Anatomiyaning o`rganish usullari. Anatomik atamalar Darsning maqsadi



Download 52,5 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2022
Hajmi52,5 Kb.
#515109
  1   2   3

1-Mavzu: Anatomiyaning o`rganish usullari. Anatomik atamalar
Darsning maqsadi: Anatomiya fanining o’rganish usullari haqida to’liq ma’lumot berish va anatomik atamalarni tushintirib berish.
Kerakli asboblar: mulyaj, plakat, tablitsa, , maket, qog`oz, rasm daftar, qalam, o`chirg`ich, chizg`ich va kley.
Ishning borishi: Anatomiya inson tanasi tuzilishini o’rganadi. Anatomik terminologiya tibbiyot terminologiyasining fundamenti hisoblanadi. Anatomik terminlar lotin tilida(ba’zan lotin tiliga o’zlashgan yunon tilida) nomlanadi. Anatomik terminlarning bir tilda nomlanishi ularning son jihatdan oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir.

  1. Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yеlka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi.

  2. Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash

  3. Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi.

  4. In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi.

  5. Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi.

  6. Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi

  7. Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi.

  8. Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi

  9. Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi.

  10.  Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.

  11. Mikroskopda ko`rib urganish usuli- to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi.

Anatomiyada tana qismlarining fazodagi holatini o’rganishda o’zaro perpendikular sathlardan foydalanadilar. Bular sagittal, frontal va gorizontal sathlardir. Sagittal sath deb tananing oldingi va orqa tomonidan kesadigan yuzaga aytiladi. Sagittal sath odam tanasini chap va o’ng bo’laklarga bo’ladi. Frontal sath tananing ikki yon tomonidan kesib o’tadigan, peshonaga parallel bo’lgan (peshona suyagi lotincha “os frontale”) yuzaga aytiladi. U tanani oldingi va orqa qismlarga ajratadi. Gorizontal sath frontal va sagittal sathga nisbatan perpendikular, 90o burchakda joylashadi. U tanani yuqorigi va pastki qismlarga ajratadi. Sathlarni inson tanasining istalgan qismidan o’tkazish mumkin va ularning soni cheklanmagan.
Gorizontal sathda ajratilgan tana qismlarining inson boshiga yaqin tomonini superior(yuqori) deb, oyog’iga yaqin tomonini esa inferior(pastki) deb nomlanadi. Sagittal sathda ajralgan tana qismlari dexter(chap) va sinister(o’ng) deb, frontal sathda ajralgan tana qismlari anterior(oldingi) va posterior(orqa) deb yuritiladi.

Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish