha yetib kelgan: „Zaynul-arab“, „Yusuf va Zulayho“, „Layli va Majnun“, „Oʻgʻuznoma“, „Sayyid Nasimiy“, „Saʼd Vaqqos“ va boshqalar.
Andalib ijodiga munosabatda uni turkman shoir degan qarash ham mavjud, uning asarlari Turkmanistonda ham mashhur. Uning ijodi X.Koʻr oʻgʻli, V.Abdullaev, B.Axundov, A.Ulugʻberdiev, G.Nazarov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Andalib mumtoz adabiyotning gʻazal, ruboiy, murabba, muhammas, musaddas, musabba, muvashshax va boshqa janrlarida ijod qilgan.
Alisher Navoiy, Fuzuliy, Jomiy gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. She’rlarida insonning zamon, hayot bilan munosabatlari aks etgan. Xalq ogʻzaki ijodidan foydalanib, his-tuygʻularni sodda va ravon ifodalashga erishgan. 1200 misraga yaqin she’r hamda bir necha dostonlari bizgacha yetib kelgan.
Mumtoz dostonchilikning eng yaxshi xususiyatlari mujassamlashgan dostonlari:

  • "Layli va Majnun",

  • "Tohir va Zuhra",

  • "Yusuf va Zulayho",

  • "Zayn ul-arab",

  • "Sa’d Voqqos“,

  • "Bobo Ravshan",

  • "Malikai Mehrinigor",

  • "Oʻgʻiznoma“.

Nurmuhammad Andalib ancha salmoqli adabiy meros qoldirgan. She’riyat bobida ayniqsa Alisher Navoiy, Muhammad Fuzuliy, Bobrrahim Mashrab va boshqalarning merosini qunt bilan o‘rganib, ulaming an’analarini davom etdirgan. Biroq, uning lirik she’rlari bizgacha to'liq yetib kelmagan. Hozir ma’lum bo‘lgan she’rlari atigi 35ta bo‘lib, ulaming 23tasi o'zi ko'proq e’tiqod qo'ygan va asarlarini sevib mutolaa qilgan Alisher Navoiy, Mashrab g'azallariga yozilgan nazira hamda tazmin muxammaslardir. Uning taxmislari orasida Jomiy, Vafoiy va Habib g'azallariga bog'langan tazmin muxammaslar ham bor. Andalib lirikasiga mansub she’rlaming bizgacha yetib kelgan namunalaridan anchasida xalq she’riyatining ta’siri kuchlidir


Ular mazmuni va badiiy shakliga ko'ra xalq qo'shiqlariga o'xshab ketadi. Ular shodlik, hayotsevarlik ruhi bilan sug'orilgan:
Jannat—sening visoling, hajring erur qiyomat,
Sadqa bo`lау ko‘zingdin kelgin quchog'a dilbar...

Keldi ul sarvi sahi noz ila xandon-xandon,
Oldi ko‘nglimni navozish bila chandon-chandon...

Qoldilar sayr qilurda yuzu la’li labini,
Gul boqib, g'uncha ochib og‘zini, hayron-hayron.
Andalib lirik she’rlari tarkibida shaxsning charxi bemuruvvatdan, taqdirdan nolish, og'ir hayot qiyinchiliklari tufayli ko'ngil hazin bo'lib, benavo-bechora ahvoliga tushib qolganligidan faryod chekish ohanglari uchrab qoladi. Bunday she’rlari xasbihollilik xususiyatiga ega. Ularni shoir qismatining badiiy ifodasi deyish mumkin. Andalib lirikasi xususida fikr yuritganda, uning tazmin muxammaslari o'zgacha go'zallikka ega ekanligini ta’kidlamoq lozim. Andalib muxammas bog`lagan g'azallarining deyarli hammasi negbinlik, hayotiylik pafosiga ega bo'lgan, o'quvchiga umid va shodlik baxsh etuvchi she’rlardir. She’rlarining barchasi xalq ardoqlab, sevib o'qib, kuylab kelgan g'azallardir.
Andalibning «Zaynularab», «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun» kabi dostonlari klassik dostonchilik hamda o'zbek va turkman xalqlari orasida ancha keng tarqalgan «Xalq kitoblari»ning eng yaxshi xususiyatlarini o'zida mujassamlantiradi. Bu dostonlar XVIII—XIX asrlar davomida qayta-qayta ko'chirilgan, chop etilgan. Birgina «Yusuf va Zulayxo» dostonining o'zi 1904-1912 yillari Kogon, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida olti marta nashr qilingan. Uning yuqorida zikr etilgan uch dostoni ham xalq qissalariga xos an’analarga ega, nasru nazm shaklida yozilgan.
Andalib «Zaynularab» dostonida Zaynularab bilan Muhammad Hanifa o'rtasidagi samimiy sevgini jozibali tasvirlaydi. Bu doston janri e’tiboriga ko'ra, ishqiyqahramonlik xarakteridagi sarguzasht dostondir. Dostonning asosiy qahramonlari Ali, uning o'g'illari Muhammad Hanifa, Imom Hasan va Imom Husayn kabi diniy-tarixiy shaxslar bo'lsa ham, ular xalq qissalari va dostonlaridagi qahramonlar sifatida harakat qiladilar, ezgulik uchun kurashadilar. Dostonda Muhammad Hanifa bilan Zaynularab orasidagi sadoqatli do'stlik, samimiy sevgi, bir-biriga vafodorlik tuyg'ulari mahorat bilan tasvirlanadi.
Andalibning «Yusuf va Zulayxo» dostoni shu turkumda yaratilgan an’anaviy dostonlarning yetuk namunalaridan biridir. Shoirning bu dostoniga Rabg'uziyning «Qissai Yusuf» asari asosiy manba bo'lgan. Buni shoirning o'zi doston muqaddimasida zikr qilib o'tgan. Andalib dostonida ezgu orzu-maqsadlar yo'lida har qanday qiyinchiliklarga, to'siqlarga qaramay kurashish kerak degan g'oyani ilgari suradi. Dostonnavis o'z qahramonlari taqdirida bunday g'oyaning to'g'riligiga ishonch uyg'otishga muvaffaq bo`ladi. Chunki uning qahramonlarida aql-idrok, muhabbatda sadoqat, vafodorlik, qiyinchiliklardan qo'rqmaslik, imon-diyonat kabi go'zal insonlik fazilatlari ustundir.
http://hozir.org
Download 5,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish