Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Moyak ortig’i 
Moyak  ortig’i  moyakning  orqa  qirrasi  bo’ylab  joylashib,  unda  kengaygan 
yuqori  qismi-boshi

o’rta  qismi-tanasi  va  toraygan  pastki  qismi-dumi  tafovut 
qilinadi.  Moyakning  olib  ketuvchi  naychalari  buralib  moyak  ortig’i  boshchasida 
o’zaro  yupqa  to’siq    bilan  ajralgan  konus  shaklidagi  12-15  ta  moyak  ortig’i 
bo’laklarini 
 
hosil qiladi. Bu naychalarning qo’shilishidan moyak ortig’i nayi hosil 
bo’ladi.  Bu  nay    ko’p  sonli  bukilmalar    hosil  qilib  moyak  ortig’i  dumiga  qarab 
yo’naladi.  Agar bu nay to’g’rilansa, uning uzunligi 6-8 m ga etadi. Moyak ortig’i 
nayi  uning  dumidan  chiqqanidan  so’ng  urug’  olib  ketuvchi  nayga  aylanadi. 
Erkaklarning  jinsiy  hujayralari  (spermatozoidlar)  faqat  moyakning  buralma 
naychalarida  ishlab  chiqariladi.  Moyak  va  moyak  ortig’ining  boshqa  naychalari 
urug’  olib  ketuvchi  naychalar  hisoblanadi.  Spermatozoidlar  suyuq  qismini  urug’ 
pufakchalari va prostata bezi ishlab chiqargan sperma tarkibiga kiradi. 
Moyak  homilada  qorin  bo’shlig’ida  bo’ladi.  U  homilaning  to’rtinchi  bel 
umurtqasi  qarshisidan  sekin-asta  pastga  tomon  siljishi  bilan  bir  vaqtda 
takomillasha boradi. Moyak V bel umurtqasi qarshisiga kelganida, siydik tizimidan 
ajraladi va yorg’oq tomonga yo’naladi. Homila uch oylik bo’lganida moyak chov 
kanalining ichki teshigi oldiga kelib to’xtaydi va bu erda uzoq vaqt turadi. Moyak 


130 
 
 
ustini  qoplab  turgan  qorinparda  oldinga  tomon  qavarib  ko’tarilib  chuqurcha  hosil 
qiladi  va  moyak  shu  chuqurchaga  kiradi.  Homila  7  oylik  bo’lganida  moyak  chov 
kanalining ichiga kira boshlaydi. Shu bilan birga qorinparda hosil qilgan chuqurcha 
ham  uzayib  moyak  bilan  birga  yo’naladi.  Qorinpardadan  tashqari  moyak  bilan  
urug’ olib ketuvchi nay, qon tomirlar va 
nervlar ham chov kanali ichidan o’tishi natijasida urug’ tizimchasi hosil bo’ladi. 
Bola  tug’ilishidan  oldin  yoki  tug’ilish  davriga  kelib  moyak  yorg’oq  ichida 
bo’ladi.  Bu  davrda  moyakni  o’ragan    qorinparda    ajraladi  va  moyakning  qin 
pardasiga  aylanadi.  Agar  moyakning  tushish  jarayoni  buzilsa,  moyak  yorg’oqqa 
tushmay qorin bo’shlig’ida yoki chov kanalida ushlanib qolishi mumkin va tug’ma 
nuqson  paydo  bo’ladi.  Agar  moyak  bir  tomonda  tushmasa  monarxizm,  ikki 
tomonda tushmay qolsa kriptorxizm deyiladi. Agar qorinparda bo’shlig’i bekilmay 
qolsa bolalarda tug’ma churra paydo bo’ladi. 
 
Urug’  olib  ketuvchi  nay    juft  naysimon  a`zo.    U  moyak    ortig’i  nayining 
bevosita  davomidir.  Uning  uzunligi  40-45  sm,  kengligi  2,5-3  mm,  nay 
bo’shlig’ining  kengligi  0,5  mm.  Urug’  olib  ketuvchi  nayda  to’rt:  yorg’oq,  urug’ 
tizimchasi, chov kanali va  chanoq  qismlari  tafovut qilinadi. Uning yorg’oq qismi 
moyakni orqasida, urug’  tizimchasi qismi urug’ tizimchasi tarkibida  joylashgan. 
chov  kanali  qismi
)
  chov  kanalining  chuqur  teshigidan  chiqqandan  so’ng,  kichik 
chanoq  devori  bo’ylab  pastga  tushadi  va  chanoq  qismini    hosil  qiladi.  Chanoq 
qismi  kichik  chanoq    bo’shlig’ida    kengayib,    duksimon  urug’  olib  ketuvchi  nay 
kengaymasini  hosil  qilib  tugaydi.  Kengaymaning    uzunligi  3-4  sm,  kengligi  1sm. 
Uning  pastki  uchi  torayib  urug’  pufakchasining    chiqaruv  nayi  bilan  qo’shiladi. 
Urug’ olib ketuvchi nayning devori qalin bo’lib, uch qavatdan iborat. Ichki shilliq 
qavat 3-5 bo’ylama  burmalar hosil qiladi. O’rta  muskul qavat uch: ichki va tashqi  
bo’ylama,  o’rta  halqasimon  qavatdan  iborat.    Tashqi  adventitsial  parda  nayni 
o’ragan biriktiruvchi to’qimaga o’tib ketadi.   
 
Urug’  pufakchalari  juft,  suyuqlik    ishlab chiqaruvchi  a`zo.  U  kichik  chanoq  
bo’shlig’ida  urug’  olib  ketuvchi  nayni  kengaymasini  tashqi  tomonida,  prostata 


131 
 
 
bezining  usti  va  qovuqning  orqa  tomonida  joylashgan.  Unda  qovuqqa  qaragan 
oldingi  va  to’g’ri  ichakka  qaragan  orqa  yuzalari  bor.  Urug’  pufakchalarining  
uzunligi  5 sm, kengligi  2 sm va qalinligi  1 sm bo’lib, yuzasi g’adir-budir. Agar  
uning  ustini  qoplagan  pardani  olib  tashlab  to’g’rilansa,  u  uzunligi  10-12  sm, 
kengligi 0,6-0,7 sm nay shaklini oladi. Urug’ pufakchalarining yuqorigi kengaygan 
qismi  asosi,  o’rta  qismi  tanasi  va  pastki  toraygan  qismi  suyuqlik  chiqaruv  nayi 
tafovut  qilinadi.  Urug’  pufakchalarining  devori  uch:  tashqi  adventitsial,  o’rta 
muskul,  ichki shilliq  qavatdan iborat.  Shilliq  qavatda  bo’ylama  burmalari bor. 
Urug’  pufakchalarining  nayi  urug’  olib  ketuvchi  nayning    oxirgi  qismi  bilan 
qo’shilib, urug’ otuvchi nayni hosil  qiladi  va siydik  chiqarish kanalining  prostata   
qismiga  ochiladi.  Urug’  otuvchi  nayning    uzunligi  2  sm,  kengligi    boshlanish 
qismida 1 mm,  oxirida 0,3 mm tashkil etadi. 
 
Prostata bezi silliq muskul va bez qismlardan  iborat a`zo. U qovuqni ostida, 
siydik chiqaruv nayining boshlang’ich qismini o’z ichiga olib turadi.  Bez oldindan 
orqaga biroz yassilashgan  kashtan  yong’og’i  shakliga o’xshagan бўлади. Uning 
yuqoriga  qaragan  asosi, pastga  qaragan uchi tafovut qilinadi. Bezning uchi pastga 
qaragan  bo’lib,  siydik-tanosil  diafragmada  yotadi.  Bezning  oldingi  yuzasi  qov 
simfiziga  qaragan  bo’lib,  undan  bo’sh  kletchatka  va  uni  ichida  joylashgan  vena 
chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuzasi to’g’ri ichak ampulasiga  tegib turadi 
va  undan  biriktiruvchi  to’qimali  qatlam  bilan  ajralib  turadi.  Prostata  bezining 
kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og’irligi  20-25 g. Uning  ikki: o’ng va 
chap  bo’laklari  bo’lib,  ular  o’zaro  oldingi  yuzasidan  o’tgan  uncha  chuqur 
bo’lmagan  egat  vositasida  ajrab  turadi.  Bez  asosining  orqa  yuzasida  siydik  
chiqaruv  nayi    bilan  urug’  otuvchi  nay  o’rtasidagi  bo’rtib  chiqqan  qismi  prostata 
bezining  siqiq  bo’lagi  deyiladi.  Bezning  bu  qismi  keksa  odamlarda  kattalashib 
ketib, siydik chiqaruv nayini berkitib ko’yishi mumkin. 
 
Prostata  bezi    tashqi  tomondan    kapsula  bilan  o’ralgan.  Tuzilishi  jihatidan  u 
bez parenximasi va silliq muskul to’qimasidan iborat. Uning bez to’qimasi-prostata 
bezchalari  asosan  bezning  orqa  va  yon  qismlarida  joylashib,  30-40  ta  naysimon 


132 
 
 
alveolyar  bezlardan  iborat.  Ularning  naychalari  erkaklar  siydik  chiqaruv  kanaliga  
sohasiga  ochiladi.  Prostata  bezi  spermatozoidlarni  harakatini  jadallashtiruvchi 
suyuqlik  ishlab  chiqaradi.    Bezning  muskul  to’qimasi  ko’proq  uning  oldingi 
qismida  to’plangan  bo’lib,  siydik  chiqaruv  kanalining  ixtiyordan  tashqari 
qisqichini hosil  qilishda  qatnashadi.  
 
Yangi tug’ilgan va emizikli bolada prostata bezi aylana shaklida va nisbatan 
yuqori  joylashgan.  Uchi,  asosi  yon  bo’laklari  yaxshi  rivojlanmagan.  Bu  davrda 
bezning uzunligi 15-17 mm, kengligi  13-14 mm. Bola hayotining birinchi yillarida 
prostata bezi asosan muskul va biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, yumshoq  va bez 
to’qimasi  kam  rivojlangan  бўлади.  U  2  yoshgacha  sekin  o’ssa,  6  yoshdan  so’ng 
uning o’sishi tezlashadi.  Prostata bezining og’irligi  yangi  tug’ilgan bolada 0,82 g 
bo’lsa,  balog’at  davrida  8,8g.  Balog’at  davrida  uning  bo’laklari  paydo  bo’lib, 
kattalarnikiga  o’xshash  shaklni  oladi.  Bu  davrda    bez  qismi  rivojlanib  naychalari 
paydo bo’ladi va bez to’qimasi qattiqlashadi. 
 
  Kuper  bezlar  juft  a`zo  bo‘lib,    ular  siydik  chiqaruv  nayining  parda  qismi 
orqasida,  oraliqning  chuqur  ko’ndalang  muskuli  ichida  joylashgan.  Bu  bezlar 
yumaloq  shaklda,  qattiqroq,  diametri  0,3-0,8  sm.  Tuzilishi  jihatidan  alveolyar 
naysimon bezlar turkumiga kiradi. Bulbouretral bezning ingichka va uzun (3-4 sm) 
nayi  erlik  oloti  so’g’onini  teshib  o’tib,  siydik  chiqaruv  nayiga  ochiladi. 
Bulbouretral  bezlar  siydik  chiqaruv  nayi  shilliq  pardasini    siydik  ta`siridan 
saqlovchi  yopishqoq  suyuqlik  ishlab  chiqaradi.  Bolada  bulbouretral  bezlar  ham 
balog’at davrida tez o’sadi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish