Anatomiya fanining rivojlanish tarixi



Download 37,68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.07.2022
Hajmi37,68 Kb.
#832471
Bog'liq
Ruzimbayeva Nazokat



Mustaqil ish
1 Anatomiya fanining rivojlanish tarixi. Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi.
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi.
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi eramizdan oldingi uzoq o`tmishga borib ta‘qaladi.
Qadimda diniy aqidalarga ko`ra murdani кеsib o`rganish gunoh sanalib bu usul bilan
odam tuzilishini o`rganishga intilganlar o`lim jazosiga hukm etilgan.
Eramizdan oldingi XX asrda yashagan hind tabibi Bxaskara Bxatshe «Anatomiya
targ`iboti» asarida a‘zolar, 
muskullar
, qon tomirlar, nervlar to`g`risida yuzaki
ma‘lumotlarni to`plagan.
Anatomiyaning asosiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatida boshlanib
Gippokrat, Pifogor, Arastu, (Aristotel) kabi allomalar tarbiyalangan maktablar tashkil
etilgan.
Buqrot (Gippokrat) – eramizdan oldingi 460-377 
yillarda yashab
, tibbiyot sohasida
o`zigacha bo`lgan ma‘lumotlarni to`plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asr
yozgan yurak- qon tomirlar tuzulishi to`grisida ma‘lumot bergan.
Arastu (Aristotel)- eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi
borligini aorta qon tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom,
faylasufdir.
Gerofil – eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a`zolarni kesib
o`rgangan,harakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan.
Jolinus Hakim (Klavdiy Galen) (130-210)- 
anatomiya
, fiziologiya falsafa va biologiyani
mukammal bilgan. U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini o`rgangan.
Jolinus hxayvonlar yuragi va qon tomirlarini o`rganib arteriyalarda havo emas balki
qon oqishini birinchi bo`lib isbotlagan. U davrda murdani yorib odam anatomiyasini
o`rganish mumkin bo`lmaganligi uchun odam a‘zolarining tuzilishini hayvonlarda
o`rganishga majbur bo`lgan, shu tufayli uning anatomik ma‘lumotlarida ayrim
xatoliklar bo`lgan.
Abu Ali ibn Sino (930-1037) – Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan.
Dastlabki bilimni Buxoroda olib 17 yoshlik chog`idayoq fanlarni mukammal bilgan. U
Xorazm va Eronda saroy tabibi bo`lib xizmat qilgan. Ibn Sino yuzdan ortiq asar
yaratgan, bulardan eng yirigi – «Tib qonunlari» besh jildli bo'lib birinchi tomi
anatomiya va fiziologiyaga bag`ishlangan. Ushbu kitobga tibbiyot sohasidagi dunyoda
bo'lgan barcha ma‘lumotlarni to'plabgina qolmasdan o'z tekshirishlari va tushunchalari
bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan bo'lib
tibbiyotda asosiy qo`llanma sifatida hanuzgacha xizmat qilmoqda.
Ibn Sino organizmni o'rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi.
«Tib qonunlari» kitobida ichki kasalliklar, xirurgiya farmakologiya gigiyena va
tibbiyotning boshqa qismlari to`grisida batafsil ma‘lumotlar berilgan. «Tib qonunlari»
o`zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan.


Vilyam Garvey (1578-1657)- anatom va fiziolog bo`lib o`z kuzatish va tajribalari asosida
1626 yilda e‘lon qilingan «Hayvonlarda yurak va qon harakati to`grisida anatomik
tekshirishlar» degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doiralarini birinchi
marta ilmiy ravishda isbotlab bergan.Garviy qonni arteriyadan venaga ko`zga
ko`rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o`tadi deb taxmin qilgan.
M. Malpigi (1628-1694) arteriya bilan venani bir biriga qo`shib turadigan kapillyarlar
borligini mikroskop ostida ko`rib isbotladi.
Fredrik Ryuish (1638-1731)- qon tomirlariga rangli moddalar yuborib o`rgangan va
preparatlar tayyorlangan.
XII-XIII asrlarda ya‘ni uyg`onish davrida anatomiya 
faniga qiziqish Italiyada
, keyin
Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlandi. Olimlar talabi bilan har
besh yilda bir marta murdani ochib o`rganishga ruxsat berilgan.Natijada,dunyoda
birinchi bo`lib Mondino da Lyutsi 1326 yilda ikki murdani o`rganib, olingan
ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519)- Italiyalikrassom, matematik, injiner va faylasufdir, u 30
dan ortiq murdalarni kesib o`rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda
birinchi bulib muskillarning ishlash dinamikani o`rganib, shu bilan plastik
anatomiyaga asos solgan.
Andrey Vezaliy (1514-1564) – «Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining
tuzilishi to`grisidagi yetti kitob» ni yozdi.
Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib kalla suyaklarining tuzilishi va
taraqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi, eshitish va ko`rish a‘zolarini
o`rganib «Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan.
B. Evstaxiy (1510-1574) – Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini to`g`riladi. U
tishlar, buyraklar, eshitish a‘zolarini o`rganib birinchi marta halqum bilan o`rta quloq
bo`shlig`ini qo`shib turuvchi eshitish yo`lini aniqladi. Kuzatishlar asosida 1714 – yilda
«Anatomiya qo`llanmalari» asarini nashr ettirdi.
I. Purkin`e (1787-1869) suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida o`tkazish
tolalari, nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini o`rganadi.
Rossiyada XVII- asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator saroylaridagina
xizmat qilganlar. Ammo XVII asrning o`rtalarida toun epidimeyasi Moskvada birinchi
tibbiyot maktabining (1654 yil) ochilishiga sabab bo`lgan.


Pyotr 1 Peterburg va Kronshtadtda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy
gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan va brinchi navbatda odam
anatomiyasi fani bilan shug`ullanishni da`vat etgan.
Pyotr 1 ning tashabussi bilan Peterburgda tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan.
Akademiyaga ishlagan olimlardan biri M. V. Ломоnоsов (1711-1765) nervizm
g`oyalarini targ`ib etgan anatomiyani o`rganishga davat etgan vа tabiyatshunoslik
faniga asos solgan olim bo`lgan. Uning tashabbusi bilan ochilgan universitet qoshida
tibbiyot fakulteti bo`lgan.
N. I. Pirogov (1810-1881) – rus harbiy- dala jarrohligining asoschisi va topograf
anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, qotirib, qavatma- qavat qilib
kesib o`rgangan. Fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o`rgandi va “Muzlatilgan
murdalarni arralab o`rganilgan topografik anatomiya” atlasini (1859yil) yozdi.
V. I. Bets (1834-94) Kiyev unevirsiteti proffesori, anatom.U bosh miyaning po`stloq
qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini urgangan .
I.M.Sechenov (1829-1905) nervizm g`oyalarinig asoschisi bo`lib u organizmni bir butun
bo`lib tashqi muhit bilan bog`lanishini isbotladi.I.M. Sechenov 1863 yilda “Bosh miya
reflekslari” kitobini yozdi
I.P.Pavlov (1849-1936) odam markaziy nerv tizimi fiziologiyasini o`rganishga salmoqli
hissa qushgan. U brinchi bo`lib ikkita signal tizimi to`g`risida, shartli riflekslar va oliy
nerv tizimining faoliyati to`grisidagi nazariyani ilgari surib tugallangaFiziologiya
fanining rivojlanish tarixi . Reja . 1. Fiziologiya fani uning tibbiyotda tutgan o'rni . 2.
Organizmni a'zolar sistemasi va alohida a'zolar to'qimalar , hujayraning hayotiy
faoliyatini o'rganish . 3. Fanga hissa qo'shgan olimlar V.M Bexterov , P.A. Zagorskiy ,
Kladviy Galen , I.P.Pavlov , V.P. Varobyov . 1. Fiziologiya fani tirik organizm , undagi
a'zolar , to'qimalar , xujayralar va xujayra tarkibiy elementlarining xayot faoliyati (
funktsiyasi ) jarayonlarini , organizmning tashqi muxit bilan munosabatini o'rgatadi .
Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini , ularning doimo
o'zgaruvchan tashki sharoitiga moslanishini o'rganadi . Odam organizmi funktsiyalarini
chuqur o'rganish va shu tariqa faol ta'sir ko'rsatib , ularni zaruriy tomonga yonaltirish
fiziologiyaning asosiy maqsadidir . Fiziologiya bu stabil bo'lgan , bir - biri bilan
boglangan bir qancha fanlarga bo'linadi . Fiziologiyani avvalo umumiy va xususiy
solishtirma va evolyutsion , shuningdek , ixtisoslashgan ( yoki amaliy ) va odam
fiziologiyalariga bulish mumkin . Umumiy fiziologiya - muxit ta'siriga tirik organizm


javob berishining umumiy qonunlarini , har bir organizmga xos bo'lgan hayotiy
jarayonlarni urganadi . Xususiy fiziologiya - tukimalar ( muskul , nerv va b . ) , a'zolar (
miya , yurak , buyrak va b . ) , tizimlar ( xazm , qon aylanish , nafas va b . ) funksiyalarini
o'rganadi . Solishtirma fiziologiya - har xil turlarga mansub bo'lgan organizmlar va
individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar
funtsiyasining o'ziga xosligini o'rganadi . Evolyutsion fiziologiya - funktsiyalarni tur va
individda rivojlanishqonuniyatlarini o'rganadi . Ixtisoslashgan ( eki amaliy ) fiziologiya
ixtisosiga , bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm
funksiyalarining o'zgarish qonuniyatlarini o'rganadi . Qishloq xo'jalik hayvonlari
fiziologiyasi va ba'zan odam fiziologiyasining ayrim kismlari ( aviatsion , kosmik , suv
osti fiziologiyalari va b . ) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bulishi mumkin . Fiziologiya
barcha tibbiyot fanlariga uzviy bogliq Organizmda ro'y beruvchi fiziologik jarayonlar
bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funksiyalarning buzilganligini
tushunish , kasalliklarni davolashning turri yo'llarini belgilash va bu kasalliklardan
saqlanish mumkin . Masalan , qon guruhlarining kashf qilinishi , qon quyish kabi
tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo'ladi . Tibbiyot ham o'z
navbatida fiziologiyaga g'oyat ko'p imkoniyatlarni yaratib berdi . Odamning turli
kasalliklarini o'rganish ko'upchilik normal fiziologik jarayonlar mexanizmini
tushunishga va ba'zi a'zolar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi , 2. Organizmning
tashkil topishi molekulyar ( viruslar ) , hujayra , to'qima , a'zo , a'zolar tizimi darajasida
bo'lishi mumkin . Organizm rivojlanishning qaysi
Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari,
sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish
obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va
oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya,
sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u
fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda
tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining
nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi.
Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit
taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan
xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini
filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali
oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot
faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu
sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F.
kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan
normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq
qilinadi.
F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar,
perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula
qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida
oʻtkaziladi.


Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya,
miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi.
F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum.
Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati
toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha
ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan.
U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida
maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining
anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy,
M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi
natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida
havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning
ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart
miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi
(1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa,
F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning
rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta
ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi.
19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning
hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar
funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati
mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy
tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh
miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari
toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish
taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir
faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi
K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish
faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari
ochib beridsi (nemis olimiGeydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari
kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib
berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi
koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari
toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov).
20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar,
elektron mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq
qilish imkoniyatlari kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm
barcha funksiyasi asosini tashkil etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin
boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv
impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik oʻtkazish va tormozlanish tabiati;
muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi; retseptorlardan markaziy nerv


sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi, nerv markaziga yetib
keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi. I.P.Pavlov va
shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy
boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi.
Ichki sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi —
endokrinologiya paydo boʻldi. Gormonlar va mediatorlar tarkibi aniqlanib, koʻpchilik
gormonlar va ular taʼsirini tormozlovchi moddalarning sintezlanishi zamonaviy
farmakologiyaning asosi boʻldi. Nafas olish, yuraktomir, ekskretor va boshqa sistemalar
funksiyasining hujayra va sistema mexanizmlari ham batafsil oʻrganildi. A.M.Ugolov va
shogirdlari tomonidan oziq moddalarning ichak membranasida hazm boʻlishi
mexanizmi ochib berildi.
Zamonaviy F.da odam va hayvonlarning psixik faoliyati mexanizmini oʻrganishga katta
eʼtibor berilmokda. Bu muammoni hal etishda bosh miya yarimsharlari funksiyasini
batafsil oʻrganish, shartli reflekslar nozik neyronal mexanizmlarini tadqiq qilish katta
ahamiyatga ega. Hozirgi uyqu, emotsional va eksperimental nevrozlar mexanizmi
ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli sensor sistemalarning axborotni qabul
qilishi, uzatishi va qayta ishlashini oʻrganishda olingan maʼlumotlar nutqning
shakllanishi, uni tushunib olish, koʻrilgan obrazlar va eshitilgan tovush signallarini
farklash mexanizmini bilishga yordam beradi. Odam turmushi va mehnat sharoitiga
turli ekstremal omillar (emotsional stress, iqlim va boshqalar) taʼsirini va muxit
sharoitiga organizm moslashuvini tadqiq qilish ham bugungi F.ning vazifasiga kiradi.
Miya xotira funksiyasiga taklid qiladigan modellarning yaratilishi zamonaviy F.ning eng
soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi.
Oʻzbekistonda F. sohasidagi tadqiqotlar A.Yu.Yunusov, B.O. Toshmuhamedov,
I.V.Danilov, A.I.Izrael, A.S. Shatalina, Z.T.Tursunov va boshqa nomi bilan bogʻliq. F.
sohasidagi asosiy tadqiqotlar oʻta noqulay sharoitga organizmning moslashuvi
muammolarini oʻrganishga oid. Issiq iqlim sharoiti gipodinamika (kam harakat),
giperdinamika (koʻp harakat), ogʻriq, yetarli ovqatlanmaslik va boshqa omillarning
ovqatning ichakda hazm boʻlishiga taʼsiri mexanizmining ochib berilishi muhim
tadqiqotlardan hisoblanadi (K.R.Rahimov, B.Z.Zaripov, Sh. Q. Qurbonov, B.A. Sodiqov,
E.S.Mahmudov va boshqalar). Bir qancha ishlarda oʻt suyukligining oziq moddalarga
taʼsiri (U.Z.Qodirov), ichakdagi gidrolitik va transport sistemasi rivojlanishining ona va
bola gormonal holati bilan bogʻlikligi koʻrsatib berildi (L.S.Qoʻchqorova). Keyingi
yillarda F. sohasida oʻzbek tilida bir qancha darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi
(U.Z.Qodirov, Sh.Q.Qurbonov, K.T. Almatov, Q. Sodiqov va boshqalar)


Download 37,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish