Anbar Otinning pedagogik fikrlari. Reja: Anbar Otin ijodining o`rganilishi. Shoiraning hayoti haqida


Har birini yer kengligida san yoz



Download 100,59 Kb.
bet5/5
Sana27.06.2022
Hajmi100,59 Kb.
#709777
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anbar Otinning pedagogik fikrlari.

Har birini yer kengligida san yoz.
Qanotingga yurak sirlarin bitay,
G`amgusorim tarafiga et parvoz. Anbar Otin she`rlarining asosiy qismi ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar, munozaralar, tanqidiy qarashlardan iborat bo`lgan asarlardir. Shoira hayotda ikki narsa bilan kelisha olmaydi: birinchisi, odamlar orasidagi tengsizlik, zo`ravonlik bo`lsa, ikkinchisi, birinchisi bilan bog`liq holda birovlarni mensimaslik, takabburlik, boylik tufayli ilmga qiziqmaslikdir.
Hayotda ulug` maqsadlar bilan yashagan shoira ijodda o`ziga ham, boshqa ijodkorlarga ham yuksak talablarni qo`yadi: Shoira ersang vaqti-vaqti birla mushoira qil,
Ul Haziniy to`dasi kiribon munozara qil…
Kimsakim xalq g`amidin g`ami bo`lursa, ango san,
Yondoshib har ishda ul ila mutoyiba qil. Shoiraning «Yakka bayt»lari asosan didaktik xarakterdadir. Ammo ularda ijtimoiy-siyosiy qarashlar ham mavjud. Shoiraning bu turkumdagi she`rlari bugungi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgan emas va kelajakda yo`qotmaydi ham. Har bir kitobxon quyidagi baytlarni o`qib, bu fikrning to`g`riligiga iqror bo`ladi:
So`zlamasdin oldin so`zingni sina.
Har bir so`zdur umring ichinda zina. Odami ersang, tashqi surat berma zeb,
Ona yurtingni hamisha ayla zeb. Mashaqqatsiz hunardan chiqmaydi dur,
Hayonsiz ilm durdin ko`b erur dur. Kimki ma`rifatni etsa e`zoz,
Ani irfon etar albatta mumtoz.
Anbar Otinning «Qarolar falsafasi» (“Falsafai siyohon”) asari alohida xususiyatga ega. Muallif uning kirish qismidan tashqari, to`rt faslga bo`lgan. Kirish qismida o`z rejalarini bayon etadi. Jumladan, shunday deydi: «…barcha baxti qaro, farqi qaro, garchi qarolar ul qazo zulmat ichra zulm qaydida madfundurlarki, alar holi ostidagi qaro mo`rchani ko`rguvchi mutafakkir donishmand adib ahli nafis choralar bilan ifoda eturlar, bayon etgum».
Birinchi faslda shoira qaro narsalar: qaro baxt, qaro niyat, qaro tusli xalqlarni ta`rif-tavsif etadi; ikkinchi faslda onalar hayoti va ularning o`z zamonasidagi taqdiri haqida fikr yuritadi; uchinchi faslda shoira baxti qarolikning asl falsafiy mohiyatini ko`rsatib beradi; to`rtinchi faslda qaro zulmat, ya`ni o`sha zamondagi ijtimoiy hayot kirdikorlari fosh etiladi.
Anbar Otin bu asari orqali o`zbek xalqining, o`zbek ayollarining isyonkor shoirasi sifatida namoyon bo`ldi. Shoiraning hayoti va ijodidan fanimiz XX asrning 60-yillarida xabar topdi. 1963 yili professor L.Qayumov va F.Husayinova shoira asarlarini topib, e`lon qildilar. 1964 yili ushbu tadqiqotchilarning «Demokrat shoira Anbar Otin» risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to`ldirilgan nashri amalga oshirildi.
Anbar Otin Qo`qonda kosib oilasida tug`ilgan. Otasi Farmonquli asli marg`ilonlik bo`lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Abdulg`ani qizi ham kosib oilasidan edi. Oila doimiy muhtojliklar ichida yashagan. Anbaroy yetti yoshga kirganida uni Dilshod Otin maktabiga beradilar. U o`z shogirdi haqida «Tarixi muhojiron» asarida shunday yozadi: «Anbaroy bug`doyrang, sunbul sochli, ohu ko`z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati Navoiy g`azallarini o`rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o`n to`rt yoshgacha odob ta`limiga mashg`ul bo`ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo`lg`usi». Bo`lajak shoirani o`n to`rt yoshlarida o`ratepalik novvoy Zohidxo`ja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxo`ja she`riyat muxlisi bo`lib, qo`qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona, lekin baxtli turmush kechiradilar. Mo`minxo`ja, Bibixon, Usmonxo`ja, Ominaxon degan farzandlar ko`radilar. Anbaroy hassos she`rlari bilan «Anbar Otin» bo`lib taniladi. Biroq baxtsizlik yuz beradi. Anbaroy o`ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyida bo`lgan bir ziyofatda baland zinadan yiqilib, oyog`i sinadi va bir umr to`shakka bog`lanib qoladi. Uning ustiga qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodidagi mahzunlikni ustuvor qilib qo`yadi. Shoira shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod etdi. Qo`lidan qalamini qo`ymadi. Aksincha, qalami unga kuch berdi. 1910 yili adabiyotimiz tarixining yorqin bir sahifasi bo`lib qolgan «Qarolar falsafasi» asarini yaratdi. Anbar Otinning qachon vafot etgani ma`lum emas. Ayrim she`rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog`liq voqealar tasviri ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar.
Anbar Otin ijodining asosini uning she`riyati hamda «Qarolar falsafasi» nomli nasriy asari tashkil qiladi. Uning e`lon qilingan she`rlari adadi 90 ga yaqin. 1966 yili arab alifbosi harflariga bag`ishlangan «Yakka baytlar»i topildi. Nihoyat, u o`zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos M. Qodirova uning 17 she`rini o`zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi. Shoira she`rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni, avvalo, jannatday yurtning o`z egalari xor bo`lib, kelgindilar tasarruf etayotganligida ko`radi. Shu sababli yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi. U yozadi: Ey go`zal Farg`ona, o`zingni kel emdi, shod qil, Har g`azalni boshida, sen, o`z otingni yod qil, Qaydi bandni pora aylab, o`zlugung ozod qil, Qayg`ulik qunlarni kuydur, barchasin barbod qil, Emdi Turkistonda haqgo`ylik ila faryod qil. Bog`laring pajmurda bo`ldi zog`larning poyidin, Ko`kraging sadpora bo`ldi daydilarning yoyidin, Katra-qatra qon tomodur o`q teshkon joyidin, Kip-qizil qonlar oqodur jabr ko`rgon soyidin, O`z qo`ling birla bu yurtingni o`zing obod qil. Adabiyotlar:
Download 100,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish