Eshitish organi gigienasi
. Nog’ora parda shikastlansa quloq og’irlashadi,
chunki tovush to’lqinlari eshitish retseptorlariga uncha o’tmay qoladi. Quloqni
qattiq har xil narsalar bilan kovlashning naqadar havfli ekanligini shundan bilsa
bo’ladi. Tovushning kuchli to’lqinlari nog’ora pardaga katta bosim ko’rsatadi.
Agar bunday bosim pardaga doimo ta`sir etib tursa, parda elastikligini yo’qotadi.
Bu esa quloqning og’irlashishiga sabab bo’ladi. O’quvchilar tanaffus vaqtlarida
baland ovoz bilan gaplashsa va bir-biridan qattiq qichqirsa, shovqin hosil bo’ladi.
Agar bunday shovqin har kuni takrorlanib tursa, bolalarning qo’log’i yaxshi
eshitmaydigan bo’lib qoladi. Shovqin eshitish organlarigagina yomon ta`sir etib,
nerv sistemasini ham charchatadi. Shovqinga qarshi kurash formalaridan biri atrof
muxitni ko’kalamzorlashtirishdir, ko’kalamzor tovushni yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |