Dumbaning o’rta muskuli
(m.gluteus medius)
dumbaning katta muskuli
tagida joylashgan bo’lib, yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanadi va
sonning katta do’ngchasiga birikadi.
Dumbaning kichik muskuli
(m.gluteus minimus)
yonbosh suyagidan
boshlanib, sonning katta do’ngchasiga birikadi. Boshlanish joyi keng, birikish joyi
tor bo’lgani uchun sonni uzoqlashtirishda, ichki va tashqi tomonga burishda
ishtirok etadi.
Keng fastsiyani taranglovchi
muskul
(m.tensor fascia latae)
oldingi
yuqorigi yonbosh o’simtasidan va yonbosh qirrasini unga yaqin qismidan
boshlanadi. Ikkinchi uchi bilan katta boldir suyagining tashqi do’ngsimon
o’imtasiga birikadi.
Sonning kvadrat muskuli
(m. quadratus femoris)
o’tirg’ich do’ngchasi bilan
sonning katta-kichik do’ngchasi orasidagi g’adir - budur sohada joylashgan. U
qisqarganda sonni tashqi tomonga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |