muskuli (m. temporalis) elpig’ich shaklida bo’lib, boshning yon
tomonida joylashgan. U chakka chuqurligidan boshlanib, yonoq yoyi tagidan
o’tadi va pastki jag’ning o’tkir o’simtasiga birikadi.
Xususiy chaynov muskuli (m. masseter) to’rtburchak shaklda bo’lib,
yonoq yoyidan boshlanadi va pastki jag’ suyagining burchagiga tashqi tomondan
ulanadi.
Tashqi qanotsimon muskul (m. pterygoideus lateralis) asosiy suyakning
qanotsimon tanglay o’simtasidan boshlanib, pastki jag’ning bo’g’im o’simtasiga
birikadi. Bu muskullar qisqarganda, pastki jag’ni biroz oldinga chiqarib, yuqoriga
ko’taradi.
Ichki qanotsimon muskul (m. pterygoideus medialis) asosiy suyakning
qanotsimon o’simtasidan boshlanib, pastki jag’ suyagining burchagiga ichki
tomondan birikadi. U qisqarganda pastki jag’ni biroz orqaga tortib, yuqoriga
78
ko’taradi. Bu muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag’ni bir tomonga
qiyshaytiradi.