Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
Nazorat savollari 
1.
 
Suyaklarning qanday birikish xillari bor? 
2.
 
Bo’g’im yuzalarining xillari va bo’g’im turlarini tushuntiring. 
3.
 
Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi raqida nimalarni bilasiz? 
4.
 
Suyaklarning tarkibi va tasnifini ayting. 
5.
 
Tana suyaklari qanday tuzilgan? 
6.
 
Umurtqalarning tuzilishini tushuntirib bering. 
7.
 
Ko’krak qafasi qanday tuzilgan? 
8.
 
Yelka kamari suyaklari nimalardan iborat? 
9.
 
Qo’lning erkin suyaklarini sanab bering. 
10.
 
Oyoq skeleti nechta qismga bo’linadi? 
 
 
 
                      14-§ Muskullarning tuzilishi
  
Odam  organizmida  600  dan  ortiq  muskul  bo’lib,  ular  katta  odam  tanasi 
og’irligining  45-50%  ini  tashkil  qiladi.  Odamning  tashqi  muxitdagi  xarakatlari, 
mexnat  faoliyati,  nutq  funksiyasi,  nafas  xarakatlari  va  boshqa  fiziologik 
funksiyalari  muskullarning  reflektor  xarakati  natijasida  sodir  bo’ladi.  Muskullar 
tevarak-atrof muhitdagi turli ta`sirlarning sezgi organlariga ta`siri va bu ta`sirning 
markazga  intiluvchi  nervlar  orqali  bosh  miyaga  borib,  u  erdagi  analiz-sintez 


62 
 
 
jarayoni natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli 
xarakatlanadi.  Muskullar  harakatlanish  organi  bo’lib,  muskul,  nerv  tolalari  va 
biriktiruvchi  to’qimalardan  tuzilgan.  Muskul  to’qimasi  hujayralardan  iborat, 
xujayra  ichidagi  qisqaruvchi  tolalar
  miofibrillar
  deb  ataladi.  Muskul  to’qimasi 
tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra, ko’ndalang targ’il va silliq muskullarga bo’linadi. 
Ko’ndalang - targ’il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar 
esa  ichki  organlar,  qon  tomirlar  devorida  uchraydi.  Muskul  -  muskul  tolalarining 
yig’indisidan  tuzilgan  bo’lib,  bu  tolalar  biriktiruvchi  to’qima  yordamida  o’zaro 
birlashgan.  Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. 
Har  qanday  muskulning  boshlanish  qismi,    boshi  va  birikish  qismi  -  dumi 
bo’lib,  keng  tanasi,  ya`ni  qorni  muskul  tolalaridan  tuzilgan.  Muskul  boshi  bilan 
tanaga  yaqin  suyakka,  dumi  bilan  tanadan  uzoqroq  suyakka  birikib,  qisqarganda 
bo’g’imda  xarakat  bajariladi.  Muskul  tolalarining  yo’nalishiga  ko’ra  muskullar 
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali 
bo’lishi mumkin (20-rasm). 
 Har  qaysi  muskul  tashqi  tomondan  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan  yupqa 
parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda
 fassiya
 deb ataladi. Fassiya aloxida muskulni, 
bir qancha muskulni yoki muskullarning xammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya 
bilan paylar orasida xarakatni engillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. 
 Muskullar  uzun,  kalta,  keng  va  yumaloq  bo’lishi  mumkin.  Uzun  muskullar 
ko’proq  qo’l-oyoqlarda  uchrab,  keng  qulochli  xarakatlarda  qatnashadi.  Kalta 
muskullar  xarakat  qulochi  kam  bo’lgan  qismlarda  uchraydi.  Masalan,  ular 
qovurg’alar, umurtqalar orasida bo’ladi. 
  Keng  muskullar  gavda  atrofida  joylashgan,  masalan,  ko’krak,  qorin 
muskullari  va  boshqalar.  Ularning  muskul  tolalari  xar  tomonga  yo’nalgan  bo’lib, 
boshlanish, birikish joyida keng pay - aponevroz hosil qiladi. Yumaloq muskullar 
og’iz, ko’z atrofida uchraydi. Kalta yo’g’on muskullar baquvvat bo’lib, yuqorigi, 
pastki  kamarlarda  va  gavda  orasida  bo’ladi,  masalan,  deltasimon,  dumba 
muskullari.  Organizmdagi  muskullar  xar  -  xil  nomlanadi,  masalan,  boshlanish, 


63 
 
 
birikish  joyiga  ko’ra  еlka-bilak  muskuli;  funksiyasiga  ko’ra  chaynash  muskuli, 
bukuvchi  muskullar  va  boshqalar.  Birikish  boshiga  qarab  2  boshli,  3  boshli  va 
xokazo;  tuzilishiga  ko’ra  yarim  payli  muskul  va  boshqalar;  joylashishiga  ko’ra 
peshona,  еlka  muskullari  va  xokazo;  shakliga  qarab  kvadrat
  (m.quadratus),
  uch 
burchak 
(m.triangularis)
,
 yumaloq 
(m.teres),
 deltasimon 
(m.deltoideus),
 tishsimon 
(m.serratus),
  kambalasimon 
(m.soleus),
  aylanma 
(m.orbicularis)
,  trapetsiyasimon 
(m.trapezius),
 rombsimon 
(m.rhomboideus)
 ham deb ataladi. 
Tolalarning  yo’nalishi  bo’yicha  muskullar  to’g’ri  parallel  tolali 
(m.rectus),
 
ko’ndalang  tolali 
(m.transversus),
  aylanma  tolali   
(m.orbicularis)
 
muskullarga 
bo’linadi. Aylanma tolali muskullar teshiklarni o’rovchi sfinkterlarni hosil qiladi. 
Muskul  tolalari  pay  o’qiga  nisbatan  har  xil  yo’nalishda  ega  bo’ladi.  Agar 
qiyshiq  tolalar payni bir  tomonida  joylashsa  muskul  bir patli  agar  muskul  tolalari 
payni  ikki  tomonida  joylashsa  ikki  patli

har  tomonida  joylashsa  ko’p  patli 
deyiladi. 
Vazifasiga  qarab  muskullar  bukuvchi

yozuvchi
,
  yaqinlashtiruvchi
,
 
uzoqlashtiruvchi
,
  burovchi
,
  ichkariga  aylantiruvchi  va  tashqariga  aylantiruvchi   
deyiladi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish